K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


Asosiy vositalarni ta’mirlashning hisobi


Download 1.67 Mb.
bet62/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

4.1.4. Asosiy vositalarni ta’mirlashning hisobi.

Asosiy vositalar ekspluatatsiya qilish natijasida borgan sayin o‘zining dastlabki holatini yo‘qotib boradi. Shuning uchun ularni ishchi holatda ushlab turish uchun ta’mirlash lozim bo‘ladi.


Asosiy vositalarni ta’mirlash ikki turga bo‘linadi: joriy va kapital.
Joriy ta’mirlash deganda, asosiy vositalarni vaqtidan oldin ish layoqatini yo‘qotmaslik uchun vujudga kelgan kichik xajmdagi texnik buzilishlar va lat eyishlarni tuzatish bo‘yicha doimiy va o‘z vaqtida o‘tqazilgan profilaktik harakterga ega bulgan ta’mirlash ishlari tushuniladi. Odatda, joriy ta’mirlash muddati bir yildan oshmaydi,bunday ta’mirlashda asosiy vositaning u yoki bu qismi almashtirilmaydi. Joriy ta’mirlash ishlari joriy ta’mirlash dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu dalolatnomada qilingan ishlarning turlari, sarflangan materiallarning qiymati, ketgan mehnat vaqti va qiymati, shuningdek boshqa harajatlar ko‘rsatiladi. Dalolatnoma joriy ta’mirlashga ma’sul shaxslar tomonidan imzolanadi, korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Kapital ta’mirlash deganda, ma’lum bir vaqtdan keyin ( odatda, bir yildan keyin ) asosiy vositalarni to‘liq qismlarga ajratish, kerak bo‘lganda u yoki bu layoqatsiz bo‘lib qolgan qismlarni to‘liq almashtirish bo‘yicha bajarilgan ta’mirlash ishlari tushuniladi. Kapital ta’mirlash xajmi, murakkabligi va qiymati bo‘yicha joriy ta’mirlashdan katta farq kiladi. Kapital ta’mirlash ishlari maxsus kapital ta’mirlash dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Qabul qilingan buxgalteriya hisobi to‘g‘risida Qonunga, Solik Kodeksiga, mahsulot (ish,xizmat)ni ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha harajatlar tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizomga, BXMS №1 «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot»ga muvofiq korxonalar joriy va kapital ta’mirlashni mablag‘ bilan ta’minlashni quyidagi ikki usulning birida amalga oshirishlari va tanlangan usulni o‘zlarining hisob siyosatlarida belgilab olishlari lozim :

Birinchi usulda korxona ta’mirlash ishlari uchun har oyda o‘zi belgilab qo‘ygan me’yorlarda maxsus rezervga ajratmalar qilib boradi. Joriy va kapital ta’mirlash ishlari yakunlangan oyda ularning qiymati tegishli tasdiqlangan dalolatnomalar asosida rezerv evaziga hisobdan chiqariladi. Yil oxirida ta’mirlash uchun tashkil etilgan rezervning ishlatilmay qolingan qismi harajatlarni kamaytirishga olib boriladi yoki soliq bazasiga qayta kiritish sharti bilan kelgusi yilga o‘tqaziladi.
Ta’mirlash uchun maxsus rezerv tashkil etilganda tuzilgan raschet asosida quyidagi buxgalteriya yozuvi qilinadi:

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling