K. B. Urazov, S. V. Vaxidov boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xu su si yatl ari
-jadval Kapital qurilishdagi statistik hisobotning birxillashtirilgan shakllari ro‘yxati
Download 6.22 Mb.
|
boshqa tarmoqda bux.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qurilish tashkilotlarida moliyaviy hisobot shakllarini to‘lg‘azish xususiyatlari
- Buxgalteriya balansi (1-shakl)
8.1-jadval
Kapital qurilishdagi statistik hisobotning birxillashtirilgan shakllari ro‘yxati
0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24- sentyabrda qabul qilingan «Qurilish sohasida hisobotni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 409-son qarori bilan qurilish tashkilotlari uchun statistika hisobotlarining birxillashtiriladigan va qisqartiriladigan shakllarining yangi ro‘yxati, ulami tuzish va taqdim etish muddatlari tasdiqlangan. Ushbu statistika hisobotlarining birxillashtirilgan ayrim shakllarining ro‘yxati 8.1 -jadvalda keltirilgan. Qurilish tashkilotlarida yuqorida keltirilgan jadvaldagi statistika hisobotlarini tuzish buxgalteriyaga yuklati ladi. Ulami tuzishga asos bo‘ lib bajarilgan ishlar, ularga ketgan sarf-xarajatlar, sotib olingan materiallar, konstruksiyalar, uskunalarga guvohlik beruvchi boshlang‘ich hujjatlar, Shuningdek hisob registrlari ma’lumotlari hisoblanadi. Qurilish tashkilotlarida moliyaviy hisobot shakllarini to‘lg‘azish xususiyatlari Qurilish tashkilotlarida moliyaviy hisobot shakllarini to‘lg‘azishda 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2002-yil 27- dekabrda 140-son buyruq bilan tasdiqlangan «Moliyaviy hisobot shakllarini to‘lg‘azish bo‘yicha tartib»ga asoslaniladi. Quyida ushbu tartibga asoslanilgan holda moliyaviy hisobot shakllarining alohida moddalarini to‘lg‘azish xususiyatlariga to‘xtalamiz. Buxgalteriya balansi (1-shakl) Asosiy vositalar nomli 012-satrda qurilish tashkilotlari balansida bo‘lgan asosiy vositalaming qoldiq qiymati aks ettiriladi. Ushbu satrda, chunonchi quyidagilar ko‘rsatiladi: asosiy vositalaming mos ravishda boshlang‘ich qiymatini hamda jamlangan eskirishini aks ettiruvchi schotlar (0110-0199 va 0210- 0290)ning davr oxiridagi qoldiqlari summalarining farqi; belgilangan tartibga ko‘ra asosiy vositalar tarkibiga kiritilgan uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalaming, chunonchi lizing bo‘yicha sotib olinadigan qurilish mashinalari va uskunalarining qoldiq qiymati (mos ravishda 0310 va 0299 schotlar qoldiqlari o‘rtasidagi farq summasi); titulli vaqtinchalik bino va inshootlaming qoldiq qiymati. Ushbu aktivlarga kimvchi bino va inshootlaming ro‘yxati, ulaming boshlang4 ich qiymati, jamlangan eskirish summasi va qoldiq qiymati qurilish tashkiloti hisob siyosatidaaniq ifodalangan bodishi lozim, jumladan, ulaming qoldiq qiymati mos ravishda 0120 va 0220 schotlar tarkibida ochiladigan tahliliy schotlar qoldiqlari farqi summasidan iborat boMishi kerak. Kapital qo’yilmalar nomli 100-satrda qurilishtashkilotlariningo‘z maqsadlarida xo‘jalik yoki pudrat usullarida olib borgan tugallanmagan kapital investitsiyalariningqiyniati ko‘rsatiladi. Ishlab chiqarish zaxiralari nomli 150-satrdaomborlarda(qurilish maydonchalarida) saqlanayotgan qurilish materiallari, konstmksiyalar, detallar, o‘matiladigan jiliozlaming hisob siyosatida belgilangan hisob baholaridagi qiymati aks ettiriladi. Ushbu satr summasi 1ООО «Materiallami hisobga oluvchi schotlar» tizimida ochilgan barcha schotlar qoldiqlarining yig‘indisiga, shuningdek barcha moddiy javobgar shaxslaming hisobot davri oxiriga tuzgan materia] hisoboti (M-l 9-shakl) qoldiqlari yig‘ indisiga teng bo‘ lishi lozim. Agar materiallami sotib olish va tayyorlash alohida olingan 1510 schotda, ular qiymatidagi farqlar maxsus 1610 schotda yuritilganbo‘lsa ushbu schotlaming qoldiqlari mos ravishda balansning bu satri summasida hisobga olinishi kerak. Tayyor mahsulotlar nomli 170-satrda sotish uchun ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar (eshik, deraza, g‘isht, detal, moslamalar va boshqa shu kabi mahsulotlar)ning haqiqiy tannarxi ko‘rsatiladi. Kelgusi davr xarajatlari nomli 190-satrda qurilish tashkilotlarining hisobot davrida bajarilgan ishlar tannarxi va davr xarajatlariga tegishli bo‘lmagan xarajatlari aks ettiriladi. Ushbu satrda qurilish tashkilotlari o‘zlarining quyidagi xarajatlarini aks ettiradi: kelgusi davrda bajariladigan ishlar uchun olingan ruxsatnoma (litsenziya) toiovlari; kelgusidajoriy etilishi mumkin bo‘lgan loyihalami ishlab chiqarishga doirxarajatlar; kelgusi yilda chop etiladigan maxsus me’yoriy-texnik adabiyotlar uchun qilingan sarflar; kelgusi yil uchun o‘tkazib qo‘yilgan ijara to’lovlari; mavsumiy xarakterga ega bo‘lgan ishlar uchun oldindan to’lovlar, chunonchi, qurilish mashinalari va uskunalarini konservatsiya qilish xarajatlari; yangi qurilish uchun kadrlami jalb etish va tayyorlash xarajatlari; oldindan hisoblangan mehnat ta’tili xarajatlari; kelgusi yil uchun gazeta va jumallar obunasi uchun to’lovlar; boshqa kelgusi davr xarajatlari. Jami debitorlik qarzlar nomli 210-satrda qurilish tashkilotiga hisobot davri oxirigaqarzdorshaxslamingjami qarzlari ko’rsatiladi. Jami debitorlik qarzlar ulaming alohida turlari bo'yicha balansning mos satrlarida (220, 240, 250, 260, 270, 290, 300, 310) ko’rsatiladi. Ushbu satrlarni to’ldirishga asos bo’lib debitorlik qarzlaming alohida turlami aks ettiruvchi schotlaming oxirgi qoldiqlari hisoblanadi. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling