K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


Download 1.67 Mb.
bet100/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

Chiqim bo‘yicha:

Talabnoma – ombordan ishlab chiqarishga berilganda
2.Zabor varaqasi - bir moddiy javobgar shaxsdan ikkinchisiga har kunda ma’lum miqdordagi materiallarni berib borish hollarida
3.Schet-faktura – materiallar chetga sotilganda, bepul berilganda, ta’sis badali sifatida kiritilganda va boshqa hollarda
4.Hisobdan chiqarish dalolatnomalari – materiallarni hisobdan chiqarish hollari bulganda va boshqalar.
Moddiy javobgar shaxslar kirim va chiqim hujjatlari asosida belgilangan muddatlarda (hisob siyosatiga muvofiq belgilangan muddatlarda) moddiy hisobot tuzadilar. Ushbu hisobotlar tasdiqlangan shakllarda tuziladi. Ularda ishlab chiqarish zahiralarining holati va harakati soniy va summaviy ko‘rinishda aks ettiriladi. Moddiy hisobotlar ikki nusxada tuziladi, moddiy javobgar shaxslar tomonidan imzolanadi va ularning birinchi nusxasi buxgalteriyaga topshiriladi. Aynan moddiy hisobotlar va ularga tikilgan birlamchi hujjatlar ishlab chiqarish zahiralarining sintetik hisobini yuritishga asos bo‘lib hisoblanadi.


Materiallarning sintetik hisobi. Materiallarining sintetik hisobini yuritish uchun 21-son BHMS da quyidagi schyotlar ko‘zda tutilgan.

  • 1010 «Xom –ashyo va materiallar». Ushbu schyotning debetida asosiy va yordamchi xom-ashyo va materiallarning, qayta ishlov uchun tayyorlangan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining, yem-xashak va to‘shash materiallarining boshlang‘ich qoldig‘i va ularni turli manbalardan kelib tushush evaziga ko‘payishi, kreditida esa – materiallarning ishlab chiqarishga sarfi va boshqa chiqimlari natijasida kamayishi tannarx yoki sof sotish qiymatlaridan eng kichik bo‘lgan qiymatda aks ettiriladi.

  • 1020 «Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar». Ushbu schyotning debetida yarim tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, qurilish detallari va konstruksiyalarining mavjud qoldiqlari va ularni chetdan sotib olish evaziga ko‘payishi, kreditida esa – ularning ishlab chiqarishga, qurilishga sarfi va boshqa chiqimlari natijasida kamayishi tannarx yoki sof sotish qiymatlaridan eng kichik bo‘lgan qiymatda aks ettiriladi.


  • Download 1.67 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling