K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


Debet 2010 «Asosiy ishlab chikarish» scheti -500000 Debet


Download 1.67 Mb.
bet63/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

Debet 2010 «Asosiy ishlab chikarish» scheti -500000
Debet 9400 «Davr harajatlari hisobi schyotlari » -200000
Kredit 8910 « Kelgusi harajatlar va to‘lovlar rezervi» -600000
Ishlatilmay qolingan rezervni bekor qilishga yuqoridagi buxgalteriya yozuvi summasi qizil rangda ( storno ) beriladi. Agar ishlatilmay qolingan rezerv keyingi yilga o‘tqazilsa, u holda u yil oxirida foyda solig‘i bazasiga qayta qo‘shiladi (agar korxona daromad (foyda) solig‘ini to‘lovchi hisoblansa).
Rezervni ishlatilishi 8910-schetning debetida va boshka aniq harajatlarni ifodalovchi schetlarning kreditida (2310, 5010, 5110, 6890, 1010-1090, 6710, 6510 va boshqalar) aks ettiriladi.
Ikkinchi usulda mahsulot (ish,xizmat)ni ishlab chikarish va sotish buyicha harajatlar tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizomga muvofiq joriy va kapital ta’mirlash harajatlari ta’mirlangan asosiy vositalarning ishlatilish maqsadiga ko‘ra quyidagi schetlarda hisobga olinadi:

  • 2010 «Asosiy ishlab chiqarish», 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish», 2510 «Umumishlab chiqarish harajatlari» schetlarida – asosiy va yordamchi ishlab chiqarishga doir asosiy vositalarni ta’mirlash harajatlari. Bu guruh harajatlar ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmatlar ) tannarxiga kiritiladi.

  • 9410 «Sotish harajatlari, 9420 «Ma’muriy harajatlar», 9430 «Boshqa operatsion harajatlar» schetlarida – sotishga, boshqaruv apparatiga doir asosiy vositalarni ta’mirlash harajatlari. Bu guruh harajatlar ta’mirlash ishlari dalolatnomalari tasdiqlangan oyda 9900 «Yakuniy moliyaviy natijalar» schetiga o‘tkaziladi.

  • 3110-3190 «Kelgusi davr harajatlari hisobi schetlari»- ilmiy tadqiqot ishlari (ITI ) va tajriba konstruktorlik ishlanmalari ( TKI), shuningdek kelgusida ishga tushirilishga mo‘ljallangan texnologik liniyalarga doir asosiy vositalarni ta’mirlash harajatlari. Bu guruh harajatlar kelgusida 9410, 9420,9430 – schetlarga, agar ITI va TKI yakunlari bo‘yicha moddiy boyliklar olingan bo‘lsa, ushbu boyliklar tannarxiga kiritiladi (0120-0199, 1010-1090, 2810,2820,2910-2990 va boshqalar ).



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling