X –bob. KORXONA DAROMADLARINING HISOBI
10.1.Korxona daromadlarining turlari, mohiyati
va ular hisobining vazifalari
Korxonalar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining muhim ko‘rsatkichi bo‘lib daromadlar hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkichning mohiyati, tasnifi va tavsifi, tan olinishi, schyotlar tizimi va ular bo‘yicha buxgalteriya yozuvlari respublikamizda qabul qilingan quyidagi me’yoriy hujjatlarda atroflicha ochib berilgan:
O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi (16-modda);
BHMS «Moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim etish uchun konseptual asos»
2-son BHMS « Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar»
«Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish harajatlari hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to‘g‘risida Nizom».
Ushbu me’yoriy hujjatlarga muvofiq daromad deganda, umumiy olganda, hisobot davrida korxona aktivlarini qo‘payishi yoki uning majburiyatlarini kamayishi tushuniladi. Korxonalarning barcha daromadlari O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksida 13 ta turga bo‘lingan (16-modda), 2-son BHMSda ushbu turdagi daromadlar ikkita katta guruhga , ya’ni asosiy faoliyatdan olingan daromadlar va asosiy bo‘lmagan faoliyatdan olingan daromadlarga, ajratilgan (12-chizmaga qarang).
Asosiy faoliyatdan olingan daromadlar deganda korxona ustavida belgilangan asosiy faoliyatdan olingan daromadlar tushuniladi. «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish harajatlari hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to‘g‘risida Nizom» ga muvofiq korxonalarning asosiy faoliyatdan olingan daromadlari, o‘z navbatida, quyidagi ikki guruhga ajratiladi:
Sotishdan olingan daromadlar – bularga mahsulot, tovarlar, ishlar va xizmatlarni sotishdan olingan tushumlar (aksiz, QQS va eksport bo‘yicha bojxona bojidan tashqari) kiradi.
Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar –bularga korxonaning asosiy vositalari va boshqa aktivlarini sotishdan olingan foyda, o‘ndirilgan jarimalar, voz kechilgan kreditorlik qarzlari, bepul kelib tushgan aktivlar, inventarizatsiyada aniqlangan ortiqchalar, TMB larni qayta baholashdan olingan daromadlar va boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |