K. B. Urazov, S. V. Vaxidov boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xu su si yatl ari


Soliqqa tortiladigan daromad (Std)


Download 6.22 Mb.
bet58/269
Sana18.06.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1583758
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   269
Bog'liq
boshqa tarmoqda bux.

Soliqqa tortiladigan daromad (Std)

Std = Fst (Zst) + Stx + Sbx+ Bom -Gr - Schx -D - F,
bu yerda: Stx-soliqsolishbazasigaqaytaqo‘shiladiganxarajatlar;
Sbx - hisobot davrida soliq bazasidan chegirilmaydigan,
lekin kelgusida chegirilib boriladigan xarajatlar;
Schx - soliq bazasidan hisobot davrida chegiriladigan
xarajatlar;
Bom - beg‘araz olingan mulk;
Gr - olingan grant va subsidiyalar;
D - olingan dividendlar;
F - olingan foizlar

  • Soliqqa tortiladigan foyda (Stf) - bu soliqqa tortiladigan daromaddan foyda (daromad) solig‘ini hisoblash uchun imtiyoz sifatida chegirib tashlanadigan xarajatlami ayirgandan keyin qoladigan foyda summasfya’ni:

Stf = Std -I,
bu yerda : I - imtiyoz sifatida soliqqa tortiladigan daromaddan chegiriladigan xaraj atlar.
Soliq solish bazasiga qayta qo‘shiladigan xarajatlar deganda «Mahsulot (ish, xizmat)lami ishlab chiqarish va sotish xarajatlari hamda moliyaviy natijalami shakllantirish to‘g‘risidanizom»gamuvofiq moliyaviy natijalami shakllantirishda soliqqacha foyda summasini kamaytirishga olib borilgan, hisobotda sotish tannarxi, davr xarajatlari va moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar tarkibida aks ettirilgan xarajatlar (masalan, me’yordan ortiq ishlab chiqarishdagi yo‘qotishlar, me’yordan ortiq vakillik xarajatlari, moddiy yordam va kompensatsiyalar, uyali aloqa xizmatlari xarajatlari, qurilish tashkilotining asosiy vositalari va boshqa aktivlarini sotish va boshqa chiqimlaridan ko‘rilgan zararlar va boshqalar) tushuniladi. Bunday xarajatlaming toiiq ro‘yxati Soliq Kodeksning 147-moddasida keltirilgan. Soliq qonunchiliga asosan qurilish tashkilotlari soliq solish bazasiga qayta qo‘shiladigan xarajatlami Nizomda keltirilgan tartibga muvofiq mustaqil hisoblashlari, ulaming summasini foyda (daromad) solig‘i hisob-kitobining alohida satrida ko‘rsatishlari lozim.
Hisobot davrida soliq bazasidan chegirilmaydigan, lekin kelgusida chegirilib boriladigan xarajatlar deganda 9440 «Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan xarajatlar» schotda aks ettirilgan xarajatlar tushuniladi. Ushbu xarajatlar foyda (daromad) solig‘i hisob-kitobining alohida satrida ko‘rsatiladi.
Soliq bazasidan chegiriladigan xarajatlar deganda Soliq Kodeksning 146-moddasiga muvofiq o‘tgan hisobot yilida soliq bazasidan chegirilmagan, lekin keyingi hisobot davridan boshlab 10 yil muddat mobaynida soliq bazasidan chegirilib boriladigan xarajatlar tushuniladi. Soliq qonunchiligi hujjatlariga asosan qurilish tashkilotlari soliq bazasidan chegiriladigan xarajatlami Nizomda keltirilgan tartibga muvofiq maxsus hisob-kitob yordamida mustaqil hisoblashlari va ma’lumotnoma bilan tasdiqlashlari, ulaming summasini foyda (daromad) solig" i hisob-kitobining alohida satrida ko‘rsatishlari lozim.
Beg‘araz olingan mulk deganda boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan haqi to‘lanmaslik sharti bilan olingan mulk (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, o‘rnatishga mo‘ljallangan jihozlar, materiallar) tushuniladi.
Grantlar deganda qurilish tashkilotiga davlat (xukumat) hamda nodavlat, chet el, xalqaro tashkilot va fondlar tomonidan ma’lum maqsadlar uchun berilgan beg‘araz. gumanitar pul mablagMari yoki moddiy texnik yordam summasi tushuniladi. Grant mablag‘lari qat’i belgilangan maqsadlar uchun ishlatiladi.
Olingan dividendlar va foizlar Soliq qonunchiligiga muvofiq alohida 10 foizlik dividend solig‘iga tortilishi munosabati bilan foyda solig‘ini hisoblashda chegirib tashlanadi. Shuning uchun ulaming summalari foyda (daromad) solig‘i hisob-kitobining alohida satrida ko‘rsatiladi. Ushbu daromadlardan dividend solig'ini undirilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar ulami bergan yuridik shaxslaming ma’lumotnomalari bilan tasdiqlanishi lozim
Foyda solig‘i bo‘yicha imtiyozlar sifatida soliqqa tortiladigan daromad summasidan chegirib tashlanadigan xarajatlaming turlari, imtiyoz me‘yorlari Soliq kodeksi va foyda solig‘ini hisoblash va to‘lash bo‘yicha yo‘riqnomada ochib berilgan.
Foyda soligd (Nf) summasi korxonaning soliqqatortiladigan foydasi summasini (Stf) soliq me’yoriga (Sm) ko‘paytirish va 100 foizga bo‘lish yoii bilantopiladi, ya’ni:

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling