K. B. Urazov, S. V. Vaxidov boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xu su si yatl ari


Qishloq xo‘jaligi korxonasining hisob siyosati


Download 6.22 Mb.
bet77/269
Sana18.06.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1583758
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   269
Bog'liq
boshqa tarmoqda bux.

Qishloq xo‘jaligi korxonasining hisob siyosati - bu qishloq xo‘jaligi korxonasi rahbari tomonidan tanlab olingan buxgalteriya hisobining tashkiliy shakli, xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlari, aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapital elementlarini tan olish mezonlari, ular hisobini yuritishga asosboduvchi hujjatlar tizimi, ishchi schotlar rejasi, boshlang‘ich hujjatlar aylanishi, arxiv ishi, tovar-moddiy boyliklar inventarizatsiyasini o‘tkazish jadvali, hisobni yuritishga doir boshqa tartib-qoidalarni o‘zida mujassamlashtirgan ichki me‘yoriy hujjat.
Nazorat uchun test savol- javoblari

  1. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining quyi bo‘g‘ini - bu

  1. qishloq vasuv xo‘jaligi vazidigi;

  2. qishloq xo‘jaligi boshqarmalari;

  1. qishloq xo‘jaligi korxonalari;

g) tuman fermeriar uyushmasi.

  1. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining sohalari

  1. chorvachilik;

  2. dehqonchilik;

v) qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash;
g) yuqoridakeltirilganlaming barchasi.

  1. Tuxum yetishtirish kiradi

  1. qishloq xo‘jaligi tarmog‘iga;

  2. qishloq xo‘jaligi sohasiga;

v) mahsulot olish yo‘nalisliiga;
g) yuqorida javoblarda keltirilganlaming barchasiga.

  1. Qishloq xo‘jaligining buxgalteriya hisobiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy xususiyatlariga kiradi:

  1. mavsumiylik;

  2. davomiylik;

v) xarajat va mahsulot olish davrlarining mos emasligi;
g) yuqorida keltirilganlaming barchasi.

  1. Fermer xo‘jaligi:

a) o‘z hisob siyosatiga ega bo‘lishi shart;
b) o‘z hisob siyosatiga ega bo‘lishi shart emas;
v) o‘z hisob siyosatini boshqalardan ko‘chirib oladi;
g) hisob siyosatini umuman yuritmaydi.

  1. Fermer xo‘jaligi:

  1. buxgalteriyagaega bo‘lishi shart;

  2. buxgalteriyahisobini yuritishi shart emas;

v) xohlagan shakldahisobni yuritadi;
g) hisobni faqat kompyuterda yuritishi kerak.

  1. Qishloq xo‘jaligi korxonasida hisob:

  1. memorial-order shaklda yuritilishi mumkin;

  2. jumal-order shaklda yuritilishi mumkin;

v) ixchamlashtirilgan shaklda yuritilishi mumkin;
g) yuqoridakeltirilganlardan biri bo‘yichayuritililishi mumkin.
Adabiyotlar ro‘yxati

  1. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz - vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirish. — T.: 0‘zbekiston, 2010.

  2. Karimov l.A. Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi. “Norma” iqtisodiy—huquqiy ro‘znoma №3 (288) 25 - yanvar 2011 yil.

  3. «Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini davlat tomonidan yanada qo'llab- quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida». 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 -yil 17- martdagi qarori, № PQ-304.

  4. «2007-yilda qishloq xo'jaligi korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida». 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006- yil 15- noyabrdagi qarori, № PQ-512.

  5. 0‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi. —T.: «Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashriyot uyi, 2008.

  6. «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalami shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizom». O'zR VMning 1999- yil 5- fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan.

  7. BHMS№ 1 «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot». 0‘zR AV tomonidan 1998- yil 14 -avgustda ro‘yxatga olingan, № 474.

  8. Voxidov S.V. va boshqalar. Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobi xususiyatlari. - T.: «0‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi adabiyot jamg'armasi nashriyoti», 2004.

  9. Sanaev N.S. Qishloq xo'jaligida buxgalteriya hisobi, nazorat va moliyalashtirishning dolzarb masalalari. —T.: Mehnat, 1991. - 104 b.

  1. bob. QISHLOQ XOMALIGI KORXONALARIDA ASOSIY VOSITALAR HISOB1N1NG XUSUSIYATLARI

    1. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida asosiy vositalarning tasnifi, tavsifi va baholanishi

Qishloq xo‘jaligi korxonalarida asosiy vositalami tasniflash, tavsiflash, baholash hamdahisobini yuritish xalq xo‘jaliginingbarcha tarmoqlari uchun belgilangan umumiy tartiblarga asoslanadi. Shu bilan birga asosiy vositalarning o‘ziga xos tarkibi, ularning maqsadi, ishlatilishi va boshqa jihatlari ular hisobida ayrim o‘ziga xos xususiyatlar mavjudligidan darak beradi. Bu xususiyatlar qishloq xo‘jaligi korxonalarida asosiy vositalar hisobiga o‘zigaxos vazifalami ham yuklaydi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarida asosiy vositalar hisobining vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

  • asosiy vositalami boshqaruv, nazorat, hisob va hisobot talablaridan kelib chiqib, tegishli guruhlarga ajratish, har bir guruli bo‘yicha unga kiruvchi asosiy vositalar tarkibini aniq belgilash;

  • kirim qilingan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati, tiklangan qiymati va qoldiq qiymatini aniq hisob-kitob qilish;

  • asosiy vositalar harakariga doir operatsiyalami to‘g‘ri va o‘z vaqtida tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirish;

  • asosiy vositalar eskirishi, ularga doir keyingi sarflami mazmun va mohiyatidan kelib chiqib tegishli schotlarda hisobga olish;

  • asosiy vositalar holati va harakatini hisob va hisobotda to‘g‘ri aks ettirish;

  • asosiy vositalarning mavjudligi va butligini ta’minlash, samarali foydalanishni nazorat qilish maqsadida ulami belgilangan muddatlarda inventarizatsiya qilish;

  • yaroqsiz holga kelgan, samara bermaydigan asosiy vositalami o‘z vaqtida hisobdan cliiqarish va boshqalar.

Qishloq xo‘jaligi korxonalarida barcha asosiy vositalami quyidagi turlarga ajratish mumkin:

  1. qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga moMjallangan asosiy vositalar - omborlar, shiyponlar, mashina va asbob-uskunalar, qishloq xo‘jaligi texnikasi, transport vositalari, ishchi va mahsuldor hayvonlar, xo‘jalik inventarlari;

  2. qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishiga mo‘ljallanmagan asosiy vositalar-ma’muriyat binosi, ofis mebeli vajihozlari, kompyutyerlar, boshqaruvga xizmat qiladigan yengil avtomobillar, ijtimoiy-madaniy soha obyektlari va boshqalar.

Qishloq xo‘jaligi korxonalarida asosiy vositalami guruhlashda ishchi va mahsuldor hayvonlar alohida guruhga ajratiladi. Ushbu guruhga ishchi kuchi sifatida ishlatiladigan hamda mahsuldor hayvonlar (ot, tuya, xo‘kiz, tanalar, eshaklar, ona mollar) kiradi. Bu guruhga kiruvchi asosiy vositalaming hisobi maxsus 0170 «I shchi va mahsuldor hayvonlar» schotida yuritiladi. Qolgan guruhga kiruvchi asosiy vositalaming hisobi, barcha tarmoqlardagi singari, 21 -son BHMSda nazarda tutilgan mos ravishdagi schotlarda olib boriladi.
Qishloq xo‘jaligi tashkilotlarida asosiy vositalar qiymatini baholash 5- son BHMS «Asosiy vositalar»ga muvofiq umumbelgilangan tartibda amalga oshiriladi. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida asosiy vositalaming hisob bahosi, ulaming boshlang‘ ich qiymati hisoblanadi. Buxgalteriya balansida asosiy vositalar ulaming qoldiq qiymatida aks ettiriladi. 0‘z xo‘jaligida boqilgan, shuningdek chetdan xarid qilingan mahsuldor va ishchi hayvonlami asosiy vositalarga kirim qilishda boshlang‘ich qiymat bo‘lib ularni parvarishlashga (sotib olish) ketgan jami xarajatlaming birgalikda olingan qiymati (tannarxi) hisoblanadi.
Asosiy vositalar tarkibiga kiritiladigan ko‘p yillik ekinlar (mevali bog‘lar, tokzorlar, choy plantatsiyalari, ixotao‘rmonlari vashukabilar)ning boshlang‘ich qiymati, ulamingyoshidan qat’i nazar, nihollar qiymati hamda nihollami ekish, parvarish qilish va o‘ stirishga sarflangan xarajatlardan tashkil topadi.
Yerlami yaxshilashga yo‘llangan kapital qo‘yilmalar, chunonchi, botqoq yerlami quritish, sho‘mi quvishga qilingan investitsiyalar joriy yilda sarflangan tegishli xarajatlaming haqiqiy miqdori bo‘yicha baholanadi. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida boshqa turdagi asosiy vositalaming boshlang‘ich qiymati umumbelgilangan tartiblargako‘raaniqlanadi.
Kirim qilingan asosiy vositalarga ular bo‘yicha yakka tartibda yoki guruh bo‘yicha yuritiladigan hisob kartochkalari (kitobi) ochiladi. Ushbu hisob kartochkalari (kitobi) asosiy vositalaming qishloq xo‘jalik korxonalarida foydali xizmat muddati davomida saqlanadi. Ularga asosiy vositalaming boshlang‘ich qiymati, eskirishi va qoldiq qiymatini o‘zgarishiga doir, Shuningdek joriy vakapital ta’mirlanishiga oid ma’lumotlar yozib boriladi.

  1. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida asosiy vositalar harakatini hujjatlashtirish va hisobi

Qishloq xo'jaligi korxonalarida asosiy vositalaming kirirni va chiqimini rasmiylashtirishda davlat organlari tomonidan tasdiqlangan boshlang‘ich hujjatlaming namunaviy shakllaridan foydalaniladi. Chunonchi, yangi qurilishdan olingan asosiy vositalar, yordamchi xo‘jaliklardan olingan ko‘p yillik o‘simliklaming nihollari qabul qilish-topshirish dalolatnomalari bilan rasmiylashtiriladi.
Mollarni bir guruhidan ikkinchi guruhga o‘tkazishga «Guruhdan guruhga o‘tkazish dalolatnomasi» tuziladi.
Ta‘minotchilardan naqd pulsiz hisob-kitobyo‘li bilan sotib olingan asosiy vositalar schot- fakturalar asosida kirim qilinadi.
Chorva mollarini, ko‘p yillik o‘simliklami aholidan bozorlarda naqd pulga sotib olish kirim kvitansiyalari bilan rasmiylashtiriladi. Ulaming sotib olish baholari bozorlar ma’muriyatining o‘rtacha baholar to‘g‘risidagi ma’lumotnomalari bilan tasdiqlanadi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalariga asosiy vositalami ta’sischilardan kirim qilinishi ta’sis shartnomalaridako‘rsatilgan baholardaamalgaoshiriladi vaschot- fakturalarbilanrasmiylashtiriladi.
Boshqajismoniy vayuridik shaxslardan bepul olingan asosiy vositalar shartnomalardako‘rsatilgan baholardaschot-fakturalar asosida kirim qilinadi.
Barcha kirim qilingan asosiy vositalar tegishli moddiy javogar shaxslarga biriktiriladi. Moddiy javobgar shaxslar bo‘lib brigadirlar, ferma, mudirlari, cho‘ponlar, shiypon mudirlari, ombor mudirlari vaboshqamas‘ul shaxslar hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalariga kirim qilingan asosiy vositalaming sintetik hisobi 0100 «Asosiy vositalami hisobga oluvchi schotlar» tizimida ulaming alohida guruhlari uchun ochilgan schotlarda yuritiladi. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida ushbu schotlami yuritish tartibi birinchi boiimda qurilish tashkilotlari misolida keltirilgan tartibgato‘liq o‘xshaydi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari balansidan asosiy vositalar turli sabablarga ko‘ra chiqarilishi mumkin. Chunonchi, ulami balansdan chiqarish to‘liq eskirganligi, foydalanishgayaroqsizholatgakelganligi, tabiiy ofat, kasalligi va boshqa sabablarga ko‘ra o‘lganligi, katta yoshli mahsuldor va ishchi hayvonlami brakka chiqarish, boquvdagi mollar tarkibiga o‘tkazish, shuningdek asosiy vositalami sotish natijasida sodir bo‘lishi mumkin.
Asosiy vositalami foydalanishgayaroqsizligini aniqlashhamda ulami hisobdan chiqarishni tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirish maqsadlarida maxsus komissiyalar tuziladi. Yaroqsiz holatga kelgan asosiy vositalar tugatish va hisobdan chiqarish dalolatnomalari asosida balansdan chiqariladi.
Asosiy vositalami naqd pulsiz hisob-kitoblar asosida sotish, bepul berish, ta’sis badali sifatida kiritish schot-faktura bilan rasmiylashtiriladi.
Asosiy vositalami balansdan chiqarishga doir operatsiyalar hisobi birinchi bo‘limda qurilish tashkilotlari misolida ko‘rib chiqilgan tartiblarga tcfliq o‘xshaydi. Sotilgan asosiy vositalaming sotish qiymati ulaming qoldiq qiymatiga mos kelmagan hollarda olingan moliyaviy natija (foyda yoki zarar) aniqlanadi. Olingan foyda 9310 «Asosiy vositalaming chiqib ketishidan foyda» schotida, ko‘rilgan zarar esa 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» schotida hisobga olinadi.
Hozirgi sharoitda qishloq xo‘jaligi texnikalari, chunonchi qimmat tumvchi xorijdan olingan kombaynlar, traktorlar, shuningdek ko‘p yillik mevali bog‘lar, tokzorlar uzoq muddatli ijaraga berish yo‘li bilan ham sotilmoqda va hisobdan chiqarilmoqda. Ushbu operatsiyalar hisobda quyidagicha aks ettiriladi (10.1 -jadval).

  1. jadval




Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling