Qurilishda davr xarajatlari - qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari, ishlab chiqilgantayyor mahsulotlar vako‘rsatilgan xizmatlami sotish, ma’muriy-boshqarish va boshqa operatsion faoliyatga doirxarajatlar.
Qurilishda asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar -
qurilish tashkilotlarining asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari, materiallarini sotishdan foyda, undirilganjarimalar, voz kechilgan kreditorlik qarzlari, qisqa muddatli ijaradan daromadlar, beg‘araz qaytarilmaydigan moliyaviy yordam, xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar daromadlari, inventarizatsiyada aniqlangan ortiqchalar, o‘tgan yillarning foydasi kabi daromadlar (foyda)ning maj muasi.
Asosiy faoliyatdan olingan foyda (zarar) - asosiy faoliyatdan olingan foyda va boshqa daromadlar yig‘indisidan davr xarajatlari summasini ayirishdan keyin qolgan summa.
Umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (zarar) - asosiy faoliyatdan olingan foyda va moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar yig‘indisidan moliyaviy faoliyatga doir xarajatlari summasini ayirishdan keyin qolgan summa.
Soliqqacha foyda (zarar) - umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda va favquloddagi foyda yig‘indisidan favquloddagi zararlar summasini ayirishdan keyin qolgan summa.
Sof foyda (zarar) - soliqqacha foyda summasidan foydadan (daromaddan) undiriladigan soliqlar summasini ayirishdan keyinqolgan summa
Royalti ko‘rinishidagi daromadlar - qurilish tashkilotlarining nomoddiy aktivlarini, masalan qurilish bo‘yicha loyihalar, me’yor va tartiblar (standartlar to‘plami), litsentziyalar va boshqalami ijaraga berishdan va hamkorlikda foydalanishdan olingan daromadlar.
Dividendlar - qurilish tashkilotining aksiyalarga kiritilgan moliyaviy investitsiyalari uchun hisoblangan daromad.
Do'stlaringiz bilan baham: |