K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit
Download 1.67 Mb.
|
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashkiliy harajatlar
Dasturiy ta’minot - bu zamonaviy kompyuterlarda texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni olib borish bo‘yicha yaratilgan dasturlar, algoritmlar to‘plami.
Franchayzlar – bu yangi formula va algoritmlarni, texnologiyalarni, tashqi ko‘rinish va belgilarni qullash bo‘yicha huquq. Ushbu huquq franchayzga (foydalanish huquqini oluvchi) franchayzor (foydalanish huquqini beruvchi) tomonidan maxsus franchayz shartnomasi asosida beriladi. Masalan, ketchup ishlab chiqarish texnologiyasidan foydalanish huquqini «Baltimor-Chelek» qushma korxonasiga «Baltimor» xolding kompaniyasidan franchayz shartnomasi asosida olgan. Gudvil - bu korxonaning sof aktivlarini sotib olish qiymati va bozor qiymati (yoki haqqoniy hisob qiymati) o‘rtasidagi farq bo‘lib, u faqat birinchi qiymat ikkinchisidan ortiq bo‘lganda vujudga keladi. Masalan, sotib olingan korxonaning qiymati 40 mln. so‘m, uning aktivlarining bozor qiymati yoki haqqoniy hisob qiymati –45 mln. so‘m, korxonaning majburiyatlari –8 mln. so‘m. Bu holda, sotib olinayotgan korxonaning sof aktivlarining haqqoniy (bozor) qiymati –37 mln so‘m (45-8) bo‘ladi. O‘rtadagi 3 mln. so‘mlik (40 –37) farq sotib oluvchi korxona uchun gudvil hisoblanadi. Gudvil yuqori narxlarda sotib olingan aktivlarni kelgusida katta daromad keltirishi mumkinligi aniq bo‘lgan hollarda samarali hisoblanadi. Tashkiliy harajatlar – bu korxona ta’sischilarining uni tashkil etish bo‘yicha sarflagan harajatlari, masalan korxonani ta’sis hujjatlarini ishlab chiqish, davlat ro‘yxatidan o‘tqazish, muhr va shtampni tayerlash, bankdagi hisob raqamini ochish va boshka shu kabi tashkiliy ishlarga sarflangan harajatlar. Bu harajatlar , odatda, ta’sischi (lar ) ning shaxsiy mablag‘lari evaziga korxona ish faoliyatini boshlagunga qadar qilinadi. Qonun hujjatlariga muvofiq tashkiliy harajatlar ta’sischilarning ustav kapitaliga hissasi sifatida tan olinishi va qabul qilinishi mumkin. Yuqorida nomlari va tavsifi keltirilgan nomoddiy aktivlarning barchasi (gudvil va tashkiliy harajatlardan tashqari) sotish, almashtirish, berish ob’ekti bo‘lib hisoblananishi mumkin. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling