K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


Download 1.67 Mb.
bet15/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

Zarar – bu korxonaning daromadlari va harajatlari o‘rtasidagi salbiy farq, boshqachasiga harajatlarni daromaddan ko‘p bo‘lishi, ya’ni:


Z = D < X
Demak, korxona daromadga qanchalik ko‘p harajat bilan erishsa, uning zarari shunchalik ko‘p bo‘ladi.

Korxonaning faoliyat natijalari ko‘rsatkichlari buxgalteriya hisobining eng ma’suliyatli bo‘limi, chunki ushbu ko‘rsatkichlarning miqdori ularni hisobda to‘g‘ri aks ettirilganligiga va jamlanganligiga, hisobotlarni to‘g‘ri tuzilganligiga bevosita bog‘liq.


Shunday qilib, buxgalteriya hisobining predmeti va ob’ektlarini tashkil etuvchi iqtisodiyotning quyi bo‘g‘ini bo‘lgan korxonalar faoliyatini aniq, batafsil ma’lumotlarda ifodalab, ularni boshqaruv organlariga, mulkdorlarga va boshqa qiziquvchilarga o‘z vaqtida yetqazib berish ushbu soha xodimlarining jamiyatda tutgan o‘rnini yanada ham oshishining muhim garovidir.
O‘z - o‘zini sinash uchun testlar
1 Xo‘jalik faoliyatini ta’min etuvchi ob’ektlarga nimalar kiradi?
a) Xo‘jalik jarayonlari b) Xo‘jalik aktivlari
v) Xo‘jalik operatsiyalari g) Texnologik jarayonlar
2.Quyidagilarning qaysi biri buxgalteriya hisobi ob’ekti emas.

a) Ish haqi b) Transport v) Texnologik chizmalar g) Kapital




3.Quyidagilarning qaysi biri buxgalteriya hisobi ob’ekti .

a) Xususiy kapital b) Bozordagi narx


v) Texnologik chizmalar g) Odamlar o‘rtasidagi munosabatlar


4.Bankdan 1,5 yil muddatga olingan kredit kiradi:

a) Xususiy kapitalga b) Joriy aktivlarga


v) Qisqa muddatli majburiyatlarga g) Uzoq muddatli majburiyatlarga


5.Korxona xodimlari kiradi:

a) Kapital investitsiyalarga b) Joriy aktivlarga


v) Hech qaysisiga g) Uzoq muddatli majburiyatlarga


6..Kelgusi yil gazeta va jurnallari obunasiga to‘langan haq kiradi:

a) Kapital investitsiyalarga b) Joriy aktivlarga


v) Hech qaysisiga g) Uzoq muddatli majburiyatlarga



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling