K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


Download 1.67 Mb.
bet18/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

Aniqlilik tamoyili. Bu tamoyil hisobda aks ettirilgan har bir summani qat’iy hujjatli asosga ega bo‘lishligini bildiradi.
Ahamiyatlilik tamoyili. Bu tamoyil hisobda shakllangan ma’lumotlarni foydalanuvchilarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishda ahamiyatliligini bildiradi.
Muhimlilik tamoyili. Bu tamoyil hisob va hisobot ma’lumotlarini foydalanuvchilarning taqdim etilgan axborot asosida qabul qilgan qarorlariga ta’sirini bildiradi.
Tushunarlilik tamoyili. Bu tamoyil hisob ma’lumotlarini barcha foydalanuvchilar uchun tushunarliligini bildiradi.
Yakunlanganlik tamoyili. Bu tamoyil hisob ma’lumotlarini biron bir hisobot davri uchun jamlanganligini, ya’ni moliyaviy hisobot hisobot davri ma’lumotlarini to‘liq qamrab olganligini bildiradi.
Taqqoslamalik tamoyili. Bu tamoyil hisobot ma’lumotlarini o‘zaro mos hisobot davrlari bo‘yicha (choraklar, yil) mavjud real tendensiyalarni aniqlash uchun o‘zaro taqqoslash imkoniyatlarini bildiradi. Bunday taqqoslashlar uchun o‘tgan yillar ma’lumotlari taqqoslama baholarda qayta hisoblanishi lozim.
Tejamkorlik tamoyili. Bu tamoyil hisob va hisobotni kam mehnat va moliyaviy mablag‘lar sarflab olib borishni bildiradi.
Tezkorlik tamoyili. Bu tamoyil hisob va hisobot ma’lumotlarini boshqaruv organlariga kerakli vaqtda va hajmda berishni bildiradi. Kechiktirib berilgan ma’lumotlar hisobning boshqaruv vositasi sifatidagi rolini pasaytiradi. Aksincha, o‘z vaqtida berilgan ma’lumotlar hisobni boshqaruv vositasi sifatida rolini, uning ta’sirchanlik kuchini oshiradi.


O‘z - o‘zini sinash uchun testlar

1.Buxgalteriya hisobi tamoyillarini kim belgilaydi?


a) Rahbar. b) Davlat.
v) Kuzatish kengashi. g) Ta’sischilar.
2.Hisoblash tamoyili–bu
a) Daromad va harajatlarni pul to‘lash vaqtidan boshlab hisobga olish.
b) Daromad va harajatlarni yuz bergan vaqtidan boshlab hisobga olish.
v) Daromad va harajatlarni rejaga asosan hisobga olish.
g) Daromad va harajatlarni rahbar hohishiga qarab hisobga olish.



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling