K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


Asosiy vositalarni tasniflash


Download 1.67 Mb.
bet52/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

Asosiy vositalarni tasniflash. Korxona va tashkilotlarning asosiy vositalarini turli belgilari bo‘yicha tasniflash mumkin
Ishlab chiqarishda qatnashishiga ko‘ra korxonalarning asosiy vositalari ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohasidagi asosiy vositalarga bo‘linadi.
Ishlab chiqarish sohasidagi asosiy vositalarga bevosita ishlab chiqarishga doir bo‘lgan moddiy aktivlar, masalan sexlarning binolari, inshootlar, stanoklar, jihozlar, transport vositalari, ishchi hayvonlar va boshqalar kiradi.
Noishlab chiqarish sohasidagi asosiy vositalarga boshqaruv apparatiga doir, shuningdek korxonaning ijtimoiy-madaniy, maishiy, sog‘liqni saqlash, kommunal maqsadlarda foydalaniladigan moddiy aktivlari kiradi.
Amortizatsiya qilinishiga qarab korxonalarning asosiy vositalari amartizatsiya hisoblanadigan va amartizatsiya hisoblanmaydigan turlarga bo‘linadi.
Qo‘yidagi asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblanmaydi:

  • Kutubxona fondiga.

  • Ko‘p yillik o‘simliklarga.

  • Ishchi va nasldor hayvonlarga.

  • Konservatsiya qilingan asosiy vositalarga.

Qolgan asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblanadi. Soliq Kodeksiga muvofiq (23- modda) asosiy vositalar amortizatsiya me’yorlari bo‘yicha qo‘yidagi beshta guruhga bo‘linadi.
O‘zbekiston Respublikasida asosiy fondlar bo‘yicha amortizatsiya me’yorlari





Asosiy vositalarning turlari

Amortizatsiya me’yori, %

1.

Yengil avtomobillar, taksi, yo‘lda ishlatish uchun avtotraktor texnikasi, maxsus instrumentlar, inventarlar.
Kompyuterlar, periferiya qurilmalari va ma’lumotlarni ishlovi bo‘yicha jihozlar.

20



2.

Yuk tashish avtomobillari, avtobuslar, maxsus avtomobil va pritseplar. Sanoatning barcha tarmoqlari uchun mashina va jihozlar, qurilish jihozlari, qishloq xo‘jaligi texnika va jihozlari. Ofis uchun mebel.

15


3.

Temir yo‘l, dengiz, daryo va havo transport vositalari. Issiqlik texnikasi jihozlari, truba jihozlar, elektrodvigatellar va dizel-generatorlar. Elektr quvvati va aloqa qurilmalari. Truboprovodlar.

8


4.

Binolar, inshoatlar va qurilmalar.

5

5.

Yuqoridagi guruhlarga kirmaydigan amortizatsiyalanadigan aktivlar.

10




Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling