Joriy ta’mirlanish ishlari profilaktik nuqtai nazaridan doimiy tarzda o‘tkaziladi. Joriy ta’mirlashlar, odatda, har chorakda, shuningdek nosozlik holatlari yuz bergan paytlarda o‘tkaziladi.
0‘rta ta’mirlanish ishlari yiligakamidabirmarotabao‘tkaziladi. Uningjoriy ta’mirlashdan farqi shundaki, bunda ATV ning ayrim qismlari vaagregatlari almashtiriladi.
Kapital ta’mirlash ishlari avtotransport korxonalarining biznes rejalarigamuvofiq turli muddatlardaamalga oshiriladi. Chunonchi, ATVlar texnik holati va ekspluatasiya qilish intensivligiga qarab bir necha yillar ichida bir marta ta’mirlanishi mumkin. Kapital ta’mirlashningjoriy va o‘rta ta’mirlashdan farqi shundaki, bunda ATVning motori, borti va boshqa qismlari to‘liq yechib olinadi va qaytadan taxlanadi, shuningdek yaroqsiz holga kelgan agregatlar to‘liq almashtiriladi.
Avtotransport korxonalari balansidaATVlarqoldiq qiymatidaaks ettiriladi. ATVlarning qoldiq qiymati deganda ulaming boshlang‘ich (tiklangan) qiymati vajamlangan eskirishi summalari o‘rtasidagi farq tushuniladi.
Avtotransport vositalari holati va harakatining hisobi
Avtotransport korxonalarida ATVlar holati va harakatining sintetik hisobi bosh kitobda ochiladigan 0160 «Transport vositalari» schotida yuritiladi. ATVlar holati va harakatining tahliliy hisobi ulaming har biriga ochilgan hisob kartochkalarida yoki «Asosiy vositalar hisob-kitobi»da olib boriladi. Hisob kartochkalari avtotransport korxonasida har bir ATVga davlat ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng ochiladi. Ushbu kartochkada ATV ning barcha texnik ma’lumotlari, uning sotibolinishi (bepul olinishi)ni tasdiqlovchi hujjatning tartib raqami, sanasi, shuningdek boshlang‘ich qiymati, tiklangan qiymati, jamlanib boruvchi eskirish summasi, qoldiq qiymati hisobot davrlari bo‘yicha aks ettiriladi. Hisob kartochkasi ATVning korxonada foydali xizmat muddatida to‘liq saqlanadi. Korxona balansidan chiqarilgan sanaga ATVga ochilgan hisob kartochkasi yopiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |