K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


O‘z –o‘zini sinash uchun testlar


Download 1.67 Mb.
bet33/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

O‘z –o‘zini sinash uchun testlar




1. Schetlarga ikki yoqlama yozuvni birinchi bor ilmiy asoslagan olim
a) Cherboni b) Pacholi v) Sokolov g) Bobojonov
2. Schetlarga ikki yoqlama yozuv qachon paydo bulgan?
a) XI - asrda b) XY - asrda
v) XYII- asrda g) XIX- asrda


3.Korxona ta’minotchi oldidagi 1000000 sumlik qarzini hisob-kitob schetidan pul ko‘chirish yo‘li bilan uzdi
a) Debet 4010 Kdedit 5110 b) Debet 6990 Kredit 5110
v) Debet 6010 Kdedit 5110 g) Debet 6410 Kdedit 5110


4. Quyidagilarning qaysi biri ish haqi bo‘yicha to‘langan avansni aks ettiradi ?

a) Debet 6710 Kdedit 5010 b) Debet 6720 Kredit 5010


v) Debet 4210 Kdedit 5010 g) Debet 4220 Kredit 5010
5. 4 -testdagi to‘g‘ri buxgalteriya yozuvi balansdagi qaysi o‘zgarish tipiga kiradi?
a) 1 –tipga b) 2-tipga v) 3-tipga g) 4-tipga


6. Quyidagi murakkab o‘tqazma nechta oddiy o‘tqazmadan iborat? Debet 5010 Kredit 5110, 4010,4810,9020
a) Bitta b) ikkita
v) To‘rtta g) uchta


7.Quyidagi schetlarning qaysi birida ikki yoqlama yozuv ishlatilmaydi?
a) Analitik schetlarda b) Sintetik schetlarda
v) Tranzit schetlarda g) Balansdan tashqari schetlarda

    1. Baholash va kalkulyatsiya

Buxgalteriya hisobining muhim tamoyillaridan biri bo‘lib, oldingi bobda aytib o‘tganimizdek, baholash hisoblanadi.


Baholash – bu korxona aktivlarining qiymatini pulda ifodalash usuli.
Kalkulyatsiya –bu xo‘jalik aktivlarining sotib olish, ishlab chiqarish va sotish qiymatlarini hisoblab topish usuli.
Korxona aktivlarini baholash negizida quyidagi qiymat turlari yotadi:
1.Boshlang‘ich qiymat – bu aktivlarni sotib olish, qurish, ishlab chiqarish va boshqa yo‘llar bilan kelib tushgan vaqtida shakllangan qiymati. Ushbu qiymat o‘z ichiga aktivlarni sotib olishga, qurishga va ishlab chiqarishga ketgan harajatlarni oladi. Bepul kelib tushgan aktivlarning boshlang‘ich qiymati komissiya tomonidan ekspert yo‘li bilan topiladi.
2.Qoldiq qiymat – bu aktivlarning boshlang‘ich qiymatidan foydalanish davrida jamlangan eskirish summasini chegirishdan keyin qolgan qiymati.
3.Sof sotish qiymati - bu aktivning sifati, holati, shuningdek bozordagi talab va taklifdan kelib chiqgan holda shakllangan qiymati. Ushbu qiymat yuqorida keltirilgan qiymat turlaridan kam ham, ko‘p ham bo‘lishi mumkin.
Korxona aktivlarining alohida turlarini baholash va kalkulyatsiya qilishda o‘ziga xos xususiyatlar mavjud va bunda turli usullardan foydalaniladi. Ular to‘g‘risida keyingi boblarda to‘xtalamiz.



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling