K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


Kelgusi davr to‘lovlari uchun shakllantirilgan rezerv - bu


Download 1.67 Mb.
bet16/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

7..Kelgusi davr to‘lovlari uchun shakllantirilgan rezerv - bu:

a) Kapital investitsiya b) Joriy aktiv elementi


v) Majburiyat g) Xususiy kapital elementi
8..Korxona aktivlari – 50000000 sum, shu jumladan aktivlar eskirishi 8000000 sum, joriy majburiyatlar 15000000 sum, uzoq muddatli majburiyatlar –10000000 sum. Xususiy kapital miqdori teng:

a) 33000000 sumga b) 17000000 sumga


v) 37000000 sumga g) 25000000 sumga


1. 3. Buxgalteriya hisobining tamoyillari

Jahonning turli mamlakatlarida, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasida, buxgalteriya hisobini davlat tomonidan reglamentlashtirilishining muhim belgilaridan biri bo‘lib uni belgilangan tamoyillarga asoslanib yuritilishi hisoblanadi.


Buxgalteriya hisobi tamoyillari deganda uni yuritishda amal qilish lozim bo‘lgan qoida va tartiblar majmuasi tushuniladi.
Buxgalteriya hisobini yuritishning tamoyillari mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida Qonuni»ning 6- moddasi bilan belgilangan, shuningdek 1-son BXMS «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» ning 16-49 punktlarida ushbu tamoyillarning mohiyati ochib berilgan. Bu tamoyillarning asosiylari qo‘yidagilar.
Uzliksizlik tamoyili. Bu tamoyil korxonani doimo harakatdagi sub’ekt, ya’ni o‘z faoliyatini kelgusida davom ettiruvchi va rivojlantiruvchi sub’ekt sifatida qaraydi. Buxgalteriya hisobini uzliksiz yuritilishi korxonaning kelajagi borligidan darak beradi. Bundan tashqari buxgalteriya hisobi korxonaning kelajakda ravnaq topishiga xizmat qiluvchi vosita hamdir.
Hisoblash tamoyili. Bu tamoyil korxonaning daromad va harajatlarini yuz bergan vaqtiga ko‘ra tan olish va shu vaqtdan boshlab ularni buxgalteriya hisobida va hisobotda aks ettirishni bildiradi. Soliq Kodeksiga muvofiq 1998 yil 1 yanvardan boshlab barcha korxonalar uchun ularning mulk shaklidan qatiy nazar sotish momenti qilib mahsulot (ish, xizmat) ni jo‘natish (bajarish) sanasi, ular uchun to‘lov pulini qachon kelib tushishidan qatiy nazar, qabul qilindi.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling