K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


Y- bob. TOVAR – MODDIY ZAHIRALARNING HISOBI


Download 1.67 Mb.
bet96/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

Y- bob. TOVAR – MODDIY ZAHIRALARNING HISOBI


5.1. Ishlab chiqarish zahiralarining hisobi

Xo‘jalik yuritishning muhim omili bo‘lib korxonaning ishlab chiqarish zahiralariga ega bo‘lishligi hisoblanadi.


Ishlab chiqarish zaxiralari –bu ishlab chiqarishning moddiy asosini tashkil etuvchi mehnat predmetlaridir. 4-son BHMS «Tovar-moddiy zahiralar» ga muvofiq, ishlab chiqarish zahiralariga quyidagi ko‘rinishlarga ega bo‘lgan aktivlar kiradi:

  • Xom- ashyo va materiallar- mahsulot (ish, xizmat) ni ishlab chiqarish (bajarish)da uning moddiy asosini tashkil qiluvchi mehnat predmetlari;

  • Yarim tayyor mahsulotlar ( polufabrikatlar ) –bu ishlovning ma’lum texnologik bosqichlaridan o‘tgan, lekinda mustaqil tayyor material sifatida tan olinishi mumkin bo‘lmagan, keyingi ishlavga muhtoj mehnat predmetlari;

  • Butlovchi qismlar – bu buyumni bir butun holatga keltirishda zarur bo‘lgan qismlari.

  • Yoqilg‘i –bu ishlab chiqarishda ishlatiladigan yoqilg‘ilar (benzin, kerosin, salyarka, suyultirilgan gaz va boshqalar);

  • Moylash materiallari –bu texnik vositalarni ishlatishga ketadigan solidol, aftol va shu kabi moylar.

  • Ehtiyot qismlar –bu texnik vositalarning tarkibiy unsurlari ( porshen, gilza, ballon, kamera va boshqalar );

  • Qurilish materiallari – bu ob’ektlarni qurish, ta’mirlashda qullaniladigan materiallar (g‘isht, taxta, sement va boshqalar);

  • Yem-xashaklar – bu korxonalarning balansida turgan hayvonlarni saqlash, o‘stirish, boqish uchun yetishtirilgan, sotib olingan omuxtalar, ko‘kat o‘tlar, silos, yontoq, samon va shu kabi yem-xashaklar.

  • Tara- bu mahsulotlarni o‘rashda, tashishda, saqlashda ishlatiladigan aktivlar ( butulka, bochka, yashik , xalta va boshqalar );

Ishlab chiqarish zahiralariga yuqoridagilardan tashqari istesno tariqasida inventarlar va xo‘jalik buyumlari, shuningdek o‘stirishdagi va boquvdagi mollar ham kiradi.
Ishlab chiqarish zahiralari ishlab chiqarishdagi roliga ko‘ra asosiy va yordamchi zaxiralarga bo‘linadi.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling