K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


Debet 0410-0490 «Nomoddiy aktvlar hisobi schetlari» Kredit


Download 1.67 Mb.
bet84/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

Debet 0410-0490 «Nomoddiy aktvlar hisobi schetlari»
Kredit 8510 «Aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar»

Debet 8510 «Aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar»
Kredit 0410-0490 «Nomoddiy aktvlar hisobi schetlari»
Nomoddiy aktivlarning analitik hisobi moddiy javobgar shaxslar bo‘yicha har bir inventar ob’ektning kodi (tartib nomeri) bo‘yicha kartochkalarda yoki kitobda yuritiladi. Ushbu kartochka va kitoblar nomoddiy aktivlar kelib tushganda ochiladi va ularning butun foydali xizmat muddati davri davomida saqlanadi.


Nomoddiy aktivlarni eskirishining hisobi. Nomoddiy aktivlarga eskirish hisoblashda quyidagi omillar asos qilib olinadi:

Foydali xizmat muddatini hisoblash mumkin bo‘lgan nomoddiy aktivlar uchun yillik eskirish summasi ularning amortizatsiyalanadigan qiymatini foydali xizmat yillar soniga bulish yo‘li bilan topiladi. Topilgan summani 12 ga bo‘lib, har oylik eskirish summasi harajatlar schyotlariga olib boriladi.
Foydali xizmat muddatini aniqlash qiyin bo‘lgan nomoddiy aktivlar bo‘yicha xizmat muddati eng ko‘pi bilan 5 yil qilib, lekinda korxona ustav faoliyati muddatidan ko‘p bo‘lmagan mudddatga, belgilanadi (BXMS № 7, p. 39.2).
BXMS № 7 ga muvofiq (p.42-44), nomoddiy aktivlarga amortizatsiya (eskirish) hisoblash xuddi asosiy vositalar singari bir maromli, bajarilgan ish hajmiga proporsional, xizmat yillari sonlari yig‘indisiga proporsional (kumulyativ) va kamayib boruvchi qoldiq qiymatdan hisoblab topish usullari bo‘yicha amalga oshiriladi. Tanlangan usul (usullar) korxonaning hisob siyosatida ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Asosiy vositalar kabi nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisoblashda Soliq Kodeksi negiziga bir maromda hisoblash usuli olingan, qolgan usullar bo‘yicha hisob-kitoblarda aniqlangan me’yordan ortiqcha summalar foyda solig‘i bazasiga qayta qo‘shiladi va shu yo‘l bilan soliqga tortiladi.
Har hisobot yili oxirida nomoddiy aktivlarning foydali xizmat muddati qayta ko‘rib chiqilishi va shunga mos ravishda amortizatsiya (eskirish) me’yori o‘zgartirilishi mumkin ( BXMS № 7, p. 46 ).
Nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya (eskirish) ni hisoblanishi ularning ishlatish maqsadiga ko‘ra 0510-0590-schetlarning kreditida va harajatlar schetlarining ( 2010, 2310, 2510, 2710, 3110,9410,9420 ) debetida aks ettiriladi. 0510-0590 schetlarning debetida nomoddiy aktivlarni sotilishi, bepul berilishi, hisobdan chiqarilishi, kamomadlari va ta’sis badali sifatida kiritilishi munosabati bilan ularga to‘g‘ri keladigan jamlangan eskirish summasini kamaytirish aks ettiriladi. Bunda 9220 «Boshka aktivlarni sotilishi va turli chiqimlari», 0480 «Gudvil», 8510 «Aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» schyotlari kreditlanadi.
Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasining analitik hisobi har bir nomoddiy aktiv bo‘yicha kartochkalarda yoki kitobda olib boriladi.


O‘z-o‘zini sinash uchun test savol-javoblari




Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling