K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit
Auditning predmeti va ob’ektlari
Download 1.67 Mb.
|
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов
14.2. Auditning predmeti va ob’ektlari
Audit, bir tomondan maxsus auditorlik tashkilotlarining faoliyati, ikkinchi tomondan, maxsus iqtisodiy fan sifatida o‘zining predmetiga va aniq ob’ektlariga ega. Auditning predmeti deganda auditorlik tekshiruvi o‘tqaziladigan ob’ektlar majmuasi tushuniladi. Bunday ob’ektlar bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy xo‘jalik faoliyati, ushbu faoliyatni tashkil etuvchi barcha jarayonlar va operatsiyalar, xo‘jalik mablag‘lari, mablag‘larni tashkil topish manbalari, hisob-kitoblar, o‘zaro munosabatlar, moliyaviy xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlari, ularni aks ettiruvchi boshlang‘ich, oraliq va yig‘ma hujjatlar, moliyaviy va statistik hisobotlar, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning rahbarlari hamda boshqa ma’sul va moddiy javobgar shaxslarning faoliyatlari, buyruqlar, qarorlar va boshqalar hisoblanadi. Faoliyat sifatida audit yuqorida keltirilgan ob’ektlarni tekshirish, ularga baho berish va biron-bir xulosaga kelishni bildiradi. Iqtisodiy fan sifatida audit belgilangan ob’ektlarni tekshirish tartibini, tekshirish natijalarini chiqarish, rasmiylashtirish va tadbiq etish usullarini o‘rgatadi. Auditning predmeti va ob’ektlari belgilangan auditorlik tekshiruvining turiga, maqsadiga va unga qo‘yilgan vazifalarga bog‘liq bo‘ladi. Misol uchun, kompleks auditning predmeti sifatida xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ma’lum bir hisobot yillardagi moliyaviy xo‘jalik faoliyati olinishi mumkin. Tematik auditning predmeti sifatida buxgalteriya hisobining ma’lum bir bo‘limi yoki moliyaviy xo‘jalik faoliyatining aniq ko‘rsatkichi tanlab olinishi mumkin. Bundan xulosa qilish mumkinki, auditning predmeti va ob’ektlari juda keng qamrovlidir. Auditni faqat buxgalteriya hisobiga tegishli deb o‘ylamaslik kerak. Buxgalteriya hisobi, unda aks ettiriladigan ob’ektlar (1-bobga qarang), albatta, auditning muhim ob’ektlari hisoblanadi. Shuning bilan birga auditning ob’ektlari bo‘lib boshqaruv hujjatlari ( biznes-reja, buyruqlar, qarorlar, ustav, shartnomalar, bayonnomalar), ma’sul va moddiy javobgar shaxslar faoliyati, ular o‘rtasidagi munosabatlar va boshqalar ham hisoblanadi (15-chizmaga qarang). Auditning ob’ektlari Buxgalteriya hisobida aks etuvchi barcha ob’ektlar (jarayonlar, operatsiyalar, aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, daromadlar, harajatlar, foyda va zararlar) va ular to‘g‘risidagi axbarotlarni tashuvchilar (boshlang‘ich hujjatlar, jurnal-orderlar, qaydnomalar, bosh kitob, mashinogrammalar, moliyaviy hisobotlar va ularga ilovalar) Boshqaruv hujjatlari: Biznes-reja Ustav hujjatlari Buyruqlar Qarorlar Bayonnomalar Xatlar Arizalar Jismoniy shaxslar faoliyati: Rahbarlar Ma’sul xodimlar Moddiy javobgar shaxslar Ishchi va xizmatchilar Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling