K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


Sho‘’ba xo‘jalik jamiyati


Download 1.67 Mb.
bet94/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

Sho‘’ba xo‘jalik jamiyati deb investor tomonidan to‘liq nazorat qilinadigan korxona tushuniladi. Bu turdagi investitsiyalar bo‘lib sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlarining chikargan aksiyalarini sotib olish olishga yunaltirilgan mablag‘lar, ularga ta’sis badali sifatida kiritilgan, qarz yoki kredit sifatida berilgan mablag‘lar hisoblanadi.


0630 «Qaram xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar» schyoti korxonalarning qaram xo‘jalik jamiyatlariga kiritilgan mablag‘larni hisobga olish uchun mo‘ljallangan. Bunda qaram xo‘jalik jamiyati deganda mablag‘ kiritgan investor katta ta’sirga ega bo‘lgan, lekinda uning sho‘’ba xo‘jalik jamiyati yoki qo‘shma korxonasi bo‘lmagan korxona tushuniladi.
Katta ta’sir– bu korxonaning siyosatini nazorat qilmasdan uning moliyaviy va ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyatiga doir qarorlarni qabul qilishda qatnashish huquqidir. Katta ta’sirni mavjud bo‘lishi investorning quyidagi huquqlari orkali namoyon bo‘ladi :

  • Direktorlar kengashida a’zolikni yoki shunga tenglashtirilgan boshqaruv organidagi vakillikni borligi;

  • Korxona siyosatini ishlab chiqishda qatnashish;

  • Investor va qaram jamiyat o‘rtasida foydani kelishib taqsimlash va boshqa moliyaviy munosabatlarni mavjud bo‘lishi;

  • Boshqaruv xodimlarini almashtirishda ishtirok etish;

  • Texnik-iqtisodiy axborotlar bilan ta’minlash.

Agar investorning kiritgan mablag‘i qaram xo‘jalik jamiyatining jami kapitalida 20% dan ko‘p hissani tashkil etsa va shu miqdordan ortiq ovozga ega bo‘lsa, u holda uning qaram xo‘jalik jamiyatiga ta’siri katta hisoblanadi.


0640 «Chet el kapitaliga ega korxonalarga investitsiyalar» schyoti kushma korxonalarga investitsiyalar kiritgan korxonalar tomonidan qo‘llaniladi. Ushbu schyotda qo‘shma korxonaga ta’sis badali, qarz yoki kredit sifatida kiritilgan mablag‘lar aks ettiriladi.


0690 «Boshka uzok muddatli investitsiyalar» schyotida korxonalarning davlat korxonalariga, xayriya yoki ekologik jamiyatlarga kelgusida moddiy manfaat olish maqsadida kiritgan mablag‘lari aks ettiriladi.
Uzok muddatli moliyaviy investitsiyalarga doir operatsiyalar 0610-0690 schyotlarning debeti va kreditida quyidagi buxgalteriya o‘tqazmalari bilan aks ettiriladi:



T-b №

Operatsiyaning mazmuni

Debet schet

Kredit schet

Yozuvga asos bo‘luvchi hujjat

1.

Uzok muddatli investitsiyalarni pul mablag‘lari bilan kiritish ( aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarni sotib olish, ta’sis badali, qarz va kredit berish)

0610-0690

Pul mablag‘-lari schetlari

Shartnoma, kassa va bank hujjatlari

2.

Uzoq muddatli investitsiyalarni bepul (qaytarib bermaslik sharti bilan ) olish

0610

8530

Shartnoma, kassa va bank hujjatlari

3.

Qiska muddatli investitsiyalarni uzoq muddatli investitsiyalarga o‘tkazish

0610-0690

5810-5890

Shartnoma, dalolatnoma

4.

Uzok muddatli investitsiyalarni qisqa muddatli investitsiyalarga o‘tqazish

5810-5890

0610-0690

Shartnoma, dalolatnoma

5.

Asosiy vositalarni uzoq muddatli investitsiya sifatida kiritish

0610-0690
(9210

9210

0110-0190)



Shartnoma Schet-faktura, dalolatnoma,

6.

Boshqa aktivlarni uzoq muddali investitsiya sifatida kiritish

0610-0690
(9220

9220

04,10,12 va boshqa-lar



Shartnoma, schet-faktura, dalolatnoma

7.

Sotib olish va nominal kiymatlar o‘rtasidagi farq ( kamiga)
( ko‘piga )

0610
9620





9560
0610



Shartnoma, guvohnoma, schet –faktura



8.

Investitsiya buyicha valyuta kurslari farqiga
A) Qiymatga kiritilganda
Qiymatdan chegirilganda
B) moliyaviy natijaga olib borilganda
Ijobiy summaga
Salbiy summaga

0610
9690
0610
9690

9560
0610
9560
0610

Kursni uzgarishi to'g'risidagi mlumotnoma

9.

Investitsiyalarni sotilishi

9220

50,51,52


0610-0690

9220


Dalolatnoma, kassa va bank hujjatlari

10.

Qimmatli qog‘ozlarning kamomadi

4730

0610

Dalolatnoma, takkoslash kaydnomasi

11.

Investitsiyalarni hisobdan chiqarish

9430
9220

9220
0610-0690

Karor, dalolatnoma, shartnoma

12.

Moliyaviy investitsiyalardan hisoblangan daromadlarga:
- foizlarga
-dividendlarga

4830
4840

9530
9520

Avizo-xabar, xat, raschet

Moliyaviy investitsiyalarning analitik hisobi korxonalar bo‘yicha investitsiyaning turlariga ko‘ra olib boriladi.


Moliyaviy investitsiyalarni inventarizatsiya qilish 19-son BXMS «Inventarizatsiyani tashkil qilish va o‘tqazish» ga muvofiq ( p.3.32-3.36 ) olib boriladi. Inventarizatsiyada aniqlangan ortiqchalar korxona daromadiga, kamomadlar esa aybdor shaxslar bo‘yniga olib boriladi.


O‘z-o‘zini sinash uchun test savol-javoblari





  1. Download 1.67 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling