K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


Debet 9210 «Asosiy vositalarning chiqimi»-50000 sum Kredit


Download 1.67 Mb.
bet70/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

Debet 9210 «Asosiy vositalarning chiqimi»-50000 sum
Kredit 9310 «Asosiy vositalarning chiqimidan olingan foyda»-50000 sum


Asosiy vositalarni bepul berilishining hisobi. Korxonaning asosiy vositalari boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga bepul hayriya sifatida ham berilishi mumkin. Asosiy vositalarning bepul berilishi shartnomada ko‘rsatilgan qiymatda schet-faktura bilan rasmiylashtiriladi. Schet-faktura asosida qo‘yidagi buxgalteriya yozuvlari qilinadi:


1. Bepul berilgan asosiy vositani boshlang‘ich qiymatida hisobdan
chiqarilishiga:
Debet 9210 «Asosiy vositalarning chiqimi»
Kredit 0111-0190 «Asosiy vositalar hisobi schetlari»
2. Asosiy vositalar eskirishini hisobdan chiqarilishiga
Debet 0210-0290 «Asosiy vositalar eskirishi hisobi schetilari»
Kredit 9210 «Asosiy vositalarning chiqimi»
3. Bepul berishdan ko‘rilgan zararga
Debet 9430 «Boshqa operatsion harajatlar»
Kredit 9210 «Asosiy vositalarning chiqimi»

Soliq Kodeksiga muvofiq (22-modda) asosiy vositalarni bepul berishdan ko‘rilgan zarar soliq solish bazasiga qayta qo‘shiladi.




Asosiy vositalarni ta’sis badali sifatida berilishining hisobi. Korxonalar asosiy vositalarini ta’sis badali sifatida boshqa korxonalarga berishlari ham mumkin. Buning uchun asos bo‘lib ta’sis hujjatlari (ustav, ta’sis shartnomasi va boshqalar) hisoblanadi. Asosiy vositani ta’sis badali sifatida berilishi schet-faktura bilan rasmiylashtiriladi va uning asosida qo‘yidagi buxgalteriya yozuvlari qilinadi:


1. Ta’sis badali sifatida berilgan asosiy vositaning kelishuv qiymatiga
Debet 0620-0690 «Uzoq muddatli investitsiyalar hisobi schetlari»
– 100000
Kredit 9210 «Asosiy vositalarning chiqimi» – 100000
2. QQS summasiga (kelishuv va qoldiq qiymatlar o‘rtasidagi farqdan)

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling