Buxgalterlik hisob-kitoblarini aks ettiruvchi hujjatlar deganda bevosita yuz bergan xo‘jalik operatsiyasini aks ettirmaydigan, lekinda u yoki bu ko‘rsatkichni, qarzni topish uchun buxgalter tomonidan tuzilgan hujjatlar tushuniladi. Bunday hujjatlarga misol qilib soliqlar hisob-kitoblarini, majburiy ajratmalar hisob-kitoblarini, amortizatsiyani aniqlash hisob-kitoblarini keltirish mumkin.
Tuzish tartibiga ko‘ra buxgalteriya hisobida ishlatiladigan hujjatlar blshlang‘ich va yig‘ma hujjatlarga bo‘linadi.
Boshlang‘ich hujjatlar deb xo‘jalik operatsiyasi sodir bo‘lgan vaqtda tuzilgan hujjatlar tushuniladi. Barcha guvohlik beruvchi hujjatlar boshlang‘ich hujjatlar hisoblanadi.
Yig‘ma hujjatlar deganda boshlang‘ich hujjatlar asosida tuzilgan va ularning ma’lumotlarini ma’lum davr uchun jamlab beradigan hujjatlar tushuniladi. Bunday hujjatlarga moddiy hisobotlar, avans hisobotlari, tovar-pul hisobotlari, bank ko‘chirmalari va boshqalar kiradi.
Aks ettirish usullariga ko‘ra buxgalteriya hujjatlari bir marotaba yuz bergan va ko‘p marotaba yuz bergan operatsiyalarni aks ettiradigan hujjatlarga bo‘linadi.
Buxgalteriya hisobida qo‘llaniladigan hujjatlar
Maqsadiga ko‘ra
1.Guvohlik beruvchi
2.Farmoyish beruvchi
3.Farmoyish va guvohlik beruvchi
4.Buxgalterlik hisob-kitobi
Tuzish tartibiga ko‘ra
1.Boshlang‘ich hujjatlar
2.Yig‘ma hujjatlar
Aks ettirish usuliga ko‘ra
1.Bir marotabalik operatsiyalarni aks ettiruvchi hujjatlar
2.Ko‘p marotabalik operatsiyalarni aks ettiruvchi hujjatlar
1.Ichki hujjatlar
2.Tashqi hujjatlar
Tuzilgan joyiga ko‘ra
Tuzish usuliga ko‘ra
1.Qo‘lda tuzilgan
2.Kompyuterlarda tuzilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |