K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


«Chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar»


Download 1.67 Mb.
bet102/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

1070 «Chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar». Ushbu schetning debetida chetga qayta ishlash uchun berilishi mumkin bo‘lgan asosiy va yordamchi materiallarning zahiradagi mavjud qoldig‘i va ularni chetdan sotib olish evaziga ko‘payishi, kreditida esa – ularning ishlatilishi, shuningdek boshqa chiqimlari natijasida kamayishi tannarx yoki sof sotish qiymatlaridan eng kichik bo‘lgan qiymatda aks ettiriladi.

  • 1090 «Boshqa materiallar». Ushbu schetning debetida yuqoridagi schetlarga kiritilmagan, ishlab chiqarishdan , asosiy vositalarni tugatishdan va boshqa operatsiyalardan olingan moddiy boyliklarning (chiqindilar, tuzatib bo‘lmaydigan brak mahsulotlar, metallolom, eski shinalar va rezinalar, ishlatilgan moy, nigrol va sh.k.) zahiradagi mavjud qoldig‘i va ularni ishlab chiqarishdan olinishi evaziga ko‘payishi, kreditida esa – ularning ishlatilishi, shuningdek boshqa chiqimlari natijasida kamayishi tannarx yoki sof sotish qiymatlaridan eng kichik bo‘lgan qiymatda aks ettiriladi.

  • 1510 «Materiallarni tayyorlash va sotib olish». Ushbu schet korxonaning hisob siyosatida tayyorlov jarayonini alohida aks ettirish ko‘zda tutilgan holda qo‘llaniladi. Uning debetida materiallarni tayyorlash va sotib olish jarayonining qiymati, kreditida esa ushbu qiymatni kirim qilingan materiallar qiymatiga kiritilishi ettiriladi. Agar korxonaning hisob siyosatida materiallarning kirimini bevosita to‘g‘ridan to‘g‘ri 1010-1090 –schetlarda aks ettirish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, u holda 1510-schet qo‘llanilmaydi.

    • 1610 « Materiallar qiymatidagi chetlanishlar». Ushbu schet korxonaning hisob siyosatida materiallarning tayyorlov va sotib olish qiymatini hisob baholarida aks ettirish ko‘zda tutilgan holda qo‘llaniladi. Hisob bahosi bo‘lib, odatda, normativ yoki rejali tannarx hisoblanadi. Tayyorlangan (sotib olingan) materiallarning haqiqiy tannarxini hisob bahosidan ko‘p bo‘lishi ushbu schetning debetida, kam bo‘lishi esa uning kreditida 1510-schet bilan korrespondensiya-langan holda aks ettiriladi. 1610-schetning debet qoldig‘i summasi hisob baholaridan ortiq qiymatda kelib tushgan materiallarga to‘g‘ri keladigan chetlanishlar summasini ko‘rsatadi. Baholar o‘rtasidagi farqlar sotib olingan materiallarni haqiqatda sarflangan vaqtida ularning hisob bahosidagi qiymatiga proporsional ravishda harajatlar schetlariga kiritilib boriladi.

    Materiallarning harakatiga doir operatsiyalar schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi.



    Download 1.67 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   277




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling