K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit
Asosiy ishlab chiqarish zahirasi
Download 1.67 Mb.
|
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarish zahiralari hisobining vazifalari.
Asosiy ishlab chiqarish zahirasi deganda ishlab chiqariladigan mahsulotni asosiy komponentini tashkil etadigan xom - ashyo materiallar tushuniladi. Masalan, kolbasa ishlab chiqaruvchi korxona uchun asosiy xom-ashyo material bo‘lib go‘sht hisoblanadi. Qolgan materiallar, aytaylik, chesnok, qalampir, tuz, sirka, o‘rash plyonkasi, shpagat va boshqalar ushbu korxona uchun yordamchi materiallar hisoblanadi. Xuddi shunday qurilish tashkilotida qurilish materiallari, transport korxonasida ehtiyot qismlar asosiy ishlab chiqarish zaxiralari bo‘lib xizmat qiladi.
Ishlab chiqarish zahiralari hisobining vazifalari. Ishlab chiqarish zaxiralari bo‘yicha buxgalteriya hisobining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: Ishlab chiqarish zaxiralarini ularning moxiyatini ochib beruvchi mezonlariga mos ravishda hisobga olish; Ishlab chiqarish zaxiralarini to'g'ri turkumlash va guruxlarga ajratish; Ishlab chiqarish zaxiralarini to'g'ri baxolash; Ishlab chiqarish zaxiralariga kilingan kushimcha harajatlarni (tashib keltirish, boj va soliq to‘lovlari, kurs o‘rtasidagi farqlar, ustamalar, sertifikatsiyalash va boshqalar) to'g'ri hisobga olish, ularni uz vaktida sotib olingan zaxiralar tannarxiga (kiymatiga) yoki korxona harajatlariga kiritish. Ishlab chiqarish zaxiralari xolati va harakatini to'g'ri, uz vaktida va tegishli boshlangich hujjatlar bilan rasmiylashtirish hisobga olish; Ishlab chiqarish zaxiralariga moddiy javobgarlikni ta’minlash, moddiy javobgar shaxslar tomonidan hisobotlarni tug‘ri va o‘z vaqtida tuzilishi, taqdim etilishini nazorat qilish; Ishlab chiqarish zaxiralari holati va harakati bo‘yicha moddiy javobgar shaxslarning hisobotlari ma’lumotlari va hisob ma’lumotlarini to‘liq uyg‘unligini ta’minlash; Ishlab chiqarish zaxiralarining butligini ta’minlash, buning uchun ularni belgilangan muddatlarda kayta ruyxatdan utkazish (inventarizatsiya kilish), uning natijalarini to'g'ri aniklash va hisobga olish; Mavjud ishlab chiqarish zaxiralaridan unumli foydalanish, buning uchun omborlarda me’eridan ortiq zaxiralarni saqlamaslik, ularni qo‘shimcha nobudgarchiliklariga yo‘l qo‘ymaslik, keraksiz materiallarni sotish va uning natijalarini to'g'ri hisobga olish; Ishlab chiqarish zaxiralarini asosli ravishda qayta baholash va uning natijalarini hisobda to‘g‘ri aks ettirish; Arzon baholi buyumlarning eskirishini to‘g‘ri hisoblash, to‘liq eskirgan buyumlarni o‘z vaqtida hisobdan chiqarish, ularni balans qiymatini hisobotda to‘g‘ri aks ettirish. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling