Debet 9210 «Asosiy vositalarning chiqimi» - 650000 so‘m
Kredit 0120 «Binolar, inshoatlar va uzatish qurilmalari» – 650000 so‘m
2. Likvidatsiyaga qilishga ketgan harajatlar (Lx)
Debet 9210 «Asosiy vositalarning chiqimi» - 60440 so‘m
Kredit 6990 «Boshqa majburiyatlar» – 30000 so‘m
Kredit 1030 «Yoqilg‘i» – 3000 so‘m
Kredit 6710 «Mexnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar» – 20000 so‘m
Kredit 6520 «Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha tulovlar» – 7440 so‘m
__________________________________________________________________
Jami - 60440 so‘m.
3. Likvidatsiya natijasida olingan aktivlarning qiymati (La)
Debet 1050 «Kurilish materiallari – 95000 sum
Kredit 9210 «Asosiy vositalarning chiqimi» - 95000 so‘m
4. Amortizatsiyalanmay qolgan qiymat (Aq)
650000 so‘m – 550000 so‘m = 100000 so‘m
5. Likvidatsion qiymat (Lq)
Lq = 95000 so‘m – 60440 so‘m = 34560 so‘m
6. Likvidatsiyadan ko‘rilgan umumiy zarar (Xl)
Xl = 100000 so‘m – 34560 so‘m = 65440 so‘m
Debet 9430 «Boshqa operatsion harajatlar» -65440 so‘m
Kredit 9210 «Asosiy vositalarning chiqimi» - 65440 so‘m
7. Soliq solish bazasiga qayta qo‘shiladigan harajatlar – 65440 so‘m.
Asosiy vositalarning likvidatsiya qilinishida korxona qo‘shimcha foydani (Fl) jamlangan amortizatsiya (Aj) bilan likvidatsion qiymat (Lq) ni birgalikdagi summalari asosiy vositalarni boshlang‘ich qiymati (Bq) dan katta bo‘lsagina [(Aj + Lq) Bq] olishi mumkin, ya’ni:
Fl = (Aj + Lq) – Bq
Masalan, korxona binoni likvidatsiya qildi deylik, boshlang‘ich qiymat (Bq) – 500000 so‘m, jamlangan amortizatsiya (Aj) – 450000 so‘m, likvidatsiya harajatlari (Lx) – 20000 so‘m, binodan olingan moddiy aktivlarni boshlang‘ich qiymati – 120000 so‘m.
Demak, binoning likvidatsion qiymati (Lq) – 100000 so‘m (120000-20000) bo‘ladi.
Likvidatsiyadan olingan umumiy daromad
Fl = (450000 + 100000) – 500000 = 50000 so‘m.
Hisob siyosatida likvidatsiyadan olingan foyda qo‘yidagicha ochilishi lozim:
Do'stlaringiz bilan baham: |