K. B. Urazov, S. V. Vaxidov boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xu su si yatl ari


-satr «Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari»da


Download 6.22 Mb.
bet195/269
Sana18.06.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1583758
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   269
Bog'liq
boshqa tarmoqda bux.

090-satr «Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari»da avtotransport korxonalarining asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlari aks ettiriladi. Bu satrni toTdirishga asos boTib asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar hisobi uchun moTjallangan schotlaming (9310-9390 schotlar) kredit aylanmasi summalari hisoblanadi. Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar hisobotning «Daromadlar» ustunchasida ko‘rsatiladi.
100-satr «Asosiy faoliyatning foydasi (zarari)»da avtotransport korxonasining asosiy faoliyatdan olgan foydasi yoki ko‘rgan zarari ko‘rsatiladi. Hisobotning ushbu satri summasi uning 030-satri summasidan 040-satrdagi summani ayirish, shuningdek 090 satrda ko‘rsatilgan summani qo‘shish orqali topiladi. Avtotransport korxonasining asosiy faoliyatdan olgan foydasi hisobotning «Daromadlar» ustunchasida, ko‘rgan zarari esa lining «Xarajatlar» ustunchasida aks ettiriladi.
110-satr «Moliyaviy faoliyatning daromadlari, jami»da avtotransport korxonasining hisobot davrida moliyaviy va investisiya faoliyat turlaridan olgan daromadlarining umumiy summasi ko‘rsatiladi. Bu satrda ko‘rsatilgan summa mos ravishda 120-satr «Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar», 130-satr «Foizlarko‘rinishidagi daromadlar», 140-satr «Uzoq muddatli ijara (lizing)dan daromadlar», 150-satr «Valuta kursi farqidan daromadlar» va 160-satr «Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari»dako‘rsatilgan summalamingyig‘indisigateng bo'lishi lozim. Hisobotning 120-160-satrlarini to'ldirishgamoliyaviy faoliyatga doir daromadlaming alohida turlari hisobi uchun modjallangan mos ravishdagi schotlarning (9510-9590 schotlar) kredit aylanmasi summalari asos bo‘ladi. Moliyaviy faoliyatga doir daromadlar hisobotning «Daromadlar» ustunchasida aks ettiriladi.
170-satr «Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar, jami»da
avtotransport korxonasining hisobot davrida moliyaviy faoliyatiga doir xarajatlaming umumiy summasi ko‘rsatiladi. Bu satrda ko‘rsatilgan summa mos ravishda 180-satr «Foizlar ko‘ rinishidagi xarajatlar», 190-satr «Uzoq muddatli ijara (moliyaviy lizing) bo‘yicha foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar», 200-satr «Valuta kursi farqidan zararlar» va 210-satr «Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar»da ko‘rsatilgan summalaming yig‘ indisiga teng boiishi lozim. Hisobotning 180-210-satrlarini toddirishga moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlaming alohida turlari hisobi uchun mo‘ljallangan mos ravishdagi schotlarning (9610-9690 schotlar) debet aylanmasi summalari asos bo‘ladi. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar hisobotning «Xarajatlar» ustunchasida aks ettiriladi.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling