16-chizma. Auditda qo‘llaniladigan usullar.
16-chizmadan ko‘rinib turibdiki, auditorlar auditorlik tekshiruvini o‘tqazishda buxgalteriya hisobida keng qo‘llaniladigan usullardan to‘lig‘icha foydalanadilar. Ushbu usullarning mohiyati kitobning 2-bobida ochib berilgan. Audit o‘tqazishda buxgalteriya hisobi hujjatlarining va ulardagi yozuvlarning haqqoniyligini (misol uchun, imzolarning haqqoniyligi, hujjatlarni kimning xusnixati bilan to‘ldirilganligi va shu kabilarni) aniqlash zaruriyatlari tug‘ilishi mumkin. Bunday hollarda hujjatlar sud-buxgalteriya ekspertizasi orqali tekshirtiriladi.
Auditorlar tekshirish davomida tegishli isbotlarni yig‘ish va jamlash uchun tanlab tekshirish, test, xronometraj, jadvallar tuzish va shu kabi boshqa taxlil va matematik-statistika usullaridan keng foydalanadilar.
O‘z-o‘zini sinash uchun test savol-javoblari
1.Quyidagilarning qaysi biri to‘g‘ri
a) audit buxgalteriya hisobining davomi
b) audit buxgalteriya hisobining dastlabki bosqichi
v) audit moliyaviy hisobotga baho berish usuli
g) audit balans va hisobotning boshqa shakllarini tuzish usuli
2.Quyidagilarning qaysi biri to‘g‘ri
a) audit jismoniy shaxslar faoliyati
b) audit xususiy tadbirkorning faoliyati
v) audit maxsus litsenziyaga ega auditorlik tashkilotining faoliyati
g) audit buxgalterlik firmasining faoliyati
3.Ish haqini to‘g‘ri hisoblanganligi va undan ushlanmalarni tekshirish
a) komplek audit hisoblanadi
b) tematik audit hisoblanadi
v) boshqaruv auditi hisoblanadi
g) moliyaviy audit hisoblanadi
4.Quyidagilarni qaysi biri auditorlik tashkilotining faoliyatiga taalluqli emas?
a) debitorlarning qarzlarini o‘ndirib berish
b) xodimlarga ish haqi hisoblab berish
v) qurilish ob’ekti loyihasini tayyorlab berish
g) aksiyalar ga dividend hisoblab berishsoni
5. Prokuratura buyurtmasi bilan o‘tqazilgan audit haqini to‘laydi
a) audit o‘tqazilgan korxona
b) prokuratura
v) auditorlik firmasi
g) auditorlar
Do'stlaringiz bilan baham: |