K. B. Urazov, S. V. Vaxidov boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xu su si yatl ari


Debet 9910 «Yakuniy moliyaviy natija»; Kredit


Download 6.22 Mb.
bet193/269
Sana18.06.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1583758
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   269
Bog'liq
boshqa tarmoqda bux.

Debet 9910 «Yakuniy moliyaviy natija»;
Kredit 8710 «Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)».
Avtotransport korxonasining hisobot yilida faoliyatni zarar bilan yakunlashi buxgalteriya hisobidaquyidagicha aks ettiriladi:
Debet 8710 «Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)»;
Kredit 9910 «Yakuniy moliyaviy natija».
Avtotransport korxonalari о‘zlarining sof foydasi ni ulamingtashkiliy- huquqiy maqomiga ko‘ra qonun hujjatlari hamda ta’sis hujjatlarida belgilangan muddatlarda vatartiblarda turli maqsadlarda ishlatadilar. Chunonchi, aksiyadorlikjamiyatlari shaklidagi avtotransport korxonalarida hisobot yilning sof foydasi kelgusi yilda aksiyadorlar yigdlishi qaroriga muvofiq taqsimlanadi. Aksiya egalariga sof foydanining dividend sifatida taqsimlanishiga buxgalteriya hisobida quyidagicha yozuv qilinadi:
Debet 8710 «Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)»;
Kredit 6610 «Hisoblangan dividendlar».
Sof foydadan rezerv kapitaliga qilingan ajratma summasiga:
Debet 8710 «Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)»;
Kredit 8520 «Rezerv kapitali».
Hisobot yilning taqsimlanmay qolgan sof foydasining o‘tgan yillaming taqsimlanmagan foydasiga o‘tkazilishiga:
Debet 8710 «Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)»;
Kredit 8720 «0‘tgan yillaming taqsimlamagan foydasi (qoplanmagan zarari)».
Mas’uliyati cheklangaiijamiyat shaklidagi avtotransport korxonalarida hisobot yilning sof foydasi ustav shaitlariga muvofiq taqsimlanadi hamda yuqorida keltirilgan yozuvlarga o‘xshash yozuvlar asosida buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
Respublikamizning xususiy korxonalar to‘g‘risidagi qonuniga muvofiq ushbu maqomdagi avtotransport korxonalarida olingan sof foyda ular egalariningmulki hisoblanadi hamda dividend solig‘iga tortilmaydi.
Davlat unitar korxonalari maqomidagi avtotransport korxonalarida hisobot yilning sof foydasi taqsimlanmaydi. Ushbu turdagi korxonalarda hisobot yilning sof foydasi ularning ustav kapitalini ko‘paytirishga yo‘naltiriladi va unga quyidagicha buxgalteriya hisobi qilinadi:
Debet 8710 «Hisobot davming taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)»;
Kredit 8300 «Ustav kapitali».
Davlat unitar korxonalari maqomidagi avtotransport korxonalarida hisobot yilning qoplanmagan zarari ustav kapitalini kamaytirishga olib boriladi va u yuqoridagi yozuvga teskari bo‘lgan yozuv asosida aks ettiriladi.

    1. Avtotransport korxonalarida moliyaviy natijalar ko‘rsatkich!arini moliyaviy hisobotda aks ettirish xususiyatlari

Avtotransport korxonalari moliyaviy natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar ular tomonidan tuziladigan «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot» (2-shakl)da o‘z aksini topadi. Ushbu hisobotni tuzishga asos bo‘lib avtotransport korxonalarining barcha turdagi daromad va xarajatlari, foyda hamda foydaning ishlatilishi hisobi uchun mo‘ ljallangan vaqtinchalik (tranzit) schotlaming ma’lumotlari hisoblanadi.
Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobotning alohida satrlari quyidagi tartibda shakllantiriladi:


  1. Download 6.22 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling