K. B. Urazov, S. V. Vaxidov boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xu su si yatl ari


Qurilish ishlari tannarxini kalkulyatsiya qilish usullari


Download 6.22 Mb.
bet39/269
Sana18.06.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1583758
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   269
Bog'liq
boshqa tarmoqda bux.

Qurilish ishlari tannarxini kalkulyatsiya qilish usullari

Qurilish tashkilotlaridaqimlish ishlariningrejatannarxi, normativtannarxi va haqiqiy tannarxi hisob-kitob qilinadi. Reja yoki normativ tannarx, odatda, qurilish ishlari boshlanishidan oldin hisob-kitob qilinadi. Haqiqiy tannarx qurilish ishlari yakunlanganda va buyurtmachilarga topshirilayotganda aniqlanadi.
Qurilish ishlarining reja, normativ va haqiqiy tannarxini kalkulyatsiya qilish bir qancha maqsadlarda, chunonchi: (1) qurilish ishlariga ketishi kerak bo‘ lgan va haqiqatda ketgan sarf-xarajatlar summasini; (2) tugallanmagan qurilish qiymati (tannarxijni; (3) qurilish ishlari sotish tannarxini; (4) sotishdan kutilayotgan va haqiqatda olingan yakuniy moliyaviy natija (foyda yoki zarar) summasini aniqlash uchun amalga oshiriladi. Shuningdek, qurilish ishlari haqiqiy tannarxini kalkulyatsiya qilish reja tannarx yoki normativ tannarxga nisbatan yuz bergan chetlanishlami aniqlashga, ushbu chetlanishlar bo‘yichategishli boshqaruv qarorlarini qabul qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois ham, qurilish ishlari haqiqiy tannarxini kalkulyatsiya qilish qurilish jarayonini hisobga olishning yakuniy bosqichida bajariladigan zarur ishlardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Qurilish ishlarining haqiqiy tannarxi turli usullarda kalkulyatsiya qilinishi mumkin. Amaliyotda eng keng tarqalgan usullar buyurtmali, jarayonli va hissali (tugallanish foizi) usullar hisoblanadi.
Buyurtmali usulda bajarilgan har bir qurilish ishi xarajat obyekti sifatida qaraladi. Uning haqiqiy tannarxini kalkulyatsiya qilish qurilish obyektiga (buyurtmaga) ochilgan2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schotidato‘plangan hisob ma’lumotlari asosida obyekt (ish) buyurtmachiga topshirilgandan keyin amalga oshiriladi. Ushbu schotning debetida alohida korrespondensiyalanuvchi schotlar bo‘yicha ko‘rsatilgan yig‘ma ma’ lumotlar buyurtmaga ochilgan kalkulyatsiya kartoclikasining tegishli xarajat moddalarini to‘ldirishgaasos bo‘ladi (5.4-jadval).


Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling