K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit
XYI –bob. KORXONALAR MOLIYAVIY –XO‘JALIK FAOLIYATI
Download 1.67 Mb.
|
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов
XYI –bob. KORXONALAR MOLIYAVIY –XO‘JALIK FAOLIYATI
AUDITINI O‘TQAZISHNING METODOLOGIK ASOSLARI 16.1. Auditni o‘tqazishning umumiy metodologik tartibi Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini kompleks yoki tematik audit tekshiruvidan o‘tqazish auditni tashkil etishning 2-bosqichini tashkil etadi. Ushbu bosqichni auditorlar 1-bosqichda tuzilgan dasturga muvofiq olib boradilar. Dasturga kirgan har bir mavzu yoki ob’ektni tekshirishda auditorlar ma’lum ketma-ketlikga amal qilishlari, tekshirishni yuqoridan pastga qarab yoki pastdan yuqoriga qarab tekshirish usullaridan birida amalga oshirishlari lozim. Bizningcha, pastdan yuqoriga qarab tekshirish eng qo‘lay usuldir. Ushbu usulga muvofiq auditor har bir ob’ekt bo‘yicha ma’lumotlarni boshlang‘ich hujjatlardan tortib, to hisobotda aks ettirilgan ko‘rsatkichgacha tizimlab chiqadi. Auditor barcha tekshirish ob’ektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni boshlang‘ich hujjatlar asosida o‘zining kompyuteriga kiritib boradi, oraliq ma’lumotlarni oylik, choraklik, yarim yillik, to‘qqiz oylik va yillik davrlar bo‘yicha jamlaydi. Boshlang‘ich hujjatlar bo‘yicha isbotlarni to‘plash chog‘ida birdaniga ularni to‘g‘ri tuzilganligini tekshiradi, ulardagi baholarni va soniy –summaviy miqdorlarni shartnomalar bilan taqqoslaydi. Har oylik ma’lumotlarni Bosh kitobdagi mos schyotlarning ma’lumotlari bilan uyg‘unligini tekshiradi. To‘plangan ma’lumotlarni «Buxgalteriya balansi», «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot» va hisobotning boshqa shakllarida aks ettirilgan ma’lumotlar bilan taqqoslab ko‘radi. To‘plangan isbotlarni hisob va hisobot ma’lumotlari bilan mos kelishi tekshirilayotgan ob’ekt hisobini to‘g‘ri olib borilganligidan, mos kelmasligi esa xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligidan darak beradi. Mos kelmaslik auditordan chetlanishlar bo‘yicha keyingi isbotu- dalillarni yig‘ishni talab etadi. Xuddi shunday ketma-ketlik, ma’lumotlarni yig‘ish tartibi auditning barcha ob’ektlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Shunday qilib, auditorlik tekshiruvini barcha ob’ektlar bo‘yicha quyidagi umumiy metodologik tartibga amal qilingan holda o‘tqazilishi lozim (17-chizma). Buxgalteriya balansi va hisobotning boshqa shakllarining ko‘rsatkichlari
Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling