K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


Download 1.67 Mb.
bet39/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

Inventarizatsiya ob’ekti

Inventarizatsiyani o‘tqazish muddatlari

Qaysi BXMSga muvofiq

Asosiy vositalar


Ikki yilda bir marta yillik hisobot oldidan

5- son BXMS,
19-son BXMS

Kutubxona fondi

Besh yilda bir marta

5- son BXMS,
19-son BXMS

Tovar-moddiy boyliklar
(yoqilg‘i, oziq –ovqatlar, qimmatbaho metallardan tashqari)

Yiliga kamida bir marta

4-son BXMS,
19-son BXMS

Yoqilg‘i, oziq –ovqatlar

Har chorakda

4 –son BHMS
19-son BXMS


Qimmatbaho metallar


Tarmoq yo‘riqnomasiga muvofiq belgilangan muddatlarda

Maxsus yo‘riqnoma

Pul mablag‘lari,
Pulli ekvivalentlar va hujjatlar

Har oyda bir marta

12- son BXMS
19—son BXMS

Hisob-kitoblar

Bir marta yillik hisobot oldidan

19-son BXMS

Inventarizatsiyaning natijasida hisob ma’lumotlaridan chetlanishlar aniqlanishi mumkin. Bunday chetlanishlar bo‘lib kamomad va ortiqchalar hisoblanadi. Aniqlangan kamomadlar ning belgilangan me’yorlardan tashqarisi moddiy javobgar shaxslardan qonun doirasida o‘ndirilib olinadi. Aniqlangan ortiqchalar korxonaning daromadiga olinadi.




O‘z –o‘zini sinash uchun testlar





  1. Bir yilda moddiy javobgar shaxslar ikki marta almashdi, bu ularning mehnat ta’tiliga taalluqli emas.Qanday inventarizatsiya turi o‘tqazilgan?

a) Rejali b) Rejadan tashqari v) Favqulotdagi g) Majburiy


2. Inventarizatsiya oldidan ombor mudiriga uni o‘tqazilishi to‘g‘risida bir kun oldin xabar topdi. Inventarizatsiyani o‘tqazishning qaysi xususiyati buzilgan?
a) Etika b) To‘satdan o‘tqazilishi
v) Rahbarlik xususiyati g) Qarindoshlik xususiyati


3.Aniqlangan ortiqchani buxgalter harajatlarni kamaytirilishiga olib bordi. U buxgalteriya hisobining qaysi tamoyilini buzdi?
a) Hisoblash tamoyilini b) Konservatizm tamoyilini
v) Baholash tamoyilini g) Ikki yoqlama yozish tamoyilini


4. 3-testda keltirilgan xolatda ortiqchani buxgalter kanday schetga olib borishi kerak edi?
a) Harajatlar schetiga b) Daromadlar schetiga
v) Aktivlar schetiga g) Majburiyatlar schetiga
2.7.Moliyaviy hisobot


Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda hisob jarayonining oxirgi bosqichi bo‘lib hisobot hisoblanadi.

Hisobot – bu ma’lum davrdagi moliyaviy xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlarini pulda belgilangan shakl va mazmunda ifodalash usuli.
Moliyaviy hisobot –bu korxona va tashkilotlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlarini o‘zida mujassamlashtirgan hisobot shakllari majmuasi.
Moliyaviy hisobot davlat ahamiyatiga molik buxgalteriya hujjatlari tizimi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida moliyaviy hisobotning turlari, tarkibi, shakllari, tayyorlanishi va taqdim etilishi Moliya Vazirligi tomonidan belgilangan Qoidalar va Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ushbu hujjatlarga asosan moliyaviy hisobot choraklik, yarim yillik va yillik hisobotlarga bo‘linadi. Ularda ma’lumotlar yil boshidan o‘sib borish tartibida ko‘rsatiladi va mos ravishda choraklik, yarim yillik, to‘qqiz oylik va yillik faoliyat natijalarini ko‘rsatadi.
Moliyaviy hisobotlar shakllarini to‘ldirish Tartibiga muvofiq moliyaviy hisobotning tarkibi hisobot davrlari bo‘yicha o‘z ichiga quyidagi hisobot shakllarini oladi:



Hisobot turlari

Hisobot shakllari

Yillik

  1. 1-sonli shakl «Buxgalteriya balansi»

  2. 2-sonli shakl «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot»

  3. 3-sonli shakl «Asosiy vositalar to‘g‘risida hisobot»

  4. 4-sonli shakl « Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot»

  5. 5-sonli shakl «Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot»

  6. 2a –sonli shakl « Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risida ma’lumotnoma»

  7. 2b –sonli shakl « Korxonaning moliyaviy –iqtisodiy holati to‘g‘risida ma’lumotnoma»

Yarim yillik

1.1-sonli shakl «Buxgalteriya balansi»
2.2-sonli shakl «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot»
3.4-sonli « Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot»
4.2a –sonli shakl « Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risida ma’lumotnoma»



Choraklik

1.1-sonli shakl «Buxgalteriya balansi»
2.2-sonli shakl «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot»
3..2a –sonli shakl « Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risida ma’lumotnoma»



Yillik moliyaviy hisobotga quyidagi ilovalar qilinadi:



  • Moliyaviy-xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlariga ta’sir qilgan omillarni o‘zida bayon etuvchi tushuntirish xati va hisobotning ayrim moddalari bo‘yicha tavsifli jadvallar;

  • Moliyaviy hisobot bo‘yicha olingan xolis auditorlik xulosasi

  • Moliyaviy hisobotni ko‘rib chiqish yakunlari va sof foydani taqsimlash bo‘yicha qaror;

  • Kelgusi yil uchun hisob siyosati.

Kichik biznes korxonalarida moliyaviy hisobot shakllari faqat yil yakuni bo‘yicha tuziladi.
Moliyaviy hisobotning barcha shakllari uch qismdan iborat bo‘ladi:

  • Titul qismi – unda hisobotning nomi, korxonaning nomi, adresi, bank rekvizitlari, turli belgilari bo‘yicha berilgan statistik kodlari ko‘rsatiladi.


  • Download 1.67 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling