K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


Download 1.67 Mb.
bet80/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

Mualliflik huquqibu yozilgan kitob, yaratilgan musiqa , tasviriy san’at va boshqa asarlar uchun uning muallifiga berilgan huquq. Ushbu huquq asarlar egalariga ularni chop ettirish, qayta bosmaga berish, ko‘paytirish, sotish, yozdirish, ijro etish, taqsimlash va shu kabi boshqa harakatlarni qilishni o‘z ichiga oladi.

  • Litsenziya –bu u yoki bu xo‘jalik faoliyati, xo‘jalik operatsiyasi bilan shug‘ullanish uchun davlatning kompetent organi tomonidan berilgan ruxsatnoma. Litsenziya maxsus rasmiy hujjat bo‘lib, u korxonaga unda ko‘rsatilgan faoliyat turini belgilangan muddat ichida amalga oshirishga ruxsat beradi. Litsenziya olish lozim bo‘lgan faoliyat yoki operatsiyalarning turlari, litsenziya berish vakolati yuklatilgan kompetent organlar davlat tomonidan belgilanadi. Masalan, dori-darmon ishlab chikarish bo‘yicha litsenziyani Sog‘liqni saqlash Vazirligi, turistik xizmatlarni kqrsatish uchun litsenziyani «O‘zbekturizm» assotsiatsiyasi, auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziyani Moliya Vazirligi beradi. Litsenziya olish uchun korxona tegishli kompetent organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  • Litsenziya berish to‘g‘risida ariza, unda faoliyat turi, muddati ko‘rsatiladi;

  • Korxonaning natariusdan tasdiqlangan ta’sis hujjatlari (ta’sis shartnomasi, ustav, davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi qaror va boshqalar);

  • Davlat soliq idorasida hisobga olinganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma nusxasi;

  • Boshqa talab qilingan hujjatlar

    Litsenziya berilgan muddatida kuchga ega bo‘ladi. Korxonaning tugatilishi bilan litsenziya o‘z kuchini yo‘qotadi.
    Savdo markasi, savdo belgilari va sanoat namunalari- bu korxona tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulot yoki xizmat uchun berilgan nomlar yoxud ramzlar, masalan «Koka-Kola», «Neksiya», «Soni», «Xon» va shu kabilar. Egalik qilish maqsadida ushbu savdo markalari, savdo belgilari va sanoat namunalari davlat ro‘yxatidan o‘tqazilishi mumkin. Ro‘yxatdan o‘tqazilgan belgilar, ramzlar bo‘yicha egalik huquqi qonun asosida himoyalanadi.

    Download 1.67 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   277




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling