K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


Asosiy vositalarning mohiyati, tasnifi, baholanishi va ular hisobining vazifalari


Download 1.67 Mb.
bet50/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

4.1.1. Asosiy vositalarning mohiyati, tasnifi, baholanishi va ular hisobining vazifalari


Asosiy vositalar - bu korxonalar tomonidan xo‘jalik faoliyatini yuritishda uzoq muddat davomida mahsulotlarni ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlarni kqrsatish, shuningdek ma’muriy va ijtimoiy –madaniy funksiyalarni bajarish uchun ishlatiladigan moddiy aktivlar (BHMS № 5, 3a-band).
BHMS № 5 ga muvofik (6-band) moddiy aktivlarni asosiy vositalar sifatida tan olish uchun ular yuqoridagi ta’rifda keltirilgan mezonlardan tashqari yana qo‘yidagi shartlarga ham javob berishi lozim:

  • Xizmat muddati davrida korxonaga daromad keltirish kafilligini mavjudligi.

  • Qiymatini aniq belgilashni mumkinligi.

Moddiy aktivlarni asosiy vositalar tarkibiga kiritishda ularni foydali xizmat muddatini belgilash muhim rol o‘ynaydi.
Foydali xizmat muddati - deganda asosiy vositaning korxona tomonidan belgilangan foydalanish muddati tushuniladi. Bu muddat yillarda yoki oylarda ifodalanib, uning foydaliligi ishlab chiqilgan mahsulot (bajarilgan ish, xizmat) hajmi bilan o‘lchanadi. Foydali xizmat muddati davomida asosiy vositalar o‘zlarining qiymatini to‘liq qoplashlari va korxonaga qo‘shimcha daromad keltirishlari lozim. Foydali xizmat muddati, odatda, asosiy vositaning texnik hujjatlarida ko‘rsatilgan bo‘ladi. Bunday hujjatlar mavjud bo‘lmaganda asosiy vositalarning foydali xizmat muddati qabul qilish komissiyasi tomonidan yoki korxona rahbari buyrug‘i bilan tasdiqlangan hisob siyosatida aniq belgilanishi kerak.
Asosiy vositalar korxonalarning moddiy texnika bazasini tashkil etuvchi mehnat qurollari va vositalarini o‘z ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi:
1.Binolar – sex, ombor, laboratoriya, idora, garaj, o‘t o‘chirish deposi va shu kabi mehnat sharoitini yaratib beruvchi, tovar-moddiy boyliklar butligini ta’minlovchi ob’ektlar. Binolar tarkibiga ularni normal ekspluatatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan barcha kommunikatsiyalar, ya’ni isitish, ventilyatsiya, suv va gaz ta’minoti, lift, yong‘inga qarshi va signalizatsiya qurilmalari, telefon aloqasi simlari tizimlari ham kiritiladi.
2.Inshoatlar – ochiq ayvonlar, devorlar, suv minoralari, temir yo‘l shahobchalari, nasos stansiyalar, kanallar, suv havzalari, asfaltlangan yo‘llar va yo‘lkalar.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling