0840 «Asosiy podani shakllantirish» schyoti ishchi va mahsuldor hayvonlari mavjud xo‘jaliklarda ishlatiladi. Ushbu schyotning debetida o‘stirishdagi va boquvdagi hayvonlarni asosiy ishchi va nasldor hayvonlarga o‘tkazishga ketgan kapital investitsiyalar, shuningdek ishchi va mahsuldor hayvonlarni sotib olishga doir kapital investitsiyalar, bepul olingan ishchi va nasldor hayvonlarni tashib keltirish harajatlari jamlanadi. Yosh o‘stirishdagi va boquvdagi hayvonlarni asosiy podaga o‘tkazish bilan bu turdagi kapital investitsiyalar ishchi va mahsuldor hayvonlarning (schet № 0170) boshlang‘ich qiymatiga kiritiladi.
0890 «Boshqa kapital qo‘yilmalar» schyotida yuqoridagi schyotlarga kiritilmagan kapital investitsiyalar, jumladan asosiy vositalarni kengaytirishga, rekonstruksiya va modernizatsiyasiga sarflangan kapital qo‘yilmalar hisobga olinadi. Bu harakterdagi qo‘yilmalarning summalari kengaytirish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish dalolatnomalari asosida harakatda bo‘lib kelgan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatiga kiritiladi.
Asosiy vositalarni bepul olishning hisobi. Asosiy vositalar yuqori tashkilotdan, boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan bepul kelib tushishi ham mumkin. Bunday asosiy vositalar shartnomalar, schyot-fakturalar, qabul qilish-topshirish dalolatnomalari asosida qabul qilinadi. Ushbu hujjatlar asosida bepul olingan asosiy vositalarga qo‘yidagi buxgalteriya yozuvi qilinadi:
Debet 0111-0190 «Asosiy vositalar hisobi schyotlari»
Kredit 8530 «Qaytarib bermaslik sharti bilan olingan mol-mulk»
Bepul berilgan asosiy vositalarni tashib keltirish harajatlari ularning boshlang‘ich qiymatiga kiritiladi va bu hisobda qo‘yidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi:
Debet 0890 «Boshqa kapital qo‘yilmalar»
Kredit 6990 «Boshqa majburiyatlar»
Debet 0111-0190 «Asosiy vositalar hisobi schetlari»
Kredit 0890 «Boshqa kapital qo‘yilmalar»
Do'stlaringiz bilan baham: |