Debet 9210« Asosiy vositalarning chiqimi»
Kredit 0112-0199 « Asosiy vositalar hisobi schyotlari»
2.Kam chiqgan asosiy vositaning jamlangan eskirish summasi hisobdan chiqarilganda
Debet 0212-0299 «Asosiy vositalarni eskirishi hisobi schyotlari»
Kredit 9210« Asosiy vositalarning chiqimi»
3.Kam chiqgan asosiy vositaning qoldiq qiymatiga
Debet 4730 « Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzlari»
Kredit 9210 « Asosiy vositalarning chiqimi»
4. Kamomad chiqishiga yo‘l qo‘ygan shaxsga nisbatan asosiy vositaning qoldiq qiymatidan yuqori qiymatda jazo chorasi belgilanganda o‘rtadagi farq summasiga
Debet 4730 « Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzlari»
Kredit 9390 « Boshqa operatsion daromadlar»
5. Qarz o‘ndirib olinganda
Debet «Pul mablag‘lari schetlari», 6710 « Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar
bilan hisob-kitoblar»
Kredit 4730 « Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzlari»
Asosiy vositalar inventarizatsiyasida aniqlangan ortiqchalar summasiga
Debet 0112-0199 « Asosiy vositalar hisobi schyotlari»
Kredit 9390 «Boshqa operatsion daromadlar»
Soliq Kodeksiga muvofiq korxonaning yalpi daromadiga kiritilgan asosiy vositalarning inventarizatsiyada aniqlangan ortiqcha summalari, shuningdek kamomadga yo‘l qo‘yganlik uchun o‘ndirilgan moliyaviy jazo summasi umum tasdiqlangan tartibga muvofiq soliqga tortiladi.
O‘z-o‘zini sinash uchun test savol-javoblari
Quyidagilarning qaysi biri asosiy vositalarga kirmaydi
a) Binolar
b) Kompyuter
v) Qo‘y
g) Gudvill
Qo‘yidagilarning qaysi biri ishlab chiqarishga doir asosiy vositaga kirmaydi
a) Preslash mashinasi
b) Gaz -3110
v) Saralash mashinasi
g) Generator
Do'stlaringiz bilan baham: |