tashqari choraklik hisobotlami ham tuzishlari va ulami choraklikdan keyingi oyning 25- sanasigacha tegishli organlarga taqdim etishlari kerak.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarida buxgalteriya.balansini toMdiish xususiyatlari
Qishloq xo‘jaligi korxonalari boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar kabi buxgalteriya balansini to‘lg‘azishda 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2002- yil 27- dekabrda 140-son buyruq bilan tasdiqlangan «Moliyaviy hisobot shakllarini to‘ ldirish bo‘yicha tartib»ga asoslanishlari lozim. Quyida ushbu tartibga asoslanilgan holda qishloq xo‘jaligi korxonalarida buxgalteriya balansining alohida moddalarini to‘ldirishxususiyatlarigato‘xtalamiz.
satr «Asosiy vositalaming qoldiq qiymati»da qishloq xo‘jaligi korxonalari balansida bo‘lgan asosiy vositalaming qoldiq qiymati aks ettiriladi. Ushbu satrda, chunonchi quyidagilar ko‘rsatiladi:
asosiy vositalaming mos ravishda boshlang‘ich qiymatini hamda jamlangan eskirishini aks ettimvchi schotlar (0110-0199 va 0210- 0290)ning davr oxiridagi qoldiqlari summalarining farqi;
belgilangan tartibga ko‘ra asosiy vositalar tarkibiga kiritilgan uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalaming, chunonchi lizing bo‘yicha sotib olinadigan traktorlar, kombaynlar va boshqa qishloq xo‘jaligi texnikalarining qoldiq qiymati (mos ravishda 0310 va 0299 schotlar qoldiqlari o‘rtasidagi farq summasi).
100-satr «Kapital quyilmalar»da qishloq xo‘jaligi korxonalarining o‘z maqsadlaridaxo‘jalik yoki pudrat usullaridaolib borgan tugallanmagan kapital investisiyalarining qiymati ko‘rsatiladi.
150-satr «Ishlab chiqarish zaxiralari»da omborlarda saqlanayotgan urug‘liklar, o‘g‘itlar, dori-darmonlar, yem-xashak, yoqilg‘i, qurilishmateriallari, ehtiyot qismlar va boshqa materiallaming korxonada belgilangan hisob baholaridagi qiymati aks ettiriladi. Ushbu satr summasi 1ООО «Materiallami hisobga oluvchi schotlar» tizimida ochilgan barcha schotlar qoldiqlarining yig‘indisiga, Shuningdek barcha moddiyjavobgar shaxslaming hisobot davri oxiriga tuzgan material hisoboti qoldiqlari yig‘indisigatengbo‘lishi lozim. Agar materiallami sotib olish va tayyorlash alohida olingan 1510 schotda, ular qiymatidagi farqlarmaxsus 1610schotdayuritilganbo‘lsa, ushbu schotlaming qoldiqlari mos ravishda balansning bu satri summasida hisobga olinishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |