K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


Ta’sis badali sifatida kiritilgan investitsiyalarni baholash


Download 1.67 Mb.
bet93/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

Ta’sis badali sifatida kiritilgan investitsiyalarni baholash qarz va kredit sifatida kiritilgan investitsiyalarni yuqorida keltirilgan tartibiga to‘liq o‘xshashdir.
Ta’sis badali sifatida kiritilgan investitsiyalarning qayta baholanishi , ma’lumki ta’sis badali summasini oshishiga va bu o‘z navbatida undan olinadigan ta’sischilarning foydasi hissasini o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ta’sis badali sifatida kiritilgan investitsiyalarning qayta baholangan qiymati davlat registratsiyasidan qayta o‘tishi lozim va faqat shu asosda tan olinishi, shuningdek balansda aks ettirilishi lozim.


.Moliviy investitsiyalarning sintetik va analitik hisobi. 21-son BHMS ga muvofiq uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarning hisobini yuritish uchun maxsus 0600 «Uzoq muddatli investitsiyalar hisobi schyotlari» tizimida quyidagi schyotlar ko‘zda tutilgan:

  • 0610 «Qimmatli kogozlar»

  • 0620 «Sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar»

  • 0630 «Qaram xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar»

  • 0640 «Chet el kapitaliga ega korxonalarga investitsiyalar»

  • 0690 «Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar»



0610 «Qimmatli qog‘ozlar» schyoti korxonalarning aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarni sotib olishga yo‘naltirgan uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarini hisobini yuritishga mo‘ljallangan. Ushbu schyotning debetida aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarni sotib olinishi aks ettiriladi, schyotning debet qoldig‘i esa sotib olingan qimmatli qog‘ozlarning qiymatini ko‘rsatadi. Schyotning kredit tomonida aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarning korxona balansidan chiqib ketishi, ya’ni ularni kamayishi, aks ettiriladi. Aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarning hisobi 0610- schyotda ularning nominal qiymatida yuritiladi.


0620 «Sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar» schyoti o‘z ixtiyorida sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlariga ega bo‘lgan korxonalarda qo‘ullaniladi va ular ushbu schyotda sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlariga kiritgan moliyaviy investitsiyalarini hisobini olib boradilar.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling