K. B. Urazov, S. V. Vaxidov boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xu su si yatl ari


Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar


Download 6.22 Mb.
bet62/269
Sana18.06.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1583758
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   269
Bog'liq
boshqa tarmoqda bux.

Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar - qurilish tashkilotining boshqa yuridik shaxslarga bergan qarzlari va kreditlari uchun hisoblangan foizlar.
Valutalar kurslari farqidan daromadlar - qurilish tashkilotining valuta schotida saqlanayotgan chet valutasi va chet el valutasidagi debitorlik qarzlar bo‘yicha hisoblangan ijobiy kurslar farqi.
Uzoq muddatli ijaradan daromadlar - mulkni bir yildan ko‘p muddatga ijaraga berishdan olingan daromadlar tushuniladi.
Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan daromadlar—uzoq va qisqa muddatli investitsiyalar qiymatini oshirish natijasida vujudga kelgan daromadlar.
Foiz ko‘rinishidagi xarajatlar - yil mobaynida olingan qarzlar va kreditlarga doir hisoblangan xarajatlar.
Valutalar kurslari farqidan zararlar - yil mobaynida balansning valuta moddalarini ifodalovchi schotlarga doir operatsiyalar bo‘yicha kurslar o‘rtasidagi salbiy farqdan ko‘rilgan zararlar.
Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bo‘yicha xarajatlar - yil mobaynida qurilish tashkiloti tomonidan aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlami chiqarish va tarqatish bilan bog‘ liq xaraj atlar.
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar - aktiv yil mobaynida qurilish tashkilotining moliyaviy faoliyatga doir boshqa xamjatlari, masalan moliyaviy investitsiyalami qayta baholashdan ko‘rilgan zararlar va boshqa xaraj atlar.
Bevosita soliqlar yoki to‘g‘ri soliqlar - qurilish tashkilotlarining moliyaviy xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlariga bevosita ta‘sir ko‘rsatadigan, ya’ni xarajatlar ko‘payishiga yoki olingan daromadning bir qismini undirish hisobidan pirovard natijada erishiladigan sof foyda summasini kamaytirishga olib keladigan soliqlar.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling