260-satr «Foydadan boshqa soliqlar va yig‘imlar>> satri turli maqomdagi avtotransport korxonalaridaturlichatoMdiriladi. Chunonchi, umumdavlat soliqlarini toMovchi avtotransport korxonalari ushbu satrda hisobot davrida hisoblangan obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i summasini «Xarajatlar» ustunchasida ko‘rsatadilar. Ixchamlashtirilgan soliq rejimida faoliyat yurituvchi avtotransport korxonalari bu satrda yagona soliq to‘lovini aks ettiradilar. Satmi toidirishga asos bo‘lib umumdavlat soliqlarini toMovchi avtotransport korxonalarida «Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i hisob-kitobi», ixchamlashtirilgan soliq rejimida ishlovchi avtotransport korxonalari esa «Yagona soliq to‘lovi hisob-kitobi» ma’ lumotlari, shuningdek mos ravishda ushbu soliq turlarining hisobi uchun mo‘ljallangan schotlaming (9820, 9830 schotlar) debet aylanmasi summalari hisoblanadi. Hisobotda hisoblangan soliq summalari uning «Xarajatlar» ustunchasida aks ettiriladi.
270-satr «Hisobot davrining sof foydasi (zarari)da avtotransport korxonalarining hisobot davrda olgan sof foydasi (zarari) aks ettiriladi. Hisobotning ushbu satri summasi lining 240-satri summasidan 250-satrda hamda 260-satrda ko‘rsatilgan soliqlar summalarini ayirish yo‘li bilan topiladi. Avtotransport korxonasining hisobot davridaerishgan sof foydasi hisobotning «Daromadlan> ustunchasida, qoplanmagan sof zarar summasi esa lining «Xarajatlar» ustunchasida ко‘rsatiladi.
Nazorat uchun testsavol-javoblari
Xo‘jalikholati
Avtobus parki liisobot yilidayo‘lovchilami tashish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlardan tushumlar: shahar ichi marshrutlaridan (QQSsiz)-450 min. so‘m; shaharlararo qatnovlardan (QQS bilan) - 600 min. so‘m; yakka tartibdagi buyurtmachilarga shaharlararo ko‘rsatilgan xizmatlardan (QQS bilan) - 60 min. so‘m. Ko‘rsatilgan xizmatlar tannarxi jami - 750 min. so‘m. Voz kechilgan kreditorlik qarzlar- 0,8 mln.so‘m. Davr xarajatlari -100 min. so‘m, shundan soliq bazasiga qayta qo‘shiladigan xarajatlar - 15 min. so‘m, olingan dividendlar (dividend solig‘i ushlangan) - 2 min. so‘m, to‘langan foizlar 4 min. so‘m, favquloddagi zararlar 6 min. so‘m, beg‘araz olingan mulk -15 mln.so‘m.
Yuqorida keltirilgan shartli ma’ lumotlar asosida quyidagi test savollariga to‘g‘ri javoblami toping.
Ko‘rsatilgan avtotransport xizmatlaridan olingan sof tushum teng va aks ettiriladi:
Debet 5010,4010 Kredit 9030 -1110 min. so‘m;
Debet 5010,4010 Kredit 9030- 1050 min. so‘m;
v) Debet 5010,4010 Kredit 9030 -1000 min. so‘m;
g) Debet 5010,4010 Kredit 9030 -1200 min. so‘m.
Avtotransport xizmatlaridan olingan yalpi foyda teng va u aks ettiriladi:
250 min. so‘m, maxsus schotdaaks ettirilmaydi;
360 min. so‘m, 9030 schotda aks ettiriladi; '
v) 300 min. so‘m, 9910 schotda aks ettiriladi;
g)450 min. so‘m, 8710 schotda aks ettiriladi.
Asosiy faoliyatdan olingan foyda teng va u aks ettiriladi:
250 min. so‘mga, 9910 schotdaaks ettiriladi;
360,8 min. so‘mga, 9910 schotdaaks ettiriladi;
v) 150,8 min. so‘mga, maxsus schotda aks ettirilmaydi; g) 300,8 min. so‘mga, 8710 schotda aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |