K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


Bir maromda hisoblash usuli


Download 1.67 Mb.
bet65/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

Bir maromda hisoblash usuli. Ushbu usulning mohiyati shundaki, u amortizatsiyalanadigan qiymatni foydali xizmat muddat davomida bir maromda (miqdorda) hisoblashni, jamlangan amortizatsiya (eskirish) ni bir maromda ko‘payib borishini va qoldiq qiymatini bir maromda kamayib borishini taqozo etadi.
Yillik amortizatsiya (eskirish) summasi ushbu usulda 180000 so‘mni tashkil etadi.

1000000 – 100000 900000


As = ------------------------------- = -------------- = 180000 so‘m
5 5
Ushbu usulda avtomashinaning foydali xizmat muddati yillari bo‘yicha hisoblangan, jamlangan amortizatsiya (eskirish) summasi va qoldiq qiymati qo‘yidagicha:

Yillar

Boshlan-g‘ich qiymat

Amorti-zatsiyala-nadigan qiymat

Amorti-zatsiya me’yori

Yillik amorti-zatsiya

Jamlan-gan amorti-zatsiya

Qoldiq qiymat

1

1000000

900000

20%

180000

180000

820000

2

1000000

900000

20%

180000

360000

640000

3

1000000

900000

20%

180000

540000

460000

4

1000000

900000

20%

180000

720000

280000

5

1000000

900000

20%

180000

900000

100000

Bir maromda hisoblash usuli Soliq Kodeksiga to‘liq muvofiq keladi. Yillik amortizatsiya (eskirish) summasining 1/12 qismi har oyda harajatlar schetiga kiritib boriladi va u foyda solig‘ini hisoblash bazasiga qayta qo‘shilmaydi.




Bajarilgan ish hajmiga proporsional hisoblash usuli. Ushbu usulda, avvalom bor, bir yillik ish hajmiga to‘g‘ri keladigan amortizatsiya (eskirish) summasi topib olinadi. Bizning misolimizda u 90 so‘mga teng (900000 : 10000 = 90).
Avtomobilning xizmat muddati yillarida haqiqatda bajargan ish hajmiga proporsionlal hisoblanadigan, jamlangan amortizatsiya (eskirish) summasi, shuningdek qoldiq qiymat qo‘yidagicha bo‘ladi:



Yil-lar

Boshlan-g‘ich qiymat

Amorti-zatsiyala-nadigan qiymat

Ish hajmi, soat

Amorti-zatsiya me’yori, so‘m

Yillik amorti-zatsiya

Jamlan-gan amorti-zatsiya

Qoldiq qiymat

1

1000000

900000

2000

90

180000

180000

820000

2

1000000

900000

3000

90

270000

450000

550000

3

1000000

900000

2500

90

225000

675000

325000

4

1000000

900000

1500

90

135000

810000

190000

5

1000000

900000

1000

90

90000

900000

100000

Ushbu usulda ko‘rinib turibdiki, yillik hisoblangan amortizatsiya (eskirish) summasi haqiqiy bajarilgan ish hajmiga qarab turlicha bo‘lgan. 1-yilda hisoblangan amortizatsiya (eskirish) summasi Soliq Kodeksida belgilangan me’yorga mos keladi va u soliq solish bazasiga qayta kirmaydi. 2-yilda me’yordagidan 90000 so‘m (270000-180000) ortiqcha amortizatsiya (eskirish) hisoblangan. Ushbu summa ikkinchi yil soliq hisob-kitoblarida foyda solig‘ini hisoblash bazasiga qayta qo‘shiladi. 3-yilda me’yordagidan 45000 so‘m (225000-180000) ortiqcha amortizatsiya (eskirish) hisoblangan. Ushbu summa 3-yil soliq hisob-kitoblarida foyda solig‘ini hisoblash bazasiga qayta qo‘shiladi. 4- va 5- yillardan me’yordan mos ravishda 45000 so‘m (135000-180000) va 90000 so‘m (90000-180000) amortizatsiya (eskirish) kam hisoblangan. Ushbu summalar mos ravishda 4- va 5- yillarda soliq solish bazasidan kamaytirilishi maqsadga muvofiq yoki kelgusi yillarda avtomobildan qo‘shimcha ishlatishda soliq solish bazasiga 2- va 3- yillarda qayta kiritilgan 135000 so‘m (90000+45000) miqdorida amortizatsiya (eskirish) summasi soliqga tortilmasligi kerak. Yuqoridagi hol mavjud bo‘lganda soliqga tortilmaydigan amortizatsiya (eskirish) summasi miqdori asoslangan holda hisob siyosatida aks ettirilgan bo‘lishi kerak.





Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling