11. Asosiy vositalar amartizatsiyasini hisoblashning qaysi usuli Soliq
Kodeksi negiziga olingan
1. Kumulyativ usul 3. Ishlab chikarish usuli
2. Bir maromda hisoblash usuli 4. Tezlashtirilgan usul
12. Asosiy vositalarni likvidatsiya qilish natijasida olingan qurilish materiallari qiymatiga?
1. Dt 1010 Kt 4710 3. Dt 1050 Kt 9310
2. Dt 1050 Kt 9210 4. Dt 1050 Kt 9220
13. Kam chiqgan asosiy vositalar ob’ekti bo‘yicha qoldiq qiymatining
hisobdan chiqarilishiga qanday buxgalteriya provodkasi beriladi?
1. Dt 8410 Kt 4710 3. Dt 9210 Kt 0110
2. Dt 4630 Kt 9210 4. Dt 9210 Kt 8410
14. Kapital ta’mirlash
1. Asosiy vositaning qiymatini ko‘paytiradi
Asosiy vositani qiymatini ko‘paytirmaydi
Korxona ustav kapitalini oshiradi
Korxona to‘laydigan soliqni oshiradi
15. Moliyaviy lizing -bu
1. Bir yildan oshiq muddatga ijaraga berilgan asosiy vositalar
Bir yilgacha bo‘lgan ijara
Bir yildan ko‘p muddatga ijaraga berilgan asosiy vositalar
Moliyaviy quyilmalar
4.2. Nomoddiy aktivlarning hisobi
Nomoddiy aktivlarning mohiyati . Nomoddiy aktivlarning mohiyati, ularni baholash va hisobga olish tartibi BXMS № 7 «Nomoddiy aktivlar» bilan reglamentlashtirilgan.
Ushbu standartga muvofiq nomoddiy aktivlar deganda, moddiy buyum mazmuniga ega bo‘lmagan korxona tomonidan xo‘jalik faoliyatida boshqaruv uchun qo‘llashda nazorat qilinadigan, shuningdek ko‘p yillar (bir yildan ortiq) ishlatiladigan mulk ob’ektlari tushuniladi ( p. 7).
Mulk ob’ektlarini nomoddiy aktiv sifatida tan olish uchun ular quyidagi mezonlarga javob berishlari lozim:
aktiv tushunchasi talablarini qondirishi, ya’ni korxonaning iqtisodiy resursi bo‘la olishligi;
baxolash mumkinligi;
ahamiyatliligi;
to‘g‘riligi;
kelgusida iqtisodiy naf keltirishligi;
mustaqil foydalanish mumkinligi, ya’ni ishlatish, sotish, almashtirish, bepul berish, hisobdan alohida chiqarish mumkinligi
Nomoddiy aktivlarning harakterli xususiyati shundaki, ular asosan mulk ob’ektiga nisbatan egalik huquqi sifatida namoyon bo‘ladi. Dunyo mamlakatlarida eng keng tarqalgan va nomoddiy aktiv sifatida e’tirof etiladigan huquqlarga quyidagilar kiradi:
Patent, nou-xau –bu ishlab chiqilgan buyum, texnologik jarayon, faoliyatga egalik qilish huquqi. Bunday huquqni egalik qiluvchi sub’ektga maxsus patent berish vakolatiga ega Vazirlik yoki idoralar beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |