K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit
- chizma. Auditni o‘tqazishning umumiy metodologik tartibi
Download 1.67 Mb.
|
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов
17- chizma. Auditni o‘tqazishning umumiy metodologik tartibi
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini auditorlik tekshiruvidan o‘tqazishda quyidagi ketma – ketlikga amal qilinishi, shuningdek quyidagi ishlar oldinma - ketin bajarilishi kerak. 1.Auditning aniq ob’ektlari va ularni tekshirish ketma-ketligi belgilanadi. Ob’ektlarni tekshirishda ketma-ketlikni to‘g‘ri tanlash ham katta rol o‘ynaydi, chunki ob’ektlar ham hisob nuqtai nazaridan, ham tekshirish nuqtai nazaridan bir –biri bilan uzviy bog‘liq hisoblanadi. Bizningcha, yuridik statusi to‘liq bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning yillik moliyaviy hisobotlari bo‘yicha o‘tqazilayotgan auditda uning ob’ektlari quyidagi ketma- ketlikda tekshirilishi lozim: Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobotning ko‘rsatkichlari (daromadlar, tannarx, davr harajatlari, shu jumladan harajatlarga kiruvchi soliqlar va majburiy to‘lovlar, soliq bazasiga qayta qo‘shiladigan harajatlar, asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar, moliyaviy faoliyatdan olingan natijalar, soliqgacha foyda, soliqga tortiladigan foyda, daromad (foydadan ) soliqlar, sof foyda); Buxgalteriya balansi va moliyaviy hisobotning boshqa shakllarining moddalari (har bir modda ko‘rsatkichlari boshlang‘ich hujjatlardan asosida buxgalteriya hisobi schyotlari yozuvlari bo‘yicha tekshirib chiqiladi); Qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga amal qilish holati; Mol-mulk butligi, mansabdor va moddiy javobgar shaxslar faoliyati. 2.Har bir ob’ekt bo‘yicha tekshirish testlari tuzib chiqiladi va ular bo‘yicha isbotu-dalillar to‘planadi. 3.Har bir ob’ekt bo‘yicha tekshirish natijasi aniqlanadi, ya’ni auditor tekshirgan ob’ekt bo‘yicha hisob ma’lumotining to‘g‘riligini tasdiqlaydi yoki unda qanchalik chetlanish borligini isbotlab beradi. Tekshirish natijalari tegishli oraliq va yig‘ma jadvallar ko‘rinishida rasmiylashtiriladi. Yig‘ma jadvallarning ma’lumotlari oraliq jadvallarning yakuniy ma’lumotlari bilan to‘liq mos bo‘lishi kerak. Chetlanishlar mavjud ob’ektlar bo‘yicha ushbu chetlanishlarning miqdorini, ularni nima hisobidan kelib chiqganligini ko‘rgazmali ifodalaydigan analitik jadvallar tuziladi. Tuzilgan jadvallar natijalarini auditorning hisobotida aks ettiriladi va ular izohlab beriladi. Oldingi bobda aytib o‘tganimizdek, har bir tekshirish ob’ekti bo‘yicha auditor mumkin bo‘lgan auditorlik xatarini, ya’ni xatoga yo‘l qo‘yish ehtimolini belgilashi, ushbu ehtimolni imkoni boricha yo‘qga chiqarish lozim. Quyida yuqorida keltirilgan umumiy metodologiya asosida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy natijalari ko‘rsatkichlari va balans moddalarining auditorlik tekshiruvidan o‘tqazish tartibiga to‘xtalib o‘tamiz. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling