K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


Download 1.67 Mb.
bet101/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

1030 «Yoqilg‘i». Ushbu schetning debetida mavjud neft mahsulotlari, yoqilg‘i-moylash materiallarining (neft, benzin, kerosin, dizel yoqilg‘isi, moylar va boshqalar), gazsimon yoqilg‘i turlarining (gaz va gazolin), shuningdek qattiq yoqilg‘i turlarining (ko‘mir, o‘tin va boshqalar) qoldig‘i va ularni chetdan sotib olish evaziga ko‘payishi, kreditida esa – ularning ishlab chiqarish va boshqaruvga sarfi, shuningdek boshqa chiqimlari natijasida kamayishi tannarx yoki sof sotish qiymatlaridan eng kichik bo‘lgan qiymatda aks ettiriladi.

  • 1040 «Ehtiyot qismlar». Ushbu schetning debetida mashina va mexanizlar, transport vositalarini ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan ehtiyot qismlari, avtomobillarning zahiradagi shinalarining mavjud qoldig‘i va ularni chetdan sotib olish evaziga ko‘payishi, kreditida esa – ularning ishlab chiqarish va boshqaruvga sarfi, shuningdek boshqa chiqimlari natijasida kamayishi tannarx yoki sof sotish qiymatlaridan eng kichik bo‘lgan qiymatda aks ettiriladi.

  • 1050 «Qurilish materiallari». Ushbu schetning debetida qurilish, qurilish –montaj ishlari, qurilish detallari va konstruksiyalarini yasash uchun zarur bo‘lgan qurilish materiallarining zahiradagi mavjud qoldig‘i va ularni chetdan sotib olish evaziga ko‘payishi, kreditida esa – ularning qurilish, qurilish-montaj ishlariga, turli konstruksiyalarni ishlab chiqarishga sarfi, shuningdek boshqa chiqimlari natijasida kamayishi tannarx yoki sof sotish qiymatlaridan eng kichik bo‘lgan qiymatda aks ettiriladi.

  • 1060 «Tara va tara materiallari». Ushbu schetning debetida xo‘jalik inventari va buyumi sifatida ishlatilmayotgan barcha turdagi taralar, taralarni yasash va ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan material va detallarning zahiradagi mavjud qoldig‘i va ularni chetdan sotib olish evaziga ko‘payishi, kreditida esa – ularning ishlatilishi, shuningdek boshqa chiqimlari natijasida kamayishi tannarx yoki sof sotish qiymatlaridan eng kichik bo‘lgan qiymatda aks ettiriladi.


  • Download 1.67 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   277




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling