Sugurta tashkilotlarining inve. Stitsiya faoliyati


Download 458.25 Kb.
bet1/4
Sana14.03.2023
Hajmi458.25 Kb.
#1266594
  1   2   3   4
Bog'liq
Sug. naz.fan. ochiq dars matni


Suqurta nazariyasi va amalioti fani “ Suqurta tashkilotlarining invistitiya faoliyati mavzusida “Moliya” kafedrasi dotsenti X.Xaydarovning ma’ruza matni.

SUGURTA TASHKILOTLARINING INVE.STITSIYA FAOLIYATI
Reja:
1.Sug'urtalovchining investitsiya faoliyatini amalga
oshirishning huquqiy asoslari
2.Sug4rtalovchining investitsion jarayonlarda ishtirok etish shart-sharoitlari
3.Pay fondiga va umumiy sug‘urtalash bo'yicha sug'urta
zaxiralarini investitsiyalash
1.Sug'urtalovchining investitsiya faoliyatini amalga
oshirishning huquqiy asoslari

Iqtisodiyotimizda investitsiya xususida qonuniy hujjatlar 1991 yildan


boshlab qabul qilingan va o'tgan vaqt ichida ular ancha takomillashtirildi.
Investitsiya faol iyat i to'g'risida O'zbekiston Respublikasining 1998 yil 24
dekabrda qabul qilgan qonunda ko'rsatilishicha, investitsiya bu - iqtisodiy samara
(foyda, daromad) olish yoki ijobiy ijtimoiy natijaga erishish uchun sarflanadigan pul
mablag'lari, banklarga qo'yilgan omonatlar, paylar, qimmatli qog'ozlar (aksiya,
obligatsiyalar), texnologiyalar, mashinalar, asbob-uskunalar, litsenziyalar va samara
beradigan boshqa har qanday boyliklardir. Investitsiya faoliyati haqidagi qonunning
2-moddasida asosiy tushunchalar quyidagicha qo'llaniladi:
4- investitsiyalar - iqtisodiy va boshqa faoliyat obyektlariga kiritiladigan moddiy
va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar;
4*- investitsiya faoliyati - investitsiya faoliyati subyektlarining investitsiyalami
amalga oshirish bilan bog'liq harakatlari majmui;
4*- investor - o'z mablag'larini. qarzga olingan va jalb etilgan mablag'larni,
mulkiy boyliklami va ularga doir huquqlami. shuningdek intellektual mulkka doir
huquqlami investitsiya faoliyati obyektlariga investitsiyalashni amalga oshiruvchi
investitsiva faoliyati subyekti;
investitsion faoliyat ishtirokchisi - investor buyurtmalarini bajaruvchi sifatida
investitsion faoliyatni ta’minlovchi investitsiya faoliyati subyekti;
4* reinvestitsiyalar - investoming faoliyati natijasida olingan foydani (daromadni)
muomalaga kiritish.
Investitsiya faoliyati haqidagi qonunning 3-moddasida investitsiyalaming belgilanish obyekti bo'yicha quyidagi turlarga boiinadi. Kapital,
innovatsion, ijtimoiy.187
Kapital investitsiyalarga asosiy fondlami yaratish va qayta ishlab
chiqarish shu bilan bir qatorda moddiy ishlab chiqarishning boshqa shakllarini
rivojlantirishga qo'yiladigan investitsiyalar kiradi.
Innovatsion investitsiyalarga yangi texnika va texnologiyalami o'zlashtirish va
ishlab chiqarishga qo'yiladigan investitsiyalar kiradi.
Ijtimoiy investitsiyalarga inson imkoniyatiarini rivojlantirish, shuningdek
moddiy bo'lmagan boyliklami rivojlantirishga qo'yiladigan investitsiyalar kiradi.
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2009 yil 3 iyuldagi 68-son
buyrug'i bilan tasdiqlangan ≪Sug'urtalovchi va qayta sug'urtalovchining investitsiya
faoliyati to'g'risida≫gi Nizomda sug'urtalovchi va qayta sug'urtalovchining
investitsiya faoliyatining obyektlari quyidagicha etib belgilangan:
S O'zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog'ozlari;
S xorijiy davlatlaming davlat qimmatli qog'ozlari;
S bank sertifikatlari (depozit sertifikatlari);
S kredit tashkilotlariga qo'yilgan omonatlar (depozitlar);
S ко'char va ko'chmas mol-mulk (binolar, inshootlar, uskunalar va boshqa
moddiy boyliklar) hamda ularga doir huquqlar;
S yuridik shaxslaming ustav kapitalida ishtirok etish ulushi;
O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq, O'zbekiston
Respublikasi hududida chiqarish va muomalaga kiritishga ruxsat berilgan, yoki
tegishli vakolatli organ tomonidan berilgan qimmatli qog'ozlar bozorida savdoni
tashkil etish bo'yicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga (ruxsatnomaga)
ega boigan xorijiy emitentlar tomonidan chiqarilgan hamda qimmatli qog'ozlar
bozorida muomalaga qo'yilgan qimmatli qog'ozlar.
Mazkur Nizomga ko'ra sug'urtalovchi sug'urtalovchi va qayta sug'urtalovchi
investitsiya faoliyatini amalga oshirishda quyidagilarga rioya etishi kerak:
-O'zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2008 yil 22 apreldagi 41-son
buyrugi bilan tasdiqlangan ≪Sug'urtalovchilar va qayta sug'urtalovchilaming to'lov
qobiliyati to'g'risidagi nizom≫ bilan belgilangan sug'urtalovchilar (qayta
sug'urtalovchilar) aktivlarini joylashtirishga oid talablarga va O'zbekiston
Respublikasi moliya vazirining 2008 yil 20 noyabrdagi 107-son buyrugi bilan
tasdiqlangan ≪Sug'urtalovchilaming sug'urta zaxiralari to'g'risidagi nizom≫ bilan
belgilangan sug'urta zaxiralarini joylashtirish tartibiga oid talablarga rioya qilish;
-moliyaviy, texnik va axborot resurslari mavjudligini ta’minlash;
- mablagiami investitsiya qilish maqsadga muvofiqligi haqida mas’ul shaxsning
yozma xulosalarini olish;
-mas’ul shaxsning ushbu Nizom bilan belgilangan malakaviy talablarga
muvofiqligini ta’minlash bo'yicha fikrlar bay on etilgan.
Shuningdek O'zbekiston Respublikasi Moliya vaziririning 2008 yil 22 apreldagi
41-son buyrugi bilan tasdiqlangan ≪Sug'urtalovchilar va qayta sug'urtalovchilaming
to'lov qobiliyati to'g'risida≫gi Nizomda sug'urtalovchilar va qayta sug'urtalovchilar
aktivlarini joylashtirishga oid talablar belgilangan. Unga ko'ra:
* sug'urtalovchi (qayta sug'urtalovchi) boshqa yuridik shaxslaming ustav
kapitallariga joylashtirgan aktivlarining umumiy summasi. agar qonun hujjatlarida
boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, sug'urtalovchi (qayta sug'urtalovchi)
ustav kapitalining 50 foizi miqdori;
* sug'urtalovchining va qayta sug'urtalovchining har qanday bitta yuridik
shaxsning ustav kapitalida ishtirok etish ulushi ushbu yuridik shaxsning ustav
kapitalining 30 foizidan oshmasligi shart, (sug'urta faoliyati, shuningdek sug'urta
faoliyatini ta’minlashga yo'naltirilgan faoliyatni amalga oshiradigan sho'ba
korxonalar bundan mustasno);
* sug'urtalovchining (qayta sug'urtalovchining) aktivlari ko'chmas mulk
obyektlariga joylashtirilganda, sug4urtalovchi (qayta sug'urtalovchi) aktivlarining 50 foizidan ortig'ini bitta yer uchastkasi yoki ko'chmas mulkning boshqa obyektiga
yoxud bitta obyekt sifatida ko'rilishi mumkin boigan yer uchastkalari va ko'chmas
mulk obyektlari majmuiga joylashtirishga yo'I qo'yilmaydi;
* sug'urtalovchining (qayta sug'urtalovchining) aktivlarini bank omonatlariga
(depozitlariga) joylashtirishda, bitta tijorat bankiga joylashtirilgan omonat
sug'urtalovchi (qayta sug'urtalovchi) aktivlarining 40 foizidan oshmasligi shart.
* sug'urtalovchining (qayta sug'urtalovchining) aktivlarini kredit tashkilotlarida
(tijorat banklaridan tashqari) omonatlarga (depozitlarga) joylashtirishda,
omonatlaming (depozitlaming) umumiy summasi sug'urtalovchi (qayta
sug'urtalovchi) aktivlarining 10 foizidan oshmasligi shart.
* sug'urtalovchi (qayta sug'urtalovchi) aktivlarini bitta yuridik shaxsning ustav
kapitaliga joylashtirish yoki bitta yuridik shaxsda ishtirok etish bo'yicha boshqa
huquqlari, agar qonun hujjatlarida boshqa qoida nazarda tutilmagan bo'Isa,
sug'urtalovchi (qayta sug'urtalovchi) aktivlarining 30 foizidan oshmasligi shart188.
Shu bilan birga sug'urtalovchi (qayta sug'urtalovchi) aktivlarini quyidagi
yo'llar bilan joylashtirish taqiqlanadi:
❖ intellektual mulkka qo'yilmalar (dasturiy ta’minot, ma’lumotlar bazasi,
adabiyot, firma nomlari va tovar belgilarini xarid qilish bundan mustasno);
❖ mazkur Nizom da nazarda tutilgan hollardan tashqari, jismoniy va yuridik
shaxslar bilan qarz shartnomasini tuzish (moliyaviy yordam berish).
Shu bilan bir qatorda sug'urtalovchilar (qayta sug'urtalovchilar) aktivlarini
joylashtirishga oid, shuningdek, qayta sug'urta qilish operatsiyalariga oid talablarga
rioya qilinganligi to'g'risida ma’lumotlar taqdim etish tartibi va muddatlari
belgilangan:
* sug'urtalovchilar (qayta sug'urtalovchilar) to'lov qobiliyati normativlari hisobkitobini
va sug'urtalovchilaming (qayta sug'urtalovchilarning) aktivlarini
joylashtirishga oid, shuningdek qayta sug'urta qilish operatsiyalariga oid talablarga
rioya qilinganligi to'g'risidagi ma’lumotlami har chorak, chorak o'tgandan keyingi
oyning 25 sanasigachaDavsug'urtanazoratgataqdim etishadi;
* umumiy sug'urta sohasida yoki faqat qayta sug'urta qilish faoliyatini amalga
oshiradigan sug'urtalovchining to'lov qobiliyati maijasining yetarliligi normativi
hisob-kitobi mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq keltirilgan shakl bo'yicha
taqdim etiladi;
*hayotni sug'urta qilish sohasida sug'urta faoliyatini amalga oshiradigan
sug'urtalovchining to'lov qobiliyati maijasining yetarliligi normativi hisob-kitobi
mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq keltirilgan shakl bo'yicha taqdim etiladi.
Shuningdek to'lov qobiliyati normativiariga va sug'urtalovchilar (qayta
sug'urtalovchilar) aktivlarini joylashtirishga oid, shuningdek, qayta sug'urta qilish
operatsiyalariga oid talablarga rioya qilmaslik holatlarida189:
S hisobot davridagi (chorak, yarim yil. 9 oy, 1 yil) faoliyat yakunlari bo'yicha
to'lov qobiliyati maijasining yetarlilik normativi 1 dan 0.5 gacha kamaygan taqdirda, sug'urtalovchi (qayta sug'urtalovchi) kamchilik aniqlangan sanadan boshlab o'n kun ichida moliyaviy ahvolni sog'lomlashtirish bo'yicha chora-tadbirlar majmuasini
ishlab chiqadi va Davsug'urtanazoratga kelishish uchun taqdim etadi;
S chora-tadbirlar majmuasi kamchilik aniqlangan sanadan boshlab olti oydan
ko'p bo'lmagan muddat uchun ishlab chiqiladi va moliyaviy ahvolni
barqarorlashtirish tadbirlarini, muddati va ushbu tadbirdan kutilayotgan natijalari
ko'rsatilgan holda, o'z ichiga olishi lozim;
S chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqishda, sug'urtalovchining (qayta
sug'urtalovchining) moliyaviy ahvolini eng qisqa muddatlarda sog'lomlashtirishga
olib keluvchi chora-tadbirlar ustuvor, deb qaralishi lozim;
S chora-tadbirlar majmuasida ustav kapitali miqdorining o'zgarishi. qayta
sug'urta qilish operatsiyalarining kengaytirilishi, tarif siyosatining o'zgartirilishi,
debitor va kreditor qarzlaming qisqartirilishi, aktivlar tuzilmasining o'zgarishi.
shuningdek to'lov qobiliyatini saqlab turuvchi O'zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlariga zid bo'lmagan boshqa usullaming qo'llanilishi ham nazarda tutilishi
mumkin;
S zarur hollarda, Davsug'urtanazorat sug'urtalovchiga (qayta sug'urtalovchiga)
vujudga kelgan holatning sabablarini o'rganish va sug'urtalovchining (qayta
sug'urtalovchining) moliyaviy ahvolini sog'lomlashtirish chora-tadbirlar majmuasini
ishlab chiqishga ko'maklashish uchun o'zining vakilini yuborish huquqiga ega;
S sug'urtalovchining (qayta sug'urtalovchining) rahbari tomonidan tasdiqlangan
chora-tadbirlar majmuasi Davsug'urtanazoratga ikki nusxada taqdim etiladi. Agar
chora-tadbirlar majmuasida ustav kapitalini ta’sischilar (aksiyadorlar) mablag'lari
hisobidan o'zgartirish nazarda tutilgan bo'lsa, chora-tadbirlar majmuasi ta'sischilar
bilan kelishilgan bo'lishi kerak;
S taqdim etilgan chora-tadbirlar majmuasi va hisobotlaming tahlili asosida
Davsug'urtanazorat sug'urtalovchiga (qayta sug'urtalovchiga) moliyaviy ahvolni
yaxshilash bo'yicha maslahatlar beradi, shuningdek chora-tadbirlar majmuasida
belgilangan tadbirlaming amalga oshirilishini nazorat qiladi;
S hisobot davridagi (chorak, yarim yil, 9 oy, 1 yil) faoliyat yakunlari bo'yicha
to'lov qobiliyati marjasining yetarliligi normativi 0,5 dan kamaygan taqdirda,
sug'urtalovchi (qayta sug'urtalovchi) litsenziyasi(lari)ning amal qilishi to'xtatib 7 ОЛ turiladi yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatiladi;
S sug'urtalovchilaming (qayta sug'urtalovchilaming) alohida tavakkalchiliklar
bo'yicha majburiyatlarining yo'l qo'yiladigan eng ko'p miqdori yoki majburiyatlari
jamming yo'l qo'yiladigan eng ko'p miqdori normativlari, hamda
sug'urtalovchilaming (qayta sug'urtalovchilaming) aktivlarini joylashtirishga oid,
shuningdek qayta sug'urta qilish operatsiyalariga oid talablarga rioya qilinmagan
taqdirda, Davsug'urtanazorat sug'urtalovchiga (qayta sug'urtalovchiga) yo'l qo'yilgan
kamchiliklami, ammo sug'urtalovchi (qayta sug'urtalovchi) ko'rsatmani olgan
sanadan boshlab bir oydan ko'p bo'lmagan muddatda bartaraf etishi to'g'risida
ko'rsatma beradi;
S kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf etilgandan so'ng uch kun ichida,
sug'urtalovchi (qayta sug'urtalovchi) Davsug'urtanazoratga tegishli hisob-kitoblar va kamchiliklami bartaraf etilganligi to'g'risida ma’lumotlami taqdim etishi shart;
S sug'urtalovchi (qayta sug'urtalovchi) tomonidan mazkur Nizomda belgilangan
normativ va talablarga rioya qilinmagan, moliyaviy ahvolni sog'lomlashtirish
bo'yicha choralar ko'rilmagan, sug'urtalovchining (qayta sug'urtalovchining)
moliyaviy ahvolini sog'lomlashtirish chora-tadbirlar belgilangan muddatda
erishilmagan taqdirda, belgilangan muddatda yo'l qo'yilgan kamchiliklami bartaraf etish to'g'risidagi Davsug'urtanazorat ko'rsatmasini bajarmagan taqdirda,
sug'urtalovchi (qayta sug'urtalovchi) litsenziyasining amal qilishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatiladi.

Download 458.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling