K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/37
Sana21.04.2020
Hajmi1.11 Mb.
#100580
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   37
Bog'liq
buxgalteriya hisobi va audit


        Debet 5510 «Akkreditivlar»  
        Kredit  5110»Hisob-kitob  schyoti»,  5210  «Mamlakat  ichidagi  valyuta  schyotlari», 
5220 «Chet ellardagi valyuta schyotlari», 6810 « Qisqa muddatli bank kreditlari»  .    
Akkredetiv  schyotlar  ulardagi  mablag‘larning  ishlatilishi  bilan,  shuningdek 
ishlatilmay  qolgan  mablag‘larni  tashkil  etilgan  manbasini  aks  ettiruvchi  schyotga 
qaytarilishi bilan yopiladi, ya’ni: 
        Debet    6010  «Ta’minotchi  va  pudratchilar  bilan  hisob-kitoblar»,  5110»Hisob-kitob 
schyoti»,  5210  «Mamlakat  ichidagi  valyuta  schyotlari»,  5220  «Chet  ellardagi  valyuta 
schyotlari», 6810 « Qisqa muddatli bank kreditlari»  . 
        Kredit 5510 «Akkreditivlar»  

 5520 «Chek daftarchalari» - bu schyotda  korxonaning u yoki bu mijozlari bilan 
hisob-kitoblarni  chek daftarchalari asosida olib borish uchun ochilgan maxsus deponent 
schyotlaridagi pul mablag‘larining holati va harakati aks ettiriladi. Ushbu  schyotlar ham 
akkredetiv  schyotlar  kabi  qisqa  muddatlarga  korxonaning  mablag‘lari  yoki  bank 
kreditlari hisobidan ochilishi mumkin, bunda quyidagi buxgalteriya yozuvlari qilinadi: 
        Debet 5520 «Chek daftarchalari»  
        Kredit  5110»Hisob-kitob  schyoti»,  5210  «Mamlakat  ichidagi  valyuta  schyotlari», 
5220 «Chet ellardagi valyuta schyotlari», 6810 « Qisqa muddatli bank kreditlari»  .    
Chek daftarchalari schyotlari ulardagi mablag‘larning ishlatilishi bilan, shuningdek 
ishlatilmay  qolgan  mablag‘larni  tashkil  etilgan  manbasini  aks  ettiruvchi  schyotga 
qaytarilishi bilan yopiladi, ya’ni: 
        Debet    6010  «Ta’minotchi  va  pudratchilar  bilan  hisob-kitoblar»,  6990  «Boshqa 
majburiyatlar»,  5110»Hisob-kitob  schyoti»,  5210  «Mamlakat  ichidagi  valyuta 
schyotlari»,  5220  «Chet  ellardagi  valyuta  schyotlari»,  6810  «  Qisqa  muddatli  bank 
kreditlari». 
        Kredit 5510 «Chek daftarchalari»  

 5530  «Boshqa  maxsus  schyotlar»  -ushbu  aktiv  schyot  korxonaning  maxsus 
maqsadlar  uchun    oldindan  rezerv  qilib  to‘planadigan,    keyin  esa    o‘sha  maqsadlarda 
sarflanadigan  mablag‘larini  aks  ettirish  uchun  mo‘ljallangan.  Bunday  schyotlar  bo‘lib, 
masalan,  konvertatsiya    schyoti,  konsignatsion  tovarlardan  olingan  tushumlar  schyoti, 
kapital  quyilmalar  schyoti  va  boshqalar  hisoblanadi.  Ushbu  schyotlarning  debetida 
mablag‘larning rezerv qilinganligi, kreditida esa ularning ishlatilganligi aks ettiriladi.  

 5610  «Pulli  ekvivalentlar»  –  ushbu  aktiv  schyotda  sotib  olingan  aloqa 
bo‘limlarining  markalari,  yo‘l  pattalari,  sanatoriya  yo‘llanmalari  va  boshqa  pulli 
hujjatlarning  holati  va  harakati  (  ko‘payishi  debetida,  kamayishi  esa  kreditida)  aks 
ettiriladi. 

 5710 « Yo‘ldagi pul mablag‘lari» - ushbu aktiv schyotda  korxonaning sotishdan 
olingan  va  inkassatorlarga,  aloqa  bo‘limlariga,  bankning  kechki  kassalariga  topshirilgan 
pul  mablag‘lari  holati  va  harakati  (  ko‘payishi  debetida,  kamayishi  esa  kreditida)  aks 
ettiriladi.   

 5810  «Qimmatli  qog‘ozlar»  -  ushbu  aktiv  schyotda    korxonaning    aksiyalarga, 
davlatning foizli obligatsiyalariga kiritilgan qisqa muddatlt investitsiyalarining  holati va 
harakati    aks  ettiriladi.  Sotib  olingan  aksiyalar  va  obligatsiyalar      sotib  olish  qiymatida 
kirim  qilinadi,  bunda  qimmatli  qog‘ozlar  uchun  berilgan  mablag‘larni  aks  ettiruvchi 
schyotlar kreditlanadi (5010, 
5110,5210,9010,9020,9030,9210,9220  va  boshqa  schyotlar).  Qimmatli  qog‘ozlarni 
qaytarish    nominal  qiymatida  amalga  oshiriladi.  Shuning  uchun  qaytarish  muddatigacha 
sotib  olish  va  nominal  qiymat  o‘rtasida  vujudga  kelgan  farq  korxonaning  daromad  yoki 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com

 
138 
harajat schyotlarida aks ettirilishi lozim. Agar sotib olish qiymati nominal qiymatdan past 
bo‘lgan bo‘lsa,  u holda o‘rtadagi farq summasiga quyidagi yozuv qilinadi: 
 Debet 5810 «Qimmatli qog‘ozlar» 
 Kredit 9590 «Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar»   
 Agar sotib olish qiymati nominal qiymatdan  yuqori bo‘lsa,  u holda o‘rtadagi farq 
summasiga quyidagi yozuv qilinadi: 
 Debet 9690 «Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa harajatlar» 
 Kredit5810 «Qimmatli qog‘ozlar» 
 Qimmatli  qog‘ozlarni  muddati  tugashi  bilan  qaytarib  berilishi  5810-  schyotning 
kreditida  va  pul  mablag‘lari  schyotlarining  debetida    nominal  qiymati  bo‘yicha  aks 
ettiriladi. 

 5820  «  Berilgan  qisqa  muddatli  qarzlar»  -ushbu  schyotda  boshqa  yuridik 
shaxslarga  shartnoma  asosida  berilgan  qisqa  muddatli  qarzlarning  holati  va  harakati 
(berilishi  debetida,  qaytarilishi  kreditida)    pul  mablag‘lari  schyotlari  bilan 
korrespondensiyalangan holda  aks ettiriladi. 

 5890  «Boshqa  joriy  investitsiyalar»  -ushbu  schyotda  banklardagi  turli  depozit 
schyotlarga qo‘shimcha daromad olish maqsadida qo‘yilgan pul mablag‘larining holati va 
harakati  (qo‘yilishi  debetida,  qaytarilishi  kreditida)  pul  mablag‘lari  schyotlari  bilan 
korrespondensiyalangan holda  aks ettiriladi. 
 
 
O‘z-o‘zini sinash uchun test savol-javoblari 
 
1.Kassa xo‘jaligi uchun ma’sul  
a) Kassir 
b) Bosh hisobchi 
v) Rahbar 
g) Kadrlar bo‘yicha inspector 
 
2.Quyidagilarning qaysi biri to‘g‘ri 
a)  Pul mablag‘lari milliy valyutada hisobga olinadi 
b)  Pul mablag‘lari chet el valyutasida hisobga olinadi 
v)  Pul mablag‘lari har ikkala valyutada balansda aks ettiriladi 
g)   Pul mablag‘lari  hohlagan valyutada hisobga olinadi 
 
3.Quyidagilarning qaysi birida sotishdan olingan daromadni ifodalaydi? 
a) Debet 5010 Kredit 4010 
b) Debet 5010 Kredit 9020 
v) Debet 5110  Kredit 5010 
g) Debet 5110 Kredit 4010   
     
4.Quyidagilarni  qaysi  biri  hisob-kitob  schyotidan  pul  mablag‘larini 
korxonaning ruxsatisiz  o‘ndirib olishi mumkin? 
a) Haridorlar 
b) Xodimlar 
v) Davlat organlari 
g) Ta’sischilar 
  
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com

 
139 
5. Valyuta kursi farqlarini  kim aniqlaydi?  
     a)  Kassir 
b) Bank xodimi 
v) Buxgalter 
     g)  Direktor 
       
     6. Pul mablag‘lari  schyotlari: 
a)  Doimiy schyotlar 
b)  Passiv schyotlar 
v)  Tranzit schyotlar 
g)  Kontrpassiv schyotlar. 
 
7.  Depozit  schyotga  qo‘yilgan  pul  mablag‘lari  qaysi  schyotning  debetida  aks 
ettiriladi?  
a) 5010 –schyotning debetida 
b) 5110 – schyotning debetida  
v) 5890 – schyotning debetida 
g) 5530 – schyotning debetida 
 
Bob mavzularini mustaqil o‘rganish uchun tavsiya etiladigan me’yoriy 
hujjatlar va davriy adabiyotlar 
 
1.O‘zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi to‘g‘risida qonuni. 1996  
   yil 30 avgustda qabul qilingan. 
2.Moliyaviy  hisobotni  tayyorlash  va  taqdim  etish  uchun  Konseptual  asos.  O‘z.R.   
Adliya Vazirligidan 1998 yil 14 avgustda ro‘yxatdan o‘tgan, № 475. 
3.BHMS  №  1  «Hisob  siyosati  va  moliyaviy  hisobot».  O‘z.R.  Adliya  Vazirligidan   
1998 yil 14 avgustda ro‘yxatdan o‘tgan, № 474. 
4.BHMS  №  12  «Moliyaviy  investitsiyalarning  hisobi»  O‘z.R.  Adliya      Vazirligidan   
1999 yil 16 yanvarda ro‘yxatdan o‘tgan, № 596. 
5.  BXMS  №  19  «Inventarizatsiyani  tashkil  qilish  va  o‘tqazish  ».  O‘z.R.  Adliya   
Vazirligidan   1999 yil 2 noyabrda ro‘yxatdan o‘tgan, № 833. 
6.BXMS  №  21  «Xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlar  moliyaviy  xo‘jaligi  buxgalteriya 
hisobining  schyotlar  rejasi  va  uni  qo‘llash  bo‘yicha  yo‘riqnoma».  O‘z.R.  Adliya   
Vazirligidan   2002 yil 23 oktyabrda ro‘yxatdan o‘tgan, № 1181. 
7.Yuridik  shaxslar    tomonidan  kassa  operatsiyalarini  yuritish  Qoidalari.O‘z.R. 
Adliya Vazirligi tomonidan 1998 yil 17 dekabrda ro‘yxatdan o‘tgan, №565. 
8.O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob –kitoblar to‘g‘risida Nizom. O‘z..R. 
Adliya Vazirligi tomonidan 2002 yil 15 aprelda ro‘yxatga olingan, № 1122. 
9.Abdullayev A. Qayumov I. Buxgalteriya hisobi. T, «Minhoj» nashriyoti, 2002
10.Bobojonov O.  Moliyaviy hisob. T., «Sharq», 2000. 
11.Bobojonov O., Jumaniyozov K. Moliyaviy hisob. T., «Moliya», 2002. 
12.  Zavalishina  I.A.  Buxgalterskiy  uchet  po  novomu.  Izd.dom  «Mir  ekonomiki  i 
prava», Tashkent. 2003 
13.Umarova M., Eshboyev O‘., Axmadjonov Q.  Buxgalteriya hisobi, T., Mehnat, 1999 
14.G‘ulomova  F.G‘.  Buxgalteriya  hisobi  bo‘yicha  mustaqil  o‘rganish  uchun 
qo‘llanma.T., Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashriyot uyi, 2000. 
 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com

 
140 
YII-bob. 
OLINADIGAN  SCHYOTLARNING (DEBITORLIK QARZLARNING ) 
HISOBI 
 
7.1.Olinadigan schyotlarning (debitorlik qarzlarning) mohiyati, turlari va  
                                            ular hisobining vazifalari 
 
 
Olinadigan  schyotlar  deganda  haridorlar  va  buyurtmachilarning    sotilgan  tovar-
moddiy  boyliklar,  bajarilgan  ishlar,  ko‘rsatilgan  xizmatlar  uchun,  shuningdek  turli 
yuridik va jismoniy shaxslarning ma’lum  maqsadlarda olgan mablag‘lari uchun korxona 
oldidagi  debitorlik  qarzlari  tushuniladi.  Buxgalteriya  hisobida  olinadigan  schyotlarni  
asosan muddati i harakteri bo‘yicha aks ettirish tartibi keng qo‘llaniladi. 
Muddat  belgisi  olinadigan  schyotlarni  turli  jihatlari  bo‘yicha  guruhlashga  imkon 
beradi, jumladan  hisobot davrlari, to‘lov va da’vo muddatlari, shuningdek kelib tushish 
ehtimoliga ko‘ra.  
Hisobot  davrlariga   ko‘ra olinadigan schyotlar   qisqa  muddatli ( bir  yilgacha)  va 
uzoq muddatli (bir yildan oshiq)  bo‘lishi mumkin. 
 To‘lov  muddatiga  ko‘ra  olinadigan  schyotlar  to‘lov  muddati  o‘tmagan  va  to‘lov 
muddati  o‘tib  ketgan  debitorlik  qarzlarga  bo‘linadi.  O‘zbekiston  Respublikasida  qabul 
qilingan tartibga asosan  90 kungacha olinmagan schyotlar muddati o‘tmagan, 90 kundan 
ortiq  muddatda  to‘lanmagan  schyotlar  to‘lov  muddati  o‘tib  ketgan  debitorlik  qarzlari 
bo‘lib hisoblanadi. Respublikamiz qonunlariga muvofiq 90 kundan to‘lov muddati oshib 
ketgan  debitorlik  qarzlariga  yo‘l  qo‘yganligi  uchun  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlarning 
rahbarlari va bosh hisobchilari  ma’muriy  va moliyaviy ja’zoga tortiladi. 
Da’vo muddatiga ko‘ra olinadigan schyotlar da’vo muddati o‘tib ketmagan va da’vo 
muddati  o‘tib  ketgan  debitorlik  qarzlarga  bo‘linadi.  To‘lov  muddati  3  yildan  oshmagan 
olinadigan schyotlar da’vo muddati o‘tmagan debitorlik qarzlari, to‘lov muddati 3 yildan 
oshib  ketgan  olinadigan  schyotlar  esa  da’vo  muddati  o‘tib  ketgan  debitorlik  qarzlari  
bo‘lib  hisoblanadi.  Respublikamiz  qonunlariga  muvofiq  da’vo  muddati  o‘tib  ketgan 
debitorlik  qarzlari  balansdan  chiqarilishi  ,  da’vo  muddati  o‘tib  ketmagan  debitorlik 
qarzlari asossiz balansdan chiqarilmasligi lozim.  
Kelib  tushish  ehtimoliga    ko‘ra  olinadigan  schyotlar    kelib  tushushi  shubhali  va 
kelib  tushishi  shubhasiz  bo‘lgan  debitorlik  qarzlarga  bo‘linadi.  Shubhali  debitorlik 
qarzlar    deganda,  odatda,  inqirozga  uchragan,    faoliyatini    to‘xtatib  qo‘ygan  yoki 
umuman  yopilib  ketgan,  katta  miqdorda  kreditorlik  qarzlarga  ega  bo‘lgan,    to‘lov 
qobiliyatiga  ega  bo‘lmagan,  faoliyati  uchun  sud  va  prokuratura  organlari  oldida  javob 
berayotgan      yuridik  va  jismoniy    shaxslarning    korxona  oldidagi  qarzlari  tushuniladi. 
Shubhali  qarzlar    sud  organlari  orqali  o‘ndiriladi,  o‘ndirish  imkoniyati  bo‘lmaganda 
korxonaning zarariga olib boriladi.   
Harakteriga  ko‘ra      olinadigan  schyotlar  tovar  harakteridagi  va  notovar 
harakteridagi  debitorlik  qarzlarga  bo‘linadi.  Tovar  harakteridagi  olinadigan  schyotlarga 
bevosita  tovar  operatsiyalariga  dahldor  bo‘lgan  debitorlik  qarzlari,  masalan  haridor  va 
buyurtmachilarning  qarzlari,  ta’minotchilarning  olgan  avanslar  bo‘yicha  qarzlari  kiradi. 
Bevosita  tovar  operatsiyalari  bilan  bog‘liq  bo‘lmagan  olinadigan  schyotlar  notovar 
harakteridagi  debitorlik  qarzlari  hisoblanadi.  Ularga,  masalan,  xodimlarning  qarzlari, 
ta’sischilarning qarzlari, byudjet va ijtimoiy sug‘urta organlarining qarzlari va boshqalar 
kiradi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com

 
141 
Debitorlik  qarzlar  hisoblash  tamoyiliga  muvofiq  xo‘jalik  operatsiyalari  yuz  bergan 
sanadan  boshlab  tan  olinadi.  Tan  olingan  debitorlik  qarzlari    boshlang‘ich  (dastlabki) 
qiymatda va sof qiymatda baholanadi. Debitorlik qarzlar buxgalteriya hisobi schyotlarida 
boshlang‘ich qiymatida, balans va hisobotning boshqa shakllarida esa sof qiymatida aks 
ettiriladi  
Debitorlik  qarzlarning  boshlang‘ich  (dastlabki)  qiymati  deganda  ularning 
vujudga  kelgan  sanasidagi  qiymati  tushuniladi.  Ushbu  qiymat  bo‘lib,  odatda,  schyot-
faktura  va  dalolatnomalarda  ko‘rsatilgan    tovar-moddiy  boyliklar,  bajarilgan  ishlar  va 
ko‘rsatilgan xizmatlarning sotish bahosidagi qiymati hisoblanadi.  
Debitorlik  qarzlarning    sof    qiymati  deganda    haridor  va  buyurtmachilarga 
berilgan  pulli  chegirmalar,  savdo  chegirmalari,  ulardan  qaytib  kelgan  tovar-moddiy 
boyliklar,  shubhali  qarzlar  summalari  ayirilib  tashlangandan  keyin,  shuningdek  chet  el 
valyutalari  kurslari  va  milliy  valyuta    kursi  o‘rtasidagi    farqlar  hisobga  olib  topilgan 
qiymat tushuniladi.  
Pulli  chegirmalar  –  bu  jami    olinadigan    schyotlar  summasining  ma’lum  bir 
qismini  rag‘batlantirish  vositasi  sifatida  haridor  va  buyurtmachilar  ixtiyorida 
qoldiriladigan  qismi.  Bunday  chegirmalar,  odatda,  sotuvchi  tomonidan  debitorlik 
qarzlarni  tezroq    o‘ndirib  olish,  shubhali  qarzlarni  vujudga  kelishining  oldini  olish 
maqsadlarida beriladi. Pulli chegirmalar olinadigan schyotlar summasiga nisbatan foizlar 
ko‘rinishida yoki qat’iy summada belgilanishi mumkin. 
Savdo  chegirmalari  –  bu  tovarlarni  tezroq  katta  miqdorda  sotish    maqsadida, 
shuningdek ularni reklama qilish maqsadida haridorlar foydasiga  sotib olishda tovarning 
sotish  bahosidan kamaytiriladigan qismi.   
Qaytarilgan  tovar-moddiy  boyliklar    qiymati–  bu  haridor  va  buyurtmachilarga 
jo‘natilgan,  lekinda  ma’lum  sabablarga  ko‘ra  ular  tomonidan  qaytarib  berilgan,  shuning 
uchun kelib tushadigan debitorlik qarzlar summasidan ayirib tashlanadigan  qiymat.  
Olinadigan  schyotlar  bo‘yicha    buxgalteriya    hisobining  asosiy  vazifalari  bo‘lib 
quyidagilar  hisoblanadi: 

 Olinadigan schyotlarni asosli tan olish va real  baholash;  

 Olinadigan  schyotlarni  vujudga  kelishi  va  qoplanishini  o‘z  vaqtida  tegishli 
hujjatlar bilan  to‘g‘ri rasmiylashtirish; 

 Olinadigan  schyotlarni  mazmuni,  harakteri  va  boshqa  belgilari  bo‘yicha  ular 
uchun ko‘zda tutilgan schyotlarda aks ettirish

  Olinadigan  schyotlarning    holati  va  harakati  ustidan  doimiy  nazoratni  olib 
borish; 

  Olinadigan  schyotlarni  o‘z  vaqtida  kelib  tushushini,  to‘lov  muddatini    o‘tib 
ketmasligi ustidan doimiy  nazorat qilish; 

  Kelib  tushushi  shubhali  hisoblangan  debitorlik  qarzlarni  sud  organlari  orqali 
o‘ndirib olinishini  yoki korxona hisobidan to‘g‘ri chiqarilishini nazorat qilish; 

  Olinadigan  schyotlar  bo‘yicha  hisobotlarni  to‘g‘ri  va  o‘z  vaqtida  tegishli 
organlarga yetqazish va boshqalar. 
 
 
7.2.Tovar operatsiyalari bo‘yicha olinadigan schyotlarning hisobi 
 
Haridor  va  buyurtmachilardan  olinadigan  schyotlar  hisobi.  Haridor  va 
buyurtmachilar  bilan    olinadigan  schyotlar  bo‘yicha  hisob-kitoblarning    hisobi  21-son 
BXMS ga muvofiq quyidagi schyotlarda olib boriladi: 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com

 
142 

 4010 “Haridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” – bu  aktiv schyot  
korxonaning  haridorlari  va  buyurtmachilari  bilan  jo‘natilgan  tovar-moddiy  boyliklar, 
bajarilgan  ishlar  va  ko‘rsatilgan  xizmatlar  uchun  hisob-kitoblarni  naqd  va  naqdsiz    pul 
ko‘chirish yo‘llari bilan olib borishda qo‘llaniladi. Unda olinadigan schyotlarning   holati 
va  harakati  aks  ettiriladi.  Olinadigan  schyotlarni  vujudga  kelishiga  jo‘natilgan  tovar-
moddiy  boyliklarni,  bajarilgan  ishlar  va  xizmatlarni    haqiqatda  amalga  oshirilganligini 
ifodalovchi  boshlang‘ich  hujjatlar  (  schyot-fakturalar,  dalolatnomalar  )  asosida  quyidagi 
buxgalteriya yozuvlari qilinadi: 
        Debet 4010 «Haridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar “   
        Kredit  9010  «Tayyor  mahsulotlarni  sotishdan  olingan  daromadlar»,  9020 
«Tovarlarni  sotishdan  olingan  daromadlar»,  9030  «Bajarilgan  ishlar  va  ko‘rsatilgan 
xizmatlardan  olingan  daromadlar»,  9210  «Asosiy  vositalarning  chiqimlari»,  9220 
«Boshqa aktivlarning chiqimlari».  
Chet  el  valyutalarida  xorijiy  mamlakatlarga  eksport  qilingan  mahsulotlar,  tovarlar, 
ish  va  xizmatlar  uchun  muddatida  kelib  tushmagan  debitorlik  qarzlar      bo‘yicha  ijobiy 
kurs  farqlari  vujudga  kelishi  mumkin.  Bunday  kurs  farqlari  milliy  valyuta  hisobida 
xorijiy haridor va buyurtmachilarning korxona oldidagi debitorlik qarzlarini ko‘paytiradi  
va u quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi: 
Debet4010 «Haridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar “ 
Kredit 9540 «Valyuta kurslaridagi farqlardan olingan daromadlar» 
Olinadigan    schyotlar  haridor  va  buyurtmachilardan  oldindan  olingan  avans 
summalari  evaziga,    shuningdek  debitorlik  qarzlar    naqd  va  naqdsiz  yo‘llar  bilan 
keyinchalik kelib tushgandan so‘ng  yopiladi, ya’ni: 
        Debet  6310  «Haridorlar  va  buyurtmachilardan  olingan  avanslar»,  5010  «Kassa», 
5110»Hisob-kitob  schyoti»,  5210  «Mamlakat  ichidagi  valyuta  schyotlari»,  5220  «Chet 
ellardagi valyuta schyotlari», 6810 « Qisqa muddatli bank kreditlari» va boshqalar. 
Kredit 4010 «Haridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar “ 
 
 Chet el valyutalarida  xorijiy  mamlakatlarga  eksport qilingan  mahsulotlar, tovarlar, 
ish  va  xizmatlar  uchun  muddatida  kelib  tushmagan  debitorlik  qarzlar      bo‘yicha  salbiy  
kurs  farqlari  vujudga  kelganda,  uning  summasi  korxona  zarariga  olib  boriladi  va    u 
quyidagicha aks ettiriladi: 
Debet 9620 « Valyuta kurslari farqlaridan ko‘rilgan zararlar» 
Kredit 4010 «Haridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar “ 
 
Haridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarning analik hisobi ularning har biri 
bo‘yicha alohida yuritiladi. 

 4020  “  Olingan  veksellar”  –ushbu  aktiv  schyot  hisob-kitoblar  veksellar  asosida 
amalga  oshirilganda  qo‘llaniladi  va  olingan  veksellar  bo‘yicha  hisob-kitoblarning  holati 
va  harakatini  aks  ettiradi.  Ushbu  schyotning  debetida  olingan  veksellar,  kreditida  esa 
ularning to‘lanishi aks ettiriladi.  
Veksel  –  bu  haridor  yoki  buyurtmachining  sotuvchiga  qarzini  ma’lum  bir 
muddatdan  so‘ng  to‘lash    bo‘yicha  olgan  majburiyatini  aks  ettiruvchi  hujjat.  Veksellar 
oddiy va murakkab, foizli va foizsiz bo‘ladi. 
Oddiy  veksellar  –bu  foizlar    faqat  vekselning  asosiy  summasidan  to‘lanadigan 
veksellar.  Asosiy  summa  bo‘lib,  vekselning  nominal  qiymati,  ya’ni  bosmaxona  usulida 
vekselda ko‘rsatilgan qiymat, hisoblanadi.  
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com

 
143 
Murakkab  veksellar  –bu  foizlar  kelgusi  davrlarda  asosiy  summa  va  oldingi  davr 
uchun  hisoblangan  foizlar  summasi  bilan  birga  olingan  qiymatdan  hisoblanadigan 
veksellar. 
Foizli veksellar – bu hisoblanadigan foiz miqdori oldindan  bosmaxona usulida  aks 
ettirilgan  veksellar. 
Foizsiz veksellar – bu hisoblanadigan foiz miqdori oldindan bosmaxona usulida aks 
ettirilmagan veksellar. 
Veksellar  bo‘yicha  foizlarning  summasi    (Fs)  vekselning  asosiy  summasi  bo‘lgan 
nominal  qiymatini  (Nq)    yillik  foiz  miqdoriga  (Fm)  ko‘paytirish  va  100%  ga  bo‘lish, 
topilgan  summani  yildagi  kalendar  kunlar  soniga  bo‘lish  (365  kun)  va  vekselni  hisobot 
davrida  haqiqatda harakatda bo‘lgan   kunlari soniga (K) ko‘paytirish yo‘li bilan topiladi, 
yani  
 
Fs =   Nq x Fm : 100% : 365  x K 
 
Sotuvchiga haridor yoki buyurtmachi debitorlik qarzini  o‘rniga veksellar berganda 
quyidagi yozuv qilinadi: 
Debet 4020 “Olingan veksellar” 
Kredit 4010 “ Haridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” 
Oddiy  va  murakkab  ,  foizli  va  foizsiz  veksellar  bo‘yicha  shartnomaga  asosan 
hisoblangan foizlar summasiga quyidagi yozuvlar qilinadi: 
Debet 4830 “ Olinadigan foizlar” 
Kredit 9530 “ Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar” 
Veksellar    qiymati  va  ular  bo‘yicha  foizlar  kelib  tushganda  quyidagi  yozuvlar 
qilinadi: 
        Debet  5010  “Kassa”,  5110  “Hisob  –kitob  schyoti”  ,  5210  «Mamlakat  ichidagi 
valyuta  schyotlari»,  5220  «Chet  ellardagi  valyuta  schyotlari»,  6810  «  Qisqa  muddatli 
bank kreditlari» va boshqalar. 
Kredit 4020 “Olingan veksellar”, 4830 “ Olinadigan foizlar” 
 

 4110  «Alohida  ajratilgan    bo‘linmalardan  olinadigan  schyotlar»  va  4120 
«Sho‘’ba  va  qaram  xo‘jalik  jamiyatlaridan  olinadigan  schyotlar»    -ushbu  schyotlar  
korxonaning  alohida  ajratilgan  bo‘linmalari  (filiallari  va  vakolatxonalari),  shuningdek 
uning    ta’sis  etilgan  sho‘’ba  va  qaram  xo‘jalik  jamiyatlari    bilan    hisob  –kitoblarining 
holati va harakatini  aks ettirishga mo‘ljallangan. Ushbu schyotlarni yuritish tartibi 4010–
schyotni yuritish tartibiga to‘liq o‘xshashdir. 
Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling