K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va
PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 276
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
buxgalteriya hisobi va audit
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Tannarxni oshirib ko‘rsatish
- 4.Quyidagilarni qaysi birini tanlasa auditor xatari yo‘q
- 5. Auditor amortizatsiya me’yori noto‘g‘ri qo‘llanilgan bo‘lsa
- . Auditor hisob-kitoblarni audit qilishda
- Prokuratura buyurtmasi bilan o‘tqazilgan auditda
- Bob mavzularini mustaqil o‘rganish uchun tavsiya etiladigan me’yoriy hujjatlar va davriy adabiyotlar
- Auditorlik tekshiruvi natijalarini umumlashtirish
- Qism (bo‘lim) Nima aks ettiriladi 1.Kirish qism
- 1.Ijobiy auditorlik xulosasi
- 2.Shartli ijobiy auditorlik xulosasi
- 3.Salbiy auditorlik xulosasi
- 4.Auditorlik xulosasini berishdan bosh tortish
- 17. 2. Audit natijalarini tadbiq etish
- 2.Auditor yordamchisi imzo chekadi
- 3.Auditorlik tekshiruvida aniqlangan xato va kamchiliklar
PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 276 O‘z-o‘zini sinash uchun test savol-javoblari 1.Sotish hajmi qaysi manbalarga tayanib tekshiriladi ? a) shartnomalarga b) moddiy hisobotlarga v) schyot- fakturalarga g) dalolatnomalarga 2.Tannarxni oshirib ko‘rsatish a) foydani oshiradi b) foyda solig‘ini oshiradi v) foydadan soliqlarni kamaytiradi g) ekologiya solig‘ini kamaytiradi 3.Auditor sotishga to‘g‘ri keladigan QQS bo‘yicha qaysi yozuvni tasdiqlashi kerak? a) Debet 9010 Kredit 6410 b) Debet 4010 Kdedit 6410 v) Debet 4410 Kdedit 6410 g) Hech qaysisini 4.Quyidagilarni qaysi birini tanlasa auditor xatari yo‘q? a) reklama harajatlari sotish tannarxiga olib borilganda b) reklama harajatlari sotish harajatlariga olib borilganda v) reklama harajatlari moliyaviy faoliyat harajatlariga olib borilganda g) reklama harajatlari favqulotdagi zararlarga olib borilganda 5. Auditor amortizatsiya me’yori noto‘g‘ri qo‘llanilgan bo‘lsa a) amortizatsiya summasini to‘g‘rilaydi b) amortizatsiya summasini to‘g‘rilamaydi v) balansni qayta tuzishni talab qiladi g) Asosiy vositalar to‘g‘risida hisobotni qayta tuzadi 6. Auditor hisob-kitoblarni audit qilishda a) olingan bo‘naklarni tekshiradi b) to‘langan to‘lovlarni tekshiradi v) soliq idorasi foydasiga penya hisoblaydi g) barter operatsiyalarini borligini aniqlaydi 7. Prokuratura buyurtmasi bilan o‘tqazilgan auditda a) auditorlik xatari bo‘lmaydi b) auditorlik xatari bo‘lmasligi mumkin v) auditorlik xatari bo‘ladi g) barcha javoblar noto‘g‘ri 8. Auditorlik xatari bo‘lmaydi a) sotish xajmi bo‘yicha PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 277 b) tannarx bo‘yicha v) foyda solig‘i bo‘yicha g) yuqoridagi javoblar noto‘g‘ri Bob mavzularini mustaqil o‘rganish uchun tavsiya etiladigan me’yoriy hujjatlar va davriy adabiyotlar 1.O‘zbekiston Respublikasining auditorlik faoliyati to‘g‘risida qonuni. 2000 yil 26 mayda tasdiqlangan. 11.Karimov N.F. Texnika provedeniya audita. Metodicheskoye posobiye,Tashkent, 2002. 12.Musayev X.N. Audit, «Moliya» nashriyoti, Toshkent, 2003 13. Sanayev N, Narziyev R. Audit, «Sharq» nashriyoti, Toshkent,2001 14.Spravochnik auditora. Assotsiatsiya buxgalterov i auditorov Respubliki O'zbekistan, Tashkent, 1996. XYII- bob. AUDIT NATIJALARINI UMUMLASHTIRISH, RASMIYLASHTIRISH VA TADBIQ ETISH 17.1. Audit natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda auditorlik tekshiruvini o‘tqazishning 3-bosqichi bo‘lib uning natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish hisoblanadi. Auditorlik tekshiruvi natijalarini umumlashtirish deganda shartnomada ko‘rsatilgan ob’ektlar bo‘yicha auditorlik tekshiruvida aniqlangan dalilu-isbotlarni rasmiy hujjatlarda aks ettirish tushuniladi. Ushbu rasmiy hujjatlar bo‘lib auditorning hisoboti va auditorlik xulosasi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida Qonun»iga muvofiq ( 18-modda) « auditor hisoboti – bu auditorlik tekshiruvining borishi, buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibidan aniqlangan chetga chiqishlar, moliyaviy hisobotdagi qoida buzarliklar to‘g‘risidagi mufassal ma’lumotlardan, shuningdek auditorlik tekshiruvi o‘tqazish natijasida olingan boshqa axborotlardan iborat bo‘lgan va xo‘jalik yurituvchi sub’ekt rahbariga, mulkdoriga, qatnashchilari (aksiyadorlari) ning umumiy yig‘ilishiga yo‘llangan hujjat». Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy hisobotlarini tekshirish bo‘yicha o‘tqazilgan auditorlik tekshiruvlari natijalari to‘g‘risida auditor hisoboti 70-son AFMS «Auditor hisoboti va moliyaviy hisobot to‘g‘risida auditorlik xulosasi» ga muvofiq tuziladi. Ushbu AFMS ga muvofiq auditorning hisoboti quyidagi uch qismdan (bo‘limdan) iborat bo‘ladi. PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 278 Qism (bo‘lim) Nima aks ettiriladi 1.Kirish qism Auditorlik tashkiloti va auditorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek auditorlik tekshiruvini o‘tqazishga doir umumiy ma’lumotlar ko‘rsatiladi 2.Asosiy qism Auditorlik tekshiruvini olib borish jarayonlari, va tekshiruv natijalari, mavjud xato-kamchiliklar, ularning sabablari ko‘rsatiladi. Ushbu qism alohida mavzular (bo‘limlar)ni aks ettiruvchi paragraflarga bo‘linishi mumkin 3.Xulosa qismi Tekshirish ob’ekti (ob’ektlari) bo‘yicha auditorlik xulosasi, aniqlangan chetlanishlar va qonunbuzarlik-larni bartaraf etish, shuningdek xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy xo‘jalik faoliyati samarador-ligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar va takliflar beriladi Auditor hisoboti ikki nusxada tuziladi va uning bir nusxasi buyutmachiga topshiriladi, ikkinchi nusxasi auditorlik tekshiruvida qoladi. Auditorlik tashkilotida qoladigan nusxaning oxirida auditorlik tekshiruvini buyurtgan tashkilot raxbari va bosh buxgalterining auditor hisoboti bilan tanishganligi va uning bir nusxasini olganligi to‘g‘risida tilxat yoziladi va imzolanadi. Agar auditorlik tekshiruvi mulkdorlar, prokuratura va boshqa huquqni muhofaza qilish organlari buyurtmasi bilan o‘tqazilgan bo‘lsa, u holda auditorning hisoboti uch nusxada tuziladi va uning bir nusxasi auditni buyurtgan tomonga taqdim etiladi. Ushbu holatda auditor hisoboti bilan tanishganlik va ularni nusxalarini olganlik to‘g‘risidagi tilxatlar audit o‘tqazilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning raxbari va bosh hisobchisi, shuningdek auditni buyurtgan organ (shaxslar) tomonidan imzolanadi. Auditorlik hisobotining hajmi varaqlar soni jihatidan, odatda, chegaralanmaydi. Auditor hisobotining har bir varag‘i auditorlik tekshiruvini o‘tqazgan auditor (auditorlar) tomonidan imzolanadi. Auditor hisobotida aks ettirilgan axborot maxfiy hisoblanadi va oshkor qilinishi mumkin emas. Ushbu axborotdan foydalangan shaxslar axborotni oshkor qilganlik uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikga tortiladi. Auditor hisobotidan namuna 7-ilovada keltirilgan. Auditorning hisoboti auditorlik xulosasini tuzishga asos bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasining auditorlik faoliyati to‘g‘risida Qonuniga asosan ( 19- modda) « auditorlik xulosasi - moliyaviy hisobotning to‘g‘riligi va buxgalteriya hisobini yuritish tartibining qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi to‘g‘risida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda ifodalangan, xo‘jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘lgan hujjat». Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy hisobotlarini tekshirish bo‘yicha o‘tqazilgan auditorlik tekshiruvlari natijalari to‘g‘risida auditorlik xulosasi 70-son AFMS «Auditor hisoboti va moliyaviy hisobot to‘g‘risida auditorlik xulosasi» ga muvofiq tuziladi. Ushbu AFMS ga muvofiq auditorlik xulosasi xuddi auditorning hisoboti kabi quyidagi uch qismdan (bo‘limdan) iborat bo‘ladi: • Kirish qism –unda auditorlik tashkilotiga doir ma’lumotlar ko‘rsatiladi; • Asosiy qism - unda auditni o‘tqazilishiga asos bo‘lgan shartnoma va me’yoriy hujjatlar, audit ob’ektlari, tomonlarning javobgarliklari ko‘rsatiladi. PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 279 • Xulosa qismi – unda moliyaviy hisobotning Qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga mos kelishi yoki kelmasligi ko‘rsatiladi. Auditorlik xulosasi yuqorida keltirilgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, qisqa mazmunli, odatda, bir betlik hujjat hisoblanadi. Auditorlik hisoboti auditorlik tekshiruvini o‘tqazgan auditor, auditorlik tashkiloti rahbari tomonidan imzolanadi va auditorlik tashkiloti muhri bilan tasdiqlanadi. Auditorlik xulosasi kamida uch nusxada tuziladi, uning ikki nusxasi auditorlik tekshiruvi o‘tqazilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektga taqdim etiladi, bir nusxasi esa auditorlik tashkilotida qoladi. Auditorlik xulosasiga korxonaning auditorlik tekshiruvi materiallari asosida tuzilgan buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisoboti ilova qilinadi. Auditorlik xulosasiga ilova qilinadigan ushbu hujjatlar ham auditor va auditorlik tashkiloti rahbari tomonidan imzolanishi, auditorlik shashkilotining muhri bilan tasdiqlanishi lozim. Majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar olingan auditorlik xulosasining bir nusxasini davlat soliq idorasiga qonun hujjatlariga muvofiq taqdim etishlari va qayd ettirishlari kerak. Tashabbusli asosda auditorlik tekshiruvini o‘tqazgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ham olingan auditorlik xulosalarinii davlat soliq organiga topshirishlari va qayd ettirishlari mumkin. Auditorlik xulosalari to‘rtta turga ajratiladi: 1.Ijobiy auditorlik xulosasi –bu moliyaviy hisobotni to‘g‘riligi, uning Qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga to‘liq mos kelishini tasdiqlovchi hujjat. Ushbu auditorlik xulosasining namunasi 8-ilovada keltirilgan. 2.Shartli ijobiy auditorlik xulosasi - bu moliyaviy hisobotning umuman to‘g‘riligini, uning Qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga asosan mos kelishini, shuning bilan birga xo‘jalik faoliyatida uning ko‘rsatkichlarini buzib ko‘rsatilishiga va foydalanuvchilar qabul qiladigan qarorlarga muhim ta’sir etmaydigan ayrim holatlarni borligini tasdiqlovchi hujjat. Ushbu auditorlik xulosasining namunasi 9-ilovada keltirilgan. 3.Salbiy auditorlik xulosasi - bu moliyaviy hisobotni to‘g‘ri emasligi, uning Qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga mos kelmasligini tasdiqlovchi hujjat. Ushbu auditorlik xulosasining namunasi 10-ilovada keltirilgan. 4.Auditorlik xulosasini berishdan bosh tortish - bu moliyaviy hisobotni to‘g‘riligi, uning Qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga mos kelish yoki kelmasligini aniqlash uchun mijoz tomonidan yetarlicha ma’lumotlar taqdim etilmaganda auditorlik tashkiloti tomonidan taqdim etiladigan hujjat. Auditorlik xulosasini berishdan bosh tortish bo‘yicha auditorlik tashkilotining xatining namunasi 11-ilovada keltirilgan. Auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq soxta tuzilgan auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi uchun uni taqdim etgan auditorlik tashkilotining litsenziyasi, javobgar auditorlarning malaka sertifikatlari bekor qilinadi, shuningdek ularga jinoiy javobgarlikga tortishgacha bo‘lgan jazo choralari qo‘llanishi mumkin. 17. 2. Audit natijalarini tadbiq etish Auditorlik tekshiruvini tashkil etishning 4-bosqichi bo‘lib uning natijalarini tadbiq etish hisoblanadi. Audit natijalarini tadbiq etish deganda auditor hisobotida aks ettirilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar majmuasi tushuniladi. PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 280 Odatda, ushbu ishlar auditorlik tekshiruvidan keyin ko‘pi bilan 15 kun ichida o‘tqazilishi kerak, chunki auditorlik tekshiruvidan o‘tgan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt audit tekshiruvi o‘tqazilgandan so‘ng 15 kun ichida auditorlik xulosasini qonun hujjatlariga muvofiq tegishli organlarga taqdim etishi lozim. Audit natijalarini tadbiq etishga doir ishlarga quyidagilarni kiritish mumkin: • Auditorlik tekshiruvi natijalarini xo‘jalik yurituvchi sub’ekt raxbariyati, mulkdorlar, Kuzatuv kengashi a’zolari va boshqa qiziquvchilar ishtirokida muhokama qilish; • Auditorlik tekshiruvida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish muddatlarini, aniq ma’sul xodimlarni belgilash; • Auditorlik tekshiruvida aniqlangan kamchiliklarni haqiqatda bartaraf etilganligini nazorat qilish va muhokama etish. Auditorlik tekshiruvi natijalarini tadbiq etishga ma’sul bo‘lib xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning rahbarlari hisoblanadi. Rahbar auditorlik tashkiloti bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq aniqlangan xato va kamchiliklarni tekshiruvni o‘tqazgan auditorlarning ishtirokida o‘tqazishi maqsadga muvofiq. Chunki, bir tomondan, auditorlar to‘plagan isbotu-dalillar asosida xatolarni qay darajadaligini, kimlar tomonidan yo‘l qo‘yilganligini, ularni qanday tuzatish kerakligini mutaxassis sifatida chuqurroq biladilar. Ikkinchi tomondan, auditorlar ishtirokida tuzatilgan xato kamchiliklar tuzatilgan moliyaviy hisobotga rasmiy auditorlik xulosasini olishni tezlashtiradi. Auditorlarni quyidagi xato va kamchiliklarni bartaraf etishda jalb qilish o‘ta muhim hisoblanadi: • Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha qayta hisob- kitoblarni tayyorlash; • Balans va hisobotning boshqa shakllarini qayta tuzish; • Bosh kitobga tuzatish yozuvlarini kiritish; • Korxonaning hisob siyosatining asosiy parametlarini belgilash; • Korxona xodimlariga xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymasliklari uchun maslahatlar berish boshqalar. Aniqlangan xato va kamchiliklarni o‘z vaqtida to‘g‘rilanishi, soliq deklaratsiyalarini va moliyaviy hisobot shakllarini qonun hujjariga muvofiq qayta tuzilishi hamda taqdim etilishi auditorlarga moliyaviy hisobot bo‘yicha ijobiy xulosa berishlariga asos bo‘ladi. O‘z-o‘zini sinash uchun test savol-javoblari 1.Auditorlik tekshiruvi natijalarini auditor aks ettiradi a) dalolatnomada b) auditor hisobotida v) auditorlik xulosasida g) ma’lumotnomada 2.Auditor yordamchisi imzo chekadi a) auditorlik hisobotida b) auditorlik xulosasida v) auditorlik dalolatnomasida g) to‘g‘ri javob yo‘q PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 281 3.Auditorlik tekshiruvida aniqlangan xato va kamchiliklar a) dalolatnomada aks ettiriladi b) auditorlik hisobotida ko‘rsatiladi v) auditorlik xulosasida aks ettiriladi g) Hech qaysisida 4.Quyidagilarni qaysi birida auditor xatari ko‘rsatiladi? a) shartnomada b) auditorlik xulosasida v) auditorlik hisobotida g) hech qaysisida 5. Auditor amortizatsiya me’yori noto‘g‘ri qo‘llanilgan bo‘lsa a) ijobiy xulosa bersa bo‘ladi b) ijobiy xulosa beradi v) xulosa berishdan bosh tortadi g) salbiy xulosa beradi 6. Auditor hisob-kitoblarni audit qilishda aniqlagan muddati o‘tgan qarzlarni a) moliyaviy hisobotda aks ettirishni talab qiladi b) moliyaviy hisobotda aks ettirishni tavsiya qiladi v) soliq idorasi e’tiboriga havola etadi g) auditorlik xulosasida aks ettiradi 7. Prokuratura buyurtmasi bilan o‘tqazilgan auditda a) auditorlik xulosasi berilmaydi b) auditorlik xulosasi beriladi v) dalolatnoma tuziladi g) auditorlik hisoboti tuzilmaydi 8. Auditorlik tekshiruvida soliqlar hisob –kitobida aniqlangan xato a) tuzatiladi b) tuzatilmaydi v) kelgusi yil hisobiga o‘tqaziladi g) yuqoridagi javoblar noto‘g‘ri Bob mavzularini mustaqil o‘rganish uchun tavsiya etiladigan me’yoriy hujjatlar va davriy adabiyotlar 1.O‘zbekiston Respublikasining auditorlik faoliyati to‘g‘risida qonuni. 2000 yil 26 mayda tasdiqlangan. 2.Auditorlik faoliyatin takomillashtirish va auditorlik tekshiruvlarining ahamiyatini oshirish to‘g‘risida. O‘z.R. VM ning 2000 yil 22 sentyabrdagi 365- son qarori. 3.Auditorlik xulosalarini soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan hisobga olish tartibi to‘g‘risida Nizom. O‘z.R. VM ning 2000 yil 22 sentyabrdagi 365- son qarori bilan tasdiqlangan. PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 282 4.Majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tqazilishidan bo‘yin tovlaganligi uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardan jarima o‘ndirish tartibi to‘g‘risida Nizom. O‘z.R. VM ning 2000 yil 22 sentyabrdagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan. 5.Karimov N.F. Texnika provedeniya audita. Metodicheskoye posobiye,Tashkent, 2002. 6.Musayev X.N. Audit, «Moliya» nashriyoti, Toshkent, 2003 7. Sanayev N, Narziyev R. Audit, «Sharq» nashriyoti, Toshkent,2001 PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling