Say - soliqqa tortiladigan aylanma;
S - qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi.
-usul. Soliqqa tortiladigan aylanmada QQS ham hisobga olinganda: Sqqs = TqxS/(S + 100) (2)
bunda: Tq - qo‘shilgan qiymat solig‘i ham hisobga olingan qurilish ishlari qiymati.
Misol: Bajarilgan va buyurtmachiga topshirilgan qurilish ishining qiymati bajarilgan ishlar to ‘g ‘risida та ’lumotnoma-schot-faktura bo ‘yicha QQS bilan birgalikda 240 min. so ‘m, deylik.
Ushbu misol bo‘yicha sotishdan olingan QQS summasi (2)-formulaga asosan topiladi va u 40 min. so‘mni (240 * 20 % / 120 %) tashkil etadi. Bu holda bajarilgan qurilish ishining QQSsiz sotish qiymati 200 min. so‘mdan (240 - 40) iborat bo‘ladi.
QQS summasi qurilish ishining QQSsiz sotish qiymalidan (1 )-formula bo‘yicha hisoblangandaham 40 min. so‘mni (200 * 20%/100 %) tashkil etadi.
Pudratchi tashkilotlarda bajarilgan qurilish ishlariga to‘g‘ri keladigan QQS summasi «Bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma - schot-faktura»da alohida qatorda ko‘rsatiladi. QQS summasi buyurtmachilardan olinadigan schotlaming jami summasiga kiritiladi. Hisoblangan QQS summasiga quyidagichayozuv qilinadi:
Debet 4010 «Olinadigan schotlar»;
Kredit 6410 «Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz».
Pudratchi tashkilotlarda budjetga to‘lanadigan QQS summasi bajarilgan ishlarga to‘g‘ri keluvchi QQS summasidan ta’minotchilar (subpudratchilar)ga tovar-moddiy resurslar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ma’lumotnomalar hamda schot-fakturalar asosida to‘langan QQS summasini ayirish yoii bilan topiladi.
21 -son BHMSga muvofiq ta’minotchilar (subpudratchilar)ga tovar- moddiy resurslar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ma’lumotnomalar va schot-fakturalar asosida to iangan QQS summasi hisobot davri mobaynida 4410 «Budjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari» schotining debetida to‘pianadi. Bunda 6010 «Ta’minotchi va pudratchilarga todanadigan schotlar», 6100 «Ajratilgan bodinmalar, shuba va qaram xo‘jalikjamiyatlariga todanadigan schotlar», 6990 «BoshqamajburiyatlaD> schotlari kreditlanadi.
Hisobot davri tugagandan keyingi oyning 15 sanasigacha pudratchi tashkilotlar davlat soliq organlariga QQS hisob-kitobini belgilangan shaklda taqdim etishlari lozim. U shbu hisob-kitob asosida 4410 «Budj etga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak todovlari» schotining debetida to‘plangan summa kamaytirishga olib boriladi hamda unga quyidagi buxgalteriyayozuvi qilinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |