K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


Download 1.67 Mb.
bet12/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

Olinadigan schyotlar - boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning korxona oldidagi debitorlik qarzlari.

Barcha xo‘jalik aktivlar korxonada yuritiladigan buxgalteriya hisobining muhim ob’ektlari hisoblanadi, ularni har birining holati, ko‘payishi va kamayishi buxgalteriya hisobida hujjatli asosda aks ettiriladi. Buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida korxona aktivlari boshqariladi, tahlil etiladi va nazorat qilinadi.


Xo‘jalik aktivlarining manbalari. Korxona ixtiyoridagi barcha aktivlar ikki manbadan tashkil topadi:

Mulkga egalik qilish huquqiga muvofiq aktivlar va ularning manbalari quyidagi tenglik ko‘rinishida ifodalanadi:


AKTIV = XUSUSIY KAPITAL + MAJBURIYATLAR


A = XK + M


Xususiy kapital – bu korxonaning majburiyatlarini chegirib tashlagandan so‘ng qoladigan aktivlaridir. Yuqoridagi tenglikga muvofiq:


XUSUSIY KAPITAL = AKTIV - MAJBURIYATLAR
XK = A - M

Korxonalarning xususiy kapitalini shakllanishining asosiy manbalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:



  • Ustav kapitali (UK) – bu korxonaga uning ta’sischilari tomonidan kiritilgan mablag‘lar majmuasi.

  • Qo‘shilgan kapital (QK) – bu aksiyalarni sotish va nominal qiymatlari o‘rtasidagi ijobiy farq, shuningdek chet el investorlarini ustav kapitaliga kiritgan mablag‘lari bo‘yicha vujudga kelgan valyutalar o‘rtasidagi ijobiy farqlar summasi.

  • Rezerv kapitali (RK) – bu korxonaning sof foydasidan tashkil etilgan rezerv kapitali, mulkni qayta baholashdan olingan qo‘shimcha qiymat va bepul kelib tushgan mulklar qiymatining majmuasi.

  • Taqsimlanmagan foyda(TF) – bu korxonaning ta’sischilari o‘rtasida taqsimlanmay qolgan sof foydasining summasi.

  • Rezervlar (R) – bu turli joriy to‘lovlarni amalga oshirish uchun hisobot davr daromadlari evaziga shakllangan zaxira summasi, masalan joriy va kapital ta’mirlash uchun, mehnat ta’tili haqlarini to‘lash uchun va shu kabilar.


  • Download 1.67 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling