1.Quyidagilarning qaysi biri nomoddiy aktivlarga kirmaydi
a) Binolar
b) Gudvil
v) Mualliflik huquqi
g) Franshizalar
2.Qo‘yidagilarning qaysi biri ishlab chiqarishga doir nomoddiy aktivlarga kirmaydi
a) Franshizalar
b) Patent
v) “1-S “ buxgalteriya dasturi
g) Ishlab chiqarishga doir litsenziya
3.Bepul kelib tushgan nomoddiy aktiv
a) Rezerv kapitaliga olinadi
b) Korxonaning foydasiga olinadi
v) Korxona harajatlarini kamaytirishga olib boriladi
g) Qo‘shilgan kapitalga olinadi
4. Ta’sischilardan olingan nomoddiy aktivlar kirim qilinadi
a) Sotish bahosida
b) Kelishuv bahosida
v) Qoldiq bahosida
g) Hohlagan bahoda
5. Kapital investitsiyalar
a) nomoddiy aktivning qiymatini oshiradi
b) nomoddiy aktivning qiymatini oshirmaydi
v) ta’mirlash bilan bog‘liq harajatlar
g) sotish bilan bog‘liq harajatlar
6. Nomoddiy aktivlar ustav kapitaliga ishtirokchilarning
ulushi sifatida kiritilganda kanday buxgalteriya yozuvi kilinadi?
1. Dt 0410-0490 Kt 4710 3. Dt 0410 Kt 8510
2. Dt 0410-0490 Kt 5110 4. Dt 0410 Kt 4810
7. Nomoddiy aktivlar qachon va qaysi muddatlarda inventarizatsiya
qilinadi
Har oyning oxirida
Har yilning oxirida
Har chorakning boshida
Har chorakning oxirida
4.3. Moliyaviy investitsiyalarning hisobi
Moliyaviy investitsiyalarning mohiyati. Moliyaviy investitsiyalar – bu korxonaning boshka korxonalarga ularning kuvvatini oshirish va buning evaziga kelgusida uzi ham moddiy naf kurish , kushimcha daromad olish maksadida kiritgan mablaglari majmuasi.
Moliyaviy investitsiyalarni turlicha belgilariga qarab tasniflash mumkin bo‘ladi.
Muddatiga ko‘ra moliyaviy investitsiyalar uzoq muddatli va qisqa muddatli investitsiyalarga bo‘linadi. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar deganda, BXMS № 12 «Moliyaviy investitsiyalarning hisobi» ga muvofiq, 12 oydan ko‘p muddatga kiritilgan mablag‘lar tushuniladi. Ushbu muddatdan kam vaqtga kiritilgan mablag‘lar qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar deb ataladi.
Kiritilish yo‘nalishiga ko‘ra moliyaviy investitsiyalar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning turlari bo‘yicha alohida guruhlarga ajratiladi. Jumladan, uzoq va qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar ushbu belgisiga ko‘ra qo‘yidagi guruhlarga ajratiladi:
Aksionerlik jamiyatlariga kiritilgan moliyaviy investitsiyalar;
Banklarga kiritilgan moliyaviy investitsiyalar;
Sho‘’ba korxonalarga kiritilgan moliyaviy investitsiyalar;
Qo‘shma korxonalarga kiritilgan moliyaviy investitsiyalar;
Qaram jamiyatlarga kiritilgan moliyaviy investitsiyalar;
Boshqa turdagi korxonalarga kiritilgan moliyaviy investitsiyalar.
Ko‘rinishi bo‘yicha barcha moliyaviy investitsiyalarni qo‘yidagi guruxlarga ajratish mumkin:
Qimmatli qog‘ozlarga kiritilgan investitsiyalar;
Qarz sifatida kiritilgan investitsiyalar;
Kredit sifatida kiritilgan moliyaviy investitsiyalar;
Ta’sis badali sifatida kiritilgan investitsiyalar;
Do'stlaringiz bilan baham: |