K. B. Urazov, S. V. Vaxidov boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xu su si yatl ari
ATVlarning tugatilishini schotlarda aks ettirish
Download 6.22 Mb.
|
boshqa tarmoqda bux.
ATVlarning tugatilishini schotlarda aks ettirish
jadval ATVlarning sotilishini schotlarda aks ettirish
Respublikamizning Soliq qonunchiligi hujjatlariga muvofiq umumsoliqlami to‘lovchi avtotransport korxonalari ATVlami qoldiq qiymati va qoldiq qiymatidan past narxlarda sotganlarida QQS to‘lovchi hisoblanmaydilar. Shuningdek, yagona soliq to‘lovini to‘lovchi avtotransport korxonalari ATVlami sotganda QQS to‘ lamaydi. ATVlami boshqa yuridik va j ismoniy shaxslarga bepul berilishi faqat tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi hamda qabul qilish- topshirish dalolatnomalari va schot-fakturalar bilan rasmiylashtiriladi. ATVlami bepul berilishi va uning natijalarini schotlarda aks ettirish ATVlami sotish bo‘yicha yuqorida keltirilgan tartibga toTiq o‘xshaydi. Faqat, bepul berishdan ko‘rilgan zarar summasini hisobdan chiqarish ATVlami bepul berishda kelishilgan narxga, avtotransport korxonasining QQS toTovchi yoki toTovchi emasligiga, shuningdek qayta baholashdan vujudga kelgan rezerv kapitalining summasiga bevosita bogiiq. Ushbu xususiyatni quyidagi misol asosida ko‘rib chiqamiz. Misol. Aytaylik, avtotransport korxonasi boshlang ‘ich qiymati 5000000 so ‘m,jamlangan eskirishi 4000000 so ‘m bo ‘Igan avtomobilni 2000000 so ‘m miqdorida hadya shartnomasi asosida nogironlar uyiga berdi. Avtomobilni qayta baholash natijasida vujudga kelgan rezerv kapitali 500000 so ‘m. Avtoxo ‘jalik QQS to ‘lovchi hisoblanadi. jadval ATVlarning bepul berilishini schotlarda aks ettirish
Avtomobilni bepul berish va undan ko‘rilgan zarar yuqoridagi ma’lumotlargako‘ra hisobda quyidagicha aks ettirilishi lozim (18.5-jadval). Agar, avtotransport korxonasi yuqoridagi misolda keltirilgan avtomobilni qoldiq qiymati bchyicha hadya qilganda edi, u holda ushbu operatsiya bo‘yicha QQS to‘lanmaydi. Korxonaning bepul berishdan ko‘rilgan zarari qayta baholash summasiga kamaytirilgandan so‘ng 500000 so‘mni (1000000- 500000) tashkil etadi. Respublikamizning Soliq qonunchiligi hujjatlarigako‘ra, yagona soliq to‘lovchi avtotransport korxonalarining ATVlari qoldiq qiymati bo‘yicha bepul berilganda ularga soliq yuki faqatgina qayta baholash summasining qoldiq qiymatdan ortiq bo‘lgan qismigagina tushadi. Masalan, qoldiq qiymati 1000000 so‘m bo‘lgan ATV shu qiymatda bepul berilgan holda, lining qayta baholash natijasida vujudga kelgan rezerv kapitali 1500000 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, u holda o‘rtadagi 500000 so‘mlik farq summasi avtotransport korxonasida yagona soliq to‘lovi bazasiga kiritiladi. Avtotransport korxonalari o‘zATVlarini boshqayuridik shaxslarga ta’sis badali sifatida ham kiritishlari mumkin. Bunday operatsiyalami amalga oshirishga tuzilgan shartnomalar asos bo‘ ladi. ATVlami ta’sis badali sifatida berilishi qabul qilish-topshirish dalolatnomalari, schot-fakturalar hamda buxgalteriyaningtegishli ma’lumotnomalari asosidahisobgaolinadi. Ushbu mazmundagi operatsiyalami hisobgaolishdarespublikamizdabelgilangan quyidagi tartiblargaamal qilinishi lozim: birinchidan, ta’sis badali sifatida berilgan ATVlar ulaming boshlang‘ich qiymatida, shuningdek ular bo‘yicha jamlangan eskirish summasi korxonaning balansidan yuqorida keltirilgan yozuvlar asosida chiqariladi. ikkinchidan, ta’sis badali sifatida kiritilgan ATVlar avtotransport korxonalarida moliyaviy investisiyalar sifatida tan olinadi vamos ravishda 0600 «Uzoq muddatli investisiyalar» schotida aks ettiriladi. uchinchidan, ATVlami ta’sis badali sifatida kiritish, ulaming kelishuv qiymatidan qat’i nazar, QQSgatortilmaydi. to‘rtinchidan, ATVlami ta’sis badali sifatida kiritishdan olingan foyda yoki ko‘rilgan zarar mos ravishda 9310 «Asosiy vositalar chiqimidan foyda» va 9430 «Boshqa operasion xarajatlar» schotida aks ettiriladi. Avtotransport korxonalari ATVlami joriy va uzoq muddatli ijaraga berishlari ham mumkin. Ushbu operatsiyalar hisobi respublikamizning 6- sonBHMS«Ijarahisobi»gamuvofiqolibborilishi lozim. Chunonchi,ATVlami joriy(l yil muddatgacha) ijaraga berishdaularavtotransportkorxonalarining balansidan chiqarilmaydi. Avtotransport korxonasining hisob siyosatiga ko‘ra bunday ATVlar hisobi ishchi schotlar rejasida nazarda tutilgan alohida schotda, masalan 0161 «Joriy ijaraga berilgan transport vositalari» schotida hisobga olinishi mumkin. Bu holda ATVlami joriy ijaraga berilishi ushbu schotning debetida, ulaming qaytarilishi esa uning kreditida aks ettiriladi. ATVlami uzoq muddatli (1 yildan ko‘p muddatga) ijaraga berish buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi (18.6-jadval). Avtotransport korxonalarida ATVlar boshqa asosiy vositalar singari ikki yilda kamida bir marotaba inventarizatsiya qilinishi lozim. ATVlar inventarizatsiyasi, uning natijalarini hujjatli rasmiylashtirish hamda hisobga olish respublikamizning 19-son BHMS «Inventarizatsiyani tashkil qilish va o‘tkazish»ga muvofiq amalga osliiriladi. Hisobdan chiqarilgan, biroq inventarizatsiya paytida ekspluatasiya qilinayotganligi aniqlangan ATVlar avtotransport korxonasi balansigaqayta kirim qilinadi vaungabuxgalteriyada quyidagicha yozuv beriladi: Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling