K. B. Urazov, S. V. Vaxidov boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xu su si yatl ari


Savdo korxonalarida buxgalteriya hisobining vazifalari va uni tashkil qilishning xususiyatlari


Download 6.22 Mb.
bet213/269
Sana18.06.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1583758
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   269
Bog'liq
boshqa tarmoqda bux.

Savdo korxonalarida buxgalteriya hisobining vazifalari va uni tashkil qilishning xususiyatlari

Savdo korxonalarining buxgalteriya hisobi vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • tovar aylanmasining miqdorini hujjatli asosga ega bo‘lishligini ta’minlash, uni hisob registrlari va hisobotlarda to‘g‘ri aks ettirish;

  • tuzilgan shartnomalarni bajarilayotganligini, tovarlami kirim va chiqimiga tegishli bo‘lgan boshlangrich hujjatlami to‘g‘ri va o‘z vaqtida rasmiylashtirilishini ta’minlash;

  • tovarlaming sotish, baholarini to‘g‘ri shakllanganligini nazorat qilish;

  • tovarlami xaridorlarga yetkazishgacha bajarilgan transportirovka, saqlash, o‘rash, qadoqlash, saralash va shu kabi qo‘shimchajarayonlar majmuasini hujjatlarda o‘z vaqtida va to‘g‘ri aks ettirish, ularga sarflangan mablag‘lami aniq summasini ifodalash;

  • tovar-pul munosabatlari orqali pul mablagiarini to‘plash.

  • savdo korxonalarida yuz beradigan tovar-pul operatsiyalarini o‘z vaqtida, to‘g‘ri hujjatlashtirish, guruhlash va jamlanishini ta’minlash;

  • amalga oshirilgan tovar operatsiyalarining qonuniyligi va tovar-moddiy boyliklar butligini ta’minlash;

  • tovar-moddiy boyliklarning saqlanish joylarida ombor hisobini belgilangan usul va shakllarda, shuningdek hisob registrlari hisoblangan kitob, kartochka yoki qaydnomalami o‘z vaqtida va to‘g‘ri yuritilishini ta’minlash;

  • barcha moddiy javobgar shaxslar faoliyati ustidan qat’i nazoratni olib borish, moddiyjavobgar shaxslar bilan tuzilgan moddiy javobgarlik to‘g‘risidagishartnomalarshartlarigato‘liqamalqilinayotganligito‘g‘risida rahbariyatga haqqoniy axborotlami berib borish;

  • tovar-moddiy boyliklar bo‘yicha baho siyosatini to‘g‘ri shakllantirish va ushbu siyosatni to‘g‘ri amalga oshirilishi ustidan doimiy nazoratni olib borish;

  • savdo shoxobchalari va omborlardagi tovar-moddiy boyliklami real holatini belgilangan muddatlarda inventarizatsiyasini o‘tkazib turish.

Savdo korxonalari bir-birlaridan tovar operatsiyalarini tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirish bo‘yicha ham farq qiladi. Jumladan, ulgnrji savdo korxonalaridagi tovar operatsiyalarining xarakterli xususiyatlaridan biri shundaki, bironta tovar-moddiy boylikning kirim va chiqimi bu yerda tegishli hujjatlarni rasmiylashti rmasdan turib amalga oshirilmaydi. Chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida, aksincha, har bir tovar operatsiyasini hujjatlashtiribbo‘lmaydi. Omborlardantovarlarfaqatnaqd pulsiz hisob-kitoblar asosida sotiladi, chakana savdo va umumiy ovqatlanishda esa tovarlar asosan naqd pulga, ayrim hollarda kichik ulguiji shaklda naqdsiz sotilishi mumkin.
0‘zbekiton Respublikasida buxgalteriya hisobining milliy standartlariga (BHMS), shu jumladan 4-son BHMS «Tovar-moddiy zaxiralar»iga, muvofiq tovar-moddiy boyliklami hisobga olishning ikkita tizimini, ya’ni davriy tizim va uzluksiz tizimini qo‘ Hash mumkin.
Ulgurji savdo korxonalarida tovar operatsiyalarining yuqorida tavsiflangan xususiyatlarini e’tiborga olgan holda tovar-moddiy boyliklar hisobini uzluksiz tizimini qo‘Uash zarurati vashart-sharoitlari mavjud. Ushbu tizimning mohiyati shundaki tovar-moddiy boyliklaming barcha kirim va chiqimining hisobi aniq boshlang‘ich hujjatlar asosidayuritiladi. Jumladan, tovarlaming sotilishi xaridorlar bilan tuzilgan shartnomalarda ko‘rsatilgan baholardaulami sotilganligigaguvohlik bemvchi schot-fakturalar asosida hisobga olib boriladi. Sotilgan tovarlaming tannarxi ularning kirim hujjatlarida ko‘rsatilgan baholari bo‘yicha aniq hujjatlar asosida topiladi va hisobga olinadi. Bu, o‘z navbatida, sotishdan olingan daromadlami har bir tovar bo‘yichahujjatli asosdatopish imkonini beradi.
Chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida har bir tovaming sotilishini qat’i hujjatlashtirish imkoni mavjud bo‘lmasligi ularda TMBlar hisobining davriy tizimini qo‘llashni taqozo etadi.
Savdo korxonalarida buxgalteriya hisobining muhim vazifalaridan biri tovar-moddiy boyliklaming holati va harakati bo‘yicha sintetik va tahliliy hisobni yuritishhisoblanadi. 21 -son BHMS «Xo‘jalikyurituvchi subyektlar molivaviy xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schotlar rejasi va uni qohlash bo‘yicha Ycbriqnoma» ga muvofiq tovarlaming sintetik hisobini barcha savdo korxonalaridaquyidagi schotlarda olib borish nazarda tutilgan.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling